Vladimir Ilich Zuyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zuyev Vladimir Ilich (1930.27.7, Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyati) — sabzavotshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1971), professor (1972), Rossiya Federatsiyasi Agrar taʼlim akademiyasi akademik (1995). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1955). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida sabzavotchilik kafedrasi assistenti, dotsent (1955—69), oʻquv ishlari boʻyicha (1969—76) va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1980—86), sabzavotchilik kafedrasi mudiri (1977-1992). 1992-yildan Toshkent agrar universiteti sabzavotchilik kafedrasida professor Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda sabzavot-poliz va kartoshka yetishtirish, sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi masalalariga bagʻishlangan. Oliy oʻquv yurtlari uchun sabzavotchilik boʻyicha darsliklar yaratgan. Respublikada rayon-lashtirilgan 1 tarvuz, 1 qovun, 4 bod-ring navini (2 tasi issikxonalarda yetishtirishga moʻljallangan) yaratgan. As: Shoʻr yerlarda sabzavot va kartoshka yetishtirish, T., 1961; Ovoshevodstvo, T., 1980.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil