Wolfgang Pauli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Volfgang Paulidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Wolfgang Pauli ETH-Bib Portr 01042.jpg

Wolfgang Pauli (talaffuzi: Volfgang Pauli) (1900.25.4, Vena —1958.15.12, Syurix) — shveysariyalik nazariyotchi-fizik. Myunxen universitetini tugatgan (1921). Syurixdagi Oliy politexnika maktabi professor (1928 yildan), AQSHdagi Prinston institutida ishlagan (1940—46). Ilmiy ishlari kvant mexanika va maydon kvant nazariyasiga oid. Hozirgi zamon fizikasining asosiy prinsipi — Pauli prinsipini bayon etgan (1925). Ishqoriy metallardagi paramagnetizm hodisasini tushuntirib bergan (1927), neytrinoning mavjudligi toʻgʻrisida gipotezani ilgari surgan (1931). Uning yadro kuchining mezon nazariyasi toʻgʻrisida, nazariy fizikaning dolzarb masalalariga oid asarlari ham bor. Nobel mukofoti laureati (1945).[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari