Vladimir Korolenko
| Vladimir Korolenko | |
|---|---|
| Tavalludi | 15 (27) iyul 1853 |
| Vafoti | 25-dekabr 1921 |
| Ijod qilgan tillari | Rus tili, Ukrain tili va Polyak tili |
| Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Vladimir Galaktionovich Korolenko [1853.15(27).7, Jitomir — 1921. 25.12, Poltava] — rus yozuvchisi, publitsist, jamoat arbobi. Peterburg (1900—02) va Rossiya (1918) Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi. Ilk hikoyasi — „Izlovchi hayotidan lavhalar“ (1879). „Maftunkor“ (1880), „Fyodor“ (1885), „Koʻr muzikachi“ (1886), „Cherkas“ (1888), „Ot dovon“ (1892), „Goʻng“ (1895), „Shuʼlalar“ (1901) singari hikoya va qissalarida zulm, zoʻravonlikka qarshi chiqqan, istibdod va tuhmat qurboni boʻlgan mazlumlar qismati aks etgan. „Zamondoshim tarixi“ (1922) avtobiografik asari va boshqa asarlarida demokratiya va gumanizm gʻoyalari ilgari surilgan. 1920 -yil Lunacharskiyga yozgan maktublarida [ "Noviy mir" („Yangi dunyo“) jurnal, 1988 -yil, 10-soni; Moskva] Rossiyadagi inqilob istiqboliga ishonmasligini bayon etgan va fuqarolar urushida bolsheviklarning beboshliklari haqida gʻazab bilan yozib, sudsiz otishlar va bolalarning oʻldirilishiga qarshi chiqqan. Asarlari jahondagi koʻpgina tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Vladimir Korolenkoga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |