Voha chigirtkasi
Qiyofa
Voha chigirtkasi, italiya chigirtkasi (Calliptamus italicus L.) — chigirtkalar oilasiga mansub zararkunanda hasharot. Erkagi tanasining uz. 14,5—24 mm, urgʻochisiniki 24—41 mm. Baquvvat tanasi toʻq qoʻngʻirdan och kulrang yoki sargʻish kulranggacha. Tuxumli koʻzachasining kattaligi 14—41 mm boʻlib, koʻpincha uvatlarga, dala, yoʻl chetlari, partav yerlardagi chimga qoʻyadi. Yevropa, Shimoliy Afrika, Xitoy, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Janubiy Oltoy oʻlkasi, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. V.ch. shuvoq-boshoqli oʻsimliklar oʻsadigan choʻllarga xos. Juda koʻpayib ketgan yillari gʻoʻza, dukkakli, poliz, boshoqli va b. ekinlarga zarar keltiradi (yana qarang: Chigirtka).[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑
„Voha chigirtkasi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (V-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.