Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Nabokov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vladimir Nabokov
Asl ismi Владамир Набоков
Tavalludi 22-aprel 1899-yil
Vafoti 2-iyul 1977-yil(1977-07-02)
(78 yoshda)
Shveytsariya
Taxallusi Sirin
Ijod qilgan tillari Ruscha, Inglizcha, Fransuzcha
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va AQSh
Taʼlimi Trinit Kolleji, Kembrij
Yoʻnalish Modernizm
Shoh asari „Mashenka“ (1926)
"Mudofaa" (1930)
"Umidsizlik" (1934)
"Qatl marosimiga marhamat"(1936)
"Tuhfa" (1938)
"Sehrgar"(1939)
"Belgi va ramzlar" (1948)
"Lolita" (1955)
"Rangpar Otash" (1962)
Turmush oʻrtogʻi Vera Nabokova
Bolalari Dmitriy Nabokov
Imzosi
Veb-sayti
vladimir-nabokov.org

Vladimir Vladimirovich Nabokov (talaffuzi: Vladimir Vladimirovich Nabokov; taxallusi: Sirin; 22-aprel 1899 — 2-iyul 1977) — rus va amerikalik yozuvchi, shoir, tarjimon, entomolog va professor. Nabokov oʻzining dastlabki oʻnga yaqin romanini Berlinda yozgan. Keyinchalik AQShga koʻchib oʻtgan va 1945-yil fuqarolikni olgan. Nabokov XX asr nasrida oʻz uslubiga ega yozuvchi sifatida dovrugʻ qozondi. Unga ulkan mashhurlikni „Lolita“ romani olib keldi.

Nabokov ingliz tili va madaniyatiga ixlosmand boy dvoryan oilasida dunyoga kelgan. Bir necha Yevropa tillarini mukammal bilgan N. 1914—1917 yillarda otasining mablagʻi hisobiga ilk sheʼriy toʻplamlarini chop etgan. 1919-yilda Angliyaga borib, Kembrij universitetida tahsil koʻradi, 1922-yil esa Berlinga koʻchib oʻtadi. N. shu yerda rus muhojirlarining „Rul“ gaz.da, shuningdek, „Zamonaviy bitiklar“ jurnali (Parij)da Sirin (jannat qushi) taxallusi ostida sheʼr va hikoyalarini eʼlon qiladi. „Mashenka“ (1926) romani va undan keyingi „Chorbaning qaytishi“ (1928) lirik novellalari, mashhur shaxmatchining hayot fojiasiga bagʻishlangan „Lujin himoyasi“ (1930) qissasi va boshqa asarlari N.ga shuhrat keltiradi. N. rus tilida 9 roman („Qirol, dama, valet“, „Isteʼdod“ va boshqalar), bir qancha pyesa („Oʻlim“, „Voqea“, „Valsning kashf etilishi“ va boshqalar), hikoya va sheʼrlar yozgan. Uning ijodiy uslubida mistifikatsiya, turli-tuman oʻyinlar, xayolot va alahsirashlar, parodiyalar, kutilmagan syujet qurilmalari ustuvorlik qiladi. N. 1940-yilda AQShga koʻchib borib, asosan, ingliz tilida ijod etgan. „Sebastian Naytning chinakam xayoti“, „Ada“, „Nursiz olov“, „Lolita“, „Yorqin narsalar“, „Arlekinlarga bir qara!“ singari romanlari, „Yevgeniy Onegin“ning tarjimasi va Pushkin asariga yozgan 3 jildli izohlari N. adabiy merosining asosiy qismini tashkil etadi.

Nabokov Vladimir Vladimirovich
  • Mashenka, Zashita Lujina. Priglasheniye na kazn. Drugiye berega, M., 1988; Lolita, M., 1989.