Vombatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vombatlar (Vombatidae yoki Phascolomyidae) — xaltalilar oilasi. Avstraliyada miotsendan boshlab maʼlum. Uz. 67—105 sm, vazni 15—27 kg . Dumi rudimentar, oyoklarida yirik tirnoqlari bor. Sut bezi soʻrgʻichi 2 ta. Tishlari doimo oʻsib turadi, kurak tishlarining orqa tomoni emalsiz. Jan.-Sharqiy Avstraliya, Tasmaniya va Flindere o.larida uchraydi. Pasttekislik, togʻ oʻrmonlari va savannalarda yashaydi. 30 m gacha uzunliqda in quradi. Oʻsimlikxoʻr. Bir yilda 1 marta bitta bola tugʻadi. 2—3 turi maʼlum. Bir turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil