Volga avtomobil zavodi (AvtoVAZ)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Volga avtomobil zavodi (VAZ) — Rossiyaning yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonasi. Samara viloyatining Tolyatti sh.da joylashgan. Yillik loyiha quvvati 660 ming avtomobil i. ch. ga moʻljallangan. 1967 y. qurilishi boshlanib, Yillik loyiha quvvati 220 ming avtomobil boʻlgan 1-navbati 1971 y. Italiyaning "Fiat" korporatsiyasi bilan hamkorlikda kurilgan. "FIAT-124" avtomobili negizida yaratilgan "Jiguli" VAZ-2101 rusumli kichiklitrajli yengil avtomobillarini ishlab chiqargan. 2-navbati 1972 y.da ishga tushirilgan (loyiha quvvati 220 ming avtomobil). Keyingi yillarda korxona "Jiguli" rusumidagi yengil avtomobillarning bir necha modifikatsiyalarini yaratdi va ishlab chiqardi (VAZ-2103, VAZ-2104, VAZ-2105, VAZ2106, VAZ-2107, VAZ-2108, VAZ-2109 vah. k.). 80-y, lar oxiriga kelib korxona VAZ-2199 rusumdagi zamonaviy dizayn va turli qulayliklarga ega boʻlgan yengil avtomobillarni (5 oʻrindiqli) i. ch. ni yoʻlga qoʻydi. Hoz. vaqtda korxona shu vaqtgacha ishlab chiqarayotgan yengil avtomobillarning baʼzi takomillashtirilgan rusumlari bilan birga butunlay yangi rusumdagi "Knyaz Vladimir" yengil avtomobillarni yetkazib bermoqda (2000). Korxona oʻz mahsulotlarini eksportga ham chiqaradi (q. Avtomobil sanoati). 90-y. lar boshigacha Oʻzbekistonda shaxsiy avtomobillarning asosiy qismini VAZ avtomobillari tashkil etgan.

Toʻliq nomi ОАО «АвтоВАЗ» (OAO «AvtoVAZ»)
Asos solingan yil 1966-yil
Joylashuvi Rossiya bayrogʻi Rossiya , Tolyatti, (Samara viloyati)
Prezident Volga avtomobil zavodi (AvtoVAZ)/Volga avtomobil zavodi (AvtoVAZ) Bo Anderson
Soha Avtomobilsozlik
Mahsulot Yengi avtomobillar
Ishchilari soni 68 ming kishi (2013-yil)
Rasmiy sayti LADA.ru

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil