Vosil Qobulovich Qobulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vosil Qobulovich Qobulov (1921.5.9, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), fizikamat. fanlari doktori (1961), professor (1964). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1977). Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan (1949). Chorjoʻy — Qoʻngʻirot temir yoʻl qurilishida ishlagan (1949-50). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Inshootlar institutida aspirant, ilmiy xodim (1950-57). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutining hisoblash texnikasi boʻlimi mudiri (1957—63). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika instituti va hisoblash markazi direktori (1963—66). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti direktori (1966—77), institut Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirilgach, uning bosh direktori (1978—92).

Ilmiy ishlari hisoblash texnikasini fan, texnika va xalq xoʻjali-gining turli sohalariga joriy etish bilan bogʻliq.

Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1971). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Manbalar[tahrir]

  • Algoritmizatsiya v tsorii uprugosti i deformatsionnoy teorii ilastichnosti, T.. 1966; Aql moʻʼjizasi. T,, 1974; Funksioial analiz va hisoblash matematikasi, T., 1976; Algoritmizatsiya v mexanike sploshnnx sred. T, 1978.

Adabiyot[tahrir]

  • Oʻzbekiston kibernetiklari, T.. 1996.