Kontent qismiga oʻtish

Volodimir Zelenskiy va Donald Trumpning Oq uydagi uchrashuvi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Volodimir Zelenskiy va Donald Trumpning Oq uydagi uchrashuvi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Donald Trumpning uchrashuvi
Soha Siyosiy
Oʻtkazilgan joyi Vashington, AQSH
Boshlanish sanasi 28-fevral 2025-yil
Qatnashuvchilar Volodimir Zelenskiy, Donald Trump, James David Vance
Volodimir Zelenskiy va Donald Trumpning Oq uydagi uchrashuvi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Donald Trump oʻrtasida 2025-yil 28-fevral kuni Oq uyda uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi, AQShning Ukrainaga koʻrsatayotgan yordami va bahsli boʻlgan foydali qazilmalar savdosi bitimi kabi masalalarga bagʻishlandi.

Davlat rahbarlari oʻrtasida ochiq tortishuv yuzaga keldi[1] va Volodimir Zelenskiy Oq uyni muddatidan oldin tark etdi[2]. The Guardian nashri muzokaralar natijasini „zamonaviy tarixdagi eng katta diplomatik falokatlardan biri“ deb taʼrifladi[3].

Ukraina va AQSh prezidentlari oʻrtasidagi muzokaralaridan bir oz avval[4] Trump Zelenskiy haqidagi keskin bayonotlar berib, uning prezidentlik mandati noqonuniyligi va Ukraina xalqi orasida qoʻllab-quvvatlovning pastligini (4%) aytadi va Zelenskiyni „diktator“ deb[5] ataydi. Biroq keyinroq oʻzini xuddi hech narsa boʻlmagandek koʻrsatadi. Zelenskiy bilan uchrashuvdan bir kun oldin Trump Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirish haqidagi farmonni imzolaydi[6].

Muzokaralarning asosiy mavzusi Ukrainani qayta tiklash uchun investitsiya fondini tuzilishi nazarda tutuvchi mineral resurslar toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash boʻladi. Loyihaga koʻra, Ukraina oʻz tabiiy resurslarini (nodir yer metallari[7], neft va gaz) qazib olishdan tushgan foydaning 50 foizini[8] ushbu fondga yoʻnaltirish majburiyatini olishi, ushbu mablagʻlar urushdan keyin mamlakatni qayta tiklashga yoʻnaltirilishi nazarda tutilgan edi[9]. Zelenskiy Trump bilan uchrashishdan oldin AQSh Senatining ikki partiyali delegatsiyasi bilan ham uchrashadi[10].

Zelenskiy va Trump Oq uy oldida

Zelenskiy Oq uyga mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da keladi va uni Trump shaxsan oʻzi kutib oladi. Oval kabinetdagi uchrashuv anʼanaga koʻra jurnalistlar ishtirok etishi bilan boshlanadi hamda ularga prezidentlarning suhbati davomida savollar berishga ruxsat beriladi. Dastlab vaziyat ijobiy xarakterga ega edi. Tadbir boshida Trump foydali qazilmalar boʻyicha shartnoma „Qoʻshma Shtatlar uchun katta majburiyat“ boʻlishini va Amerika tomoni „nodir yerosti metallarining bir qismini qazish va qayta ishlashni intiqlik bilan kutayotganini“ aytadi. Zelenskiy „bu hujjat Ukraina uchun oldinga qadam boʻlishiga“ umid bildiradi. Uchrashuvda Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni „qotil va terrorchi“ deb ataydi va Trumpga: „Qotil bilan hech qanday murosa boʻlmasligi kerak“, deydi.

Zelenskiy amerikalik hamkasbiga ukrainalik askarlarning rus asirligidan qaytganidan keyingi fotosuratlarini koʻrsatmoqda.

U, shuningdek, amerikalik hamkasbiga ukrainalik askarlarning rus asirligidan qaytganidan keyingi fotosuratlarini koʻrsatadi.

Muxbirlardan biri Trumpdan Putin tarafini olgani haqidagi ayblovlarga qanday javob berishini soʻraganida, ushbu matbuot brifingi tezda tortishuvlarga aylanib ketadi. Trump AQSh va butun dunyo tomonida ekanini aytib, urushni tugatish niyatida ekanini bildiradi. U Zelenskiyning Putinni yoqtirmasligi sababli kelishuvga erishish qiyinligini qayd etib, Rossiya tomoni ham Zelenskiyni yoqtirmasligini tan oladi. Uning qoʻshimcha qilishicha, u Putinga nisbatan qattiqroq boʻlishi mumkin edi, ammo bu, uning fikricha, tinchlik kelishuviga erishishga toʻsqinlik qilgan boʻlardi. Asosiy bahslashuv zaldagi jurnalistlardan birining Trump Putin bilan haddan tashqari yaqinlashib ketayotganidan xavotir haqidagi savoli bilan boshlandi. Trump ushbu savolga quyidagicha javob beradi:

Agar men ikkisi bilan ham munosabatlarni saqlab qolmaganimda, kelishuv bo‘lmasdi. Siz Putin haqida dahshatli gaplar aytib, keyin esa: «Salom, Vladimir, kelishuvimiz qanday ketyapti?» deyishimni xohlayapsizmi? Bu ish bermaydi. Men Putin bilan ittifoqchi emasman... Men hammaga yaxshi bo‘lishi uchun tinchlik bilan ittifoqdaman. Putinga nafratini ko‘ryapsizmi? Bunday nafrat bilan bitim tuzish juda qiyin... Qattiqqo‘l bo‘lishimni xohlaysizmi? Men siz ko‘rgan har qanday odamdan ko‘ra qattiqqo‘lroq bo‘lishim mumkin, lekin bunday yo‘l bilan kelishuvga erisha olmaysiz.
Donald Trump
Marko Rubiyo va JD Vans

Vance Trumpning pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlab, Biden maʼmuriyati tomonidan koʻrsatilgan Putinga qarshi „qattiq ritorika“ Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga toʻsqinlik qilmaganini taʼkidlaydi. Vens tinchlik va farovonlik sari yoʻl diplomatiya orqali amalga oshirilishini va Amerikaning kuchi „prezident Trump koʻrsatganidek“ diplomatik saʼy-harakatlardagi faol ishtirokidaligini takidlaydi.