Kontent qismiga oʻtish

Voltaj

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Voltaj
Voltaj 2015-yilda
Voltaj 2015-yilda
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Buxarest, Romania
Faoliyat yillari 1982-hozirgacha
Tarkib Călin Goia
Gabi "Porcus" Constantin
Adrian M. Cristescu
Valeriu "Prunus" Ionescu
Oliver Sterian
Sobiq aʼzolar Cristi Minculescu
Adrian Ilie
Dan Cimpoieru
Horațiu Rad
Nikki Dinescu
Gabi Nacu
Cristi Ilie
Amedeo Bolohoi
Dan Mateescu
Doru "M.S." Istudor
Bogdan Cristea
Cristi Marinescu
Doru Borobeică
Manuel Savu
Eugen "Brebu" Sălceanu
Florin "Dog" Ionescu
Paul "Pampon" Neacșu
Bobby "Bobiță" Stoica
Tavi Colen
Vebsayt voltaj.ro

Voltaj (rumincha: voltage) — ruminiyalik pop-rok guruhi. U Ruminiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli musiqiy jamoalardan biri sifatida eʼtirof etilgan. Guruh „20“, „De la capăt“ va „De mâine“ kabi ommabop qoʻshiqlari bilan keng shuhrat qozongan.

Voltaj 1982-yilda Buxarest shahrida Horațiu Rad (bas-gitara), Nikki Dinescu (baraban), Gabi Nacu (gitara), Cristi Minculescu (vokal) va Adrian Ilie (gitara) tomonidan tashkil etilgan[1]. Dastlab guruhning musiqiy uslubi hard-rokning boʻlgan boʻlib, u Ruminiya sahnasidagi anʼanaviy hevi-metallning ilk namoyondalaridan biri hisoblangan[2].

Bu davr mobaynida guruh tarkibida koʻplab oʻzgarishlar yuz bergan. Ichki kelishmovchiliklar natijasida Voltaj 88' nomi bilan tanilgan ikkinchi Voltaj jamoasi ham shakllangan. Ushbu guruh 1990-yillarda bir nechta albom chiqarishga muvaffaq boʻlgan.

1996-yilda chiqarilgan ilk albomi — „Pericol de Moarte“ vaqtiga kelib, dastlabki tarkibdan faqat barabanchi Nikki Dinescu qolgan edi. Albomda vokal ijrochisi sifatida Tavi Colen ham ishtirok etgan. Mazkur albom Voltajning hevi-metall uslubida yozilgan yagona studiyaviy albomi hisoblanadi.

1998-yildan boshlab guruhning qolgan ikki aʼzosi — bas-gitarachi Vali Ionescu va gitarachi Gabi Constantin yangi tarkibni shakllantirdi. Ular klavishchi Bobby Stoicani jamoaga jalb qildilar, u esa vokalist Călin Goiani guruh safiga olib keldi. Goiyaning vokali va ijodiy yondashuvi bilan Voltajning mashhurligi hamda muvaffaqiyati tez sur’atlarda osha boshladi.

„Risc Maxim 2“ albomi chiqarilishi bilan guruh oʻz uslubini elektron musiqa taʼsiridagi pop-rok yoʻnalishiga oʻzgartirdi. 2002-yilda jamoaga barabanchi Oliver Sterian qoʻshildi. U marhum Valeriu Sterianning oʻgʻli hisoblanadi.

„20 ani“, „Albinuța“, „De mâine“, „De la capăt“ va „Doar pentru ea“ kabi koʻplab xit qoʻshiqlarni chiqargan Voltaj Ruminiyaning eng mashhur musiqiy guruhlaridan biriga aylangan.

Voltaj 2005-yilda MTV Europe Music Awards 2005 marosimida „Eng yaxshi ruminiyalik guruh“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

Jamoa Selecția Națională 2015 tanlovida gʻolib chiqqach, Ruminiya nomidan „Eurovision–2015“ tanlovida „De la capăt“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan. Ular yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, finalda 35 ball toʻplagan va 15-oʻrinni egallagan[3].

Guruh aʼzolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi aʼzolar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Călin Goia (vokal)
  • Gabi Constantin (elektron gitara)
  • Adrian Cristescu (klavishli cholgʻular)
  • Valeriu Ionescu (bas-gitara)
  • Oliver Sterian (baraban)

Sobiq aʼzolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Cristi Minculescu (vokal)
  • Adrian Ilie (gitara)
  • Dan Cimpoieru (gitara)
  • Horațiu Rad (bas-gitara)
  • Nikki Dinescu (baraban)
  • Gabi Nacu (gitara)
  • Cristi Ilie (vokal)
  • Amedeo Bolohoi (gitara)
  • Dan Mateescu (bas-gitara)
  • Doru Istudor (baraban)
  • Bogdan Cristea (vokal)
  • Cristi Marinescu (gitara)
  • Doru Borobeică (bas-gitara)
  • Manuel Savu (gitara)
  • Eugen Sălceanu (klavishli cholgʻular)
  • Florin Ionescu (baraban)
  • Paul Neacșu (baraban)
  • Bobby Stoica (klavishli cholgʻular)
  • Tavi Colen (vokal)

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studioviy albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi Maʼlumotlar
Pericol de moarte (Deadly Danger)
Risk Maxim 2
Bungee
3D
424
Povestea oricui (Anyoneʼs Story)
Revelator
V8
Dă vina pe Voltaj (Blame Voltaj)
X
Ca La 20 De Ani

Asosiy ijrochi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi Yil Chartlardagi eng yaxshi natijasi Albom
AUT
[4]
ICE
„Asta-i viaţa“ (Thatʼs Life) 1999  — Risk Maxim 2
„…Tu“ (You) 2002  — 424
„Scrisoare“ (Letter)  —
„Noapte bună“ (Good Night) 2003  —
„One Day I’ll Win“ 2005  — Remix
„Da vina pe voltaj“ 2012  — Da vina pe voltaj
„Meci De Box“ 2014  — X
„De la capăt“ 7048
„Om“ 2020  —
  1. „Voltaj Biography“. catmusic.ro. Retrieved 9 May 2020
  2. "Compilation of early voltaj demos". youtube.com. Retrieved 9 May 2020
  3. Granger, Anthony „Romania: Voltaj Wins Selectia Nationala 2015!“. Eurovoix.com (2015-yil 8-mart). Qaraldi: 2015-yil 8-mart.
  4. Hung, Steffen „Discografie Voltaj“. Austrian Charts Portal. Hung Medien (Steffen Hung).