Vodorod koʻrsatkich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vodorod koʻrsatkich, rN - eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasining oʻnlik manfiy logarifmida olingan qiymati. Bu son V. k. deb ataladi va rN bilan belgilanadi: rN=— lg[H+]. Toza suvda yoki neytral muhitdagi suvli eritmada 25° da vodorod ionlari [N+| va gidroksid ionlari [N~] ning konsentratsiyalari teng: [N+|=[ON-]=110-7. Shu t-radagi N+ va ON~ ionlari konsentratsiyalarining koʻpaytmasi: %KHjO=[H+][OH-]=10-710-7=10-14.

Demak, maʼlum t-rada N+ va ON~ ionlari konsentratsiyalari koʻpaytmasi oʻzgarmas son boʻlib, bu ionlar konsentratsiyasini ulardan birining konsentratsiyasi bilan ifodalasa boʻladi; odatda buni [N+] bilan ifodalash qabul qilingan. Demak, neytral muhitda: pH=-Ig[H+]=-]gl0-7=7 boʻladi. Agar rN<7 boʻlsa, muhit kislotali, rN>7 boʻlsa, muhit ishqoriy boʻladi. rN qiymati 7 dan qanchalik kichik boʻlsa, eritmadagi N+ ionlarining konsentratsiyasi shunchalik katta, muxit shunchalik kuchli kislotali boʻladi va aksincha rN qiymati 7 dan qanchalik katta boʻlsa, eritmadagi ON~ ionlarining konsentratsiyalari shunchalik katta va muhit shunchalik kuchli ishqoriy boʻladi. Tuproq muhitini aniqlashda, toʻqimachilik, boʻyoqchilik, koʻnchilik, qogʻoz, kimyo va oziq-ovqat sanoatida V. k.ning ahamiyati katta.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil