Vobisa ibn Maʼbad al-Asadiy
Vobisa ibn Maʼbad al-Asadiy (arabcha: وابصة بن معبد الأسدي) – VII–VIII asrlar oʻrtasida yashagan sahoba, roviy.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vobisa ibn Maʼbad al-Asadiy Banu Asad qabilasiga mansub edi. U 630–631-yillar oraligʻida islomni qabul qilgan. Vobisa dastlab Kufa shahrida yashagan, biroq keyinchalik Raqqaga koʻchib oʻtgan va umrining qolgan qismini oʻsha yerda oʻtkazgan. Vobisa 707-yilda Raqqada vafot etgan[1][2][3].
Qabri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vobisa 707-yilda vafot etgan va Raqqa shahridagi Raqqa Buyuk masjidi joylashgan hududda dafn etilgan[4][5][6]. Vobisa dafn qilingan deb taxmin qilingan qabr ustiga 1836-yilda Usmoniylar davrida gumbazli maqbara qurilgan. Biroq bu maqbara 2014-yilda Iroq va Shom Islom Davlati (ISHID) tomonidan buzib tashlangan va butunlay yoʻq qilingan[7]. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlarda ushbu gumbazli maqbara Vobisaga emas, balki Raqqada vabo tufayli vafot etgan va xarobaga aylangan masjid hovlisiga dafn etilgan Usmoniylar davlati hokimi Saʼdiddin posho al-Azmga tegishli ekani aniqlangan[8]. Vobisaga oid haqiqiy qabr esa hozirgi kunda Raqqaning Mishlab mahallasidagi zamonaviy madrasa ostida joylashgani taxmin qilinmoqda[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Encyclopedia of Hadith Narrators: Wabisa ibn Ma'bad al-Asadi“ (2021-yil 27-sentyabr). 2021-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-may.
- ↑ Ibn al-Athir. Usd al-ghabah fi marifat al-Saḥabah (Volume 5). Beirut, Lebanon: Dar Ibn Hazm — 76-bet. ISBN 978-9953-81-621-0.
- ↑ Ibn Hajar al-Asqalani (1856–1873), Al-Iṣābah fī Tamyīz al-Ṣahābah (Volume 6). Beirut, Lebanon: Dar al-Kutub al-Ilmiyah.
- ↑ al-Qushayri. The History of Raqqa — 29-bet.
- ↑ al-Dhahabi. Tarikh al-Islam, 2003-01-01.
- ↑ Ibn al-Athir. Usd al-ghabah fi marifat al-Saḥabah (Volume 5). Beirut, Lebanon: Dar Ibn Hazm — 76-bet. ISBN 978-9953-81-621-0.
- ↑ „CHI – Incident Report Feature – al-Qadim Mosque - American Society of Overseas Research (ASOR)“ (en-US) (2019-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 8,0 8,1 „البحث عن قبر الصحابي "وابصة بن معبد الأسدي"“ (ar). www.esyria.sy. Qaraldi: 2024-yil 10-may.