Vohid Zohidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vohid Yoʻldoshevich Zohidov — (1914.14.12 — Toshkent — 1983.19.7) — adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), falsafa fanlari doktori (1946), professor (1949). Ozarbayjon pedagogika institutini tugatgan (1933). Oʻzbekistonning turli oliy oʻquv yurtlarida dare bergan (1933— 35; 1938-66), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy xodim, akad.-kotib (1943-48), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori va boʻlim mudiri (1949—53), Toshkent davlat pedagogika instituti professor (1953— 57), "Sharqyulduzi" jurnal (1949), "Oʻzbekiston madaniyati" gaz. bosh muharriri (1959—62), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida boʻlim mudiri (1957—64), Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik instituti direktori (1964—67; 1970—83), Oʻzbekiston Madaniyat vaziri (1967— 70). Ilmiy ishlari oʻrtaosiyolik muta-fakkir va shoir (Beruniy, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Furqat va b.)lar hamda qardosh turkiy xalkdar adabiyoti vakillari (Nizomiy, Abay va b.) ijo-diga bagʻishlangan. Madaniy meros va adabiy hayotning muhim masalalariga oid monografiyalar ("Oʻzbek adabiyoti tarixidan", 1961; "Donolar davrasi", 1973; "Nafosat ijodkori", 1980 va b.), publitsistik asarlar ("Inson va zamon sadosi", 1961; "Sharqni sharaflab", 1973 va b.) muallifi. Z.ning ilmiy rahbarligi va tahriri ostida "Oʻzbek adabiyoti" (5 jild, 7 kitob) nashr etilgan, "Navoiy asarlari"ni oʻzbek (15 jild, 1961—68) va rus tillarida (10 jild, 1968—70) nashrga tayyorlashda qatnashgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Toshkent koʻchalaridan biriga 3. nomi qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Tanlangan asarlar, [3 jildli], T., 1976-78.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mamajonov S, Vohid Zohidov, T., 1976.