Volkswagen Caddy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Volkswagen Caddy
VW Caddy 1.6 TDI Trendline (2K, Facelift) – Frontansicht, 20. Februar 2011, Wülfrath.jpg
Ishlab chiqaruvchi Volkswagen
Boshqa nomlari SEAT Inca, Volkswagen Van
Model yili 1979-yili
Sinfi LAV, LCV
Komponovkasi PP kompanovka
Platformasi Volkswagen Group A5
Dvigateli 1,4 l benzin 16V (74 ot.k.)
1,6 l benzin 8V (101 ot.k.)
1,6 l benzin TDI(74 ot.k.)
2,0 l Eco Fuel (108 ot.k.)(КПГ)
1,9 l dizel TDI(104 л.с.)
2,0 l dizel SDI (68 ot.k.)(faqat furgon и universal kuzovlar uchun)
2,0 l dizel TDI (140 ot.k.)
Gʻildirak bazasi 2682 mm
Uzunligi 4405 mm
Kengligi 1802 mm
Balandligi 1833 mm
Vazni 750 kg
Aloqador avtomobillar Volkswagen Golf V
Kuzov turi furgon


VW Caddy — bu Volkswagen Group konserni Volkswagen Tijorat Transportilari markalariga tegishli engil tijorat avtomobil modelining nomi.

Model tarixi[tahrir]

Caddy ning birinchi avlodi (14d) VW Golf I (VW Rabbit)pick-up iga asoslangan bulib dastlab Shimoliy Amerika bozori uchun moʻljallangan edi. 1978-yilda taqdim etilgan va 1979-yildan 2007-yilgacha ishlab chiqarilgan.

Ikkinchi avlod panelli mikroavtobus (Van) versiyasi (9KV) bulib Seat Inca ga asoslangan edi. Undan yagona farq, oldingi niqobni oʻzgargani edi va 1995-yil oxiridan 2003-yil oʻrtalariga qadar ishlab chiqarilgan. Shu bilan birga, Škoda Pick-up 1996-yil oʻrtasidan 2000-yil oxiriga qadar VW Caddy (9U) sifatida taklif qilingan.

2003-yil oxirida VW Touran I asosidagi VW Caddy (2K) bozorga chiqdi . 2010 va 2015-yillarda unga yanada keng qamrovli oʻzgartirishlar kiritildi. VW Caddy ning 2015-yil facelifti toʻrtinchi avlod boshlanishi deb xisoblanadi.

VW Caddy V avlod modeli 2020-yil fevral oyida taqdim etilgan. Soʻnggi ikki avloddan farqli oʻlaroq, Caddy endi Touran I-ga emas, balki VW Golf VIII- ga asoslanadi va shuning uchun MQB platformasidan foydalanadi.

Xususiyatlari[tahrir]

Caddy yaratilishi paytida turli xil VW brendlarining turli xil modellariga asoslangan edi. Shunday qilib, birinchi avlod Golf bazasida qurilgan boʻlsa, 9U va 9KV modellari Škoda Pick-up va Seat modellarida asoslangan. Caddy (2K) avlodi bilan u yana Golfga qaytib keladi.

Yana bir oʻziga xos xususiyat — Caddy (9U) ning Škoda Favorit / Felicia asosida yaratilganligi. Bu VW Škodani egallashidan oldinroq yaratilgan boʻlib, VW Caddy (9U) biron bir VW platformasiga asoslanmagan.

Nomi[tahrir]

Caddy (14D) dastlab „VW Rabbit Pickup“ sifatida sotilgan. Model Evropada paydo boʻlishi bilan, ismi Caddy deb oʻzgartirilgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida Caddy deb Cadillac ni atashadi.

Ishlab chiqarish zavodlari[tahrir]

  • Caddy (14D) Westmoreland (Pensilvaniya, AQSh) VW fabrikasida 1979 dan 1993-yilgacha ishlab chiqarilgan. Evropa bozoriga chiqish uchun keyingi ishlab chiqarish Sarayevoda TAS- da joylashgan edi, ammo 1992-yilda Bosniya urushi tufayli toʻxtatilgan. Ushbu model shuningdek 2007-yilgacha Janubiy Afrikada Golf I bilan parallel ravishda ishlab chiqarilgan.
  • Caddy (9KV) Martorellda (Ispaniya) qardosh model Seat Inca bilan bir vaqt konveyer liniyasidan chiqishni boshlagan.
  • 9U modeli Kvasinyadagi (Chexiya) joylashgan Škoda Auto ning Pick-up bilan parallel ravishda ishlab chiqarilgan.
  • Hozirgi avlod 2K ning barcha Caddy -lari Poznan (Polsha) shahridagi VW zavodida ishlab chiqarilmoqda.

Galereya[tahrir]

Oʻzbekistonda ishlab chiqarish[tahrir]

Oʻzavtosanoat AJ va Volkswagen Group RUS kompaniyasi 2020 yilda Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Kelishuv predmeti Jizzax EIZda Jizzax avtomobil zavodi MChJ bazasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarilgan texnikani sotish tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Zavod Volkswagen konsernining yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan modeldagi yengil tijorat avtomobillarini to‘liq sanoat sikli bo‘yicha ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Zavod ishlab chiqarish quvvati — yiliga 20 000 dona avtomobilni tashkil etadi. Volkswagen Group RUS yangi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va jarayonlarini taqdim etadi, shuningdek xodimlarni o‘qitishni amalga oshiradi. Zavod Volkswagen konsernining ishlab chiqarish, sifat, xaridlar, yetkazib berish va sotuv tizimlari boshqaruvi borasidagi zamonaviy standartlariga muvofiq ish yuritadi. 2021-yildan boshlab V avlod modeli ishlab chiqariladi. 2020-yil 27-iyul kuni Toshkentda Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Avtomobil uch xil ko‘rinish va komplektatsiyada taklif etiladi:

  • Cargo (yuk tashuvchi versiyasi) — 172,1 million so‘m;
  • Kombi (aralash versiya) — 190 million so‘m;
  • Trendline (yo‘lovchi tashuvchi versiyasi) — 221,9 million so‘m.[1]
  1. https://daryo.uz/2020/07/27/ozbekistonda-sotuvga-chiqariladigan-volkswagen-caddy-avtomobillari-narxi-elon-qilindi/