Vois kulol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vois kulol (19-asr oʻrtalari - Xorazm viloyati Xonqa tumani Madir qishlogʻi—1913) — koshinkor (koshinpaz) usta, kulol, koʻzagar. Otasi usta Ismoil bilan birga ishlab hunar oʻrgangan. Xorazm meʼmorligiga rang-barang xom koshinlar tayyorlagan, keyinchalik elga yuqori sifatli qoplama koshinlar ishlaydigan usta sifatida taniladi. Ustaxonasida katta hajmli sopol xum va koʻzalar ishlab chiqargan; 19-asr oxiri — 20-asr boshida Xivada qurilgan koʻpgina yirik ansambllarning bosh tarzi (fasadi) ni bezashda ishtirok etgan. Jumladan Nurullaboy saroyi (1906— 12), Islomxoʻja madrasasi va minorasi (1908—10). pochta binosi (1910), kasalxona (1911—13) va b.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil