Vladimir Devlet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vladimir Pavlovich Devlet [1890.29.9 (11.10), Tambov - 1958.15.12, Toshkent] — opera xonandasi (bariton), Oʻzbekistan xalq artisti (1945). Dastlab Kiyev opera teatri sahnasida chiqqan (1917). 1920—35 y.larda Odessa, Tbilisi, Sverdlovsk, Vladivostok va b. shahar opera teatrlarida ishlagan. 1937 y.dan Toshkent rus opera va balet teatri, 1948 y.dan Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni. 1938 y.dan Toshkent konservatoriyasida pedagog (1942 y.dan dotsent). Ovozi keng diapazonli boʻlib, ijro uslubi yetuk vokal texnikasi bilan ajralib turadi. Onegin, Yeletskiy (P. Chaykovskiy, "Yevgeniy Onegin", "Qargʻa motkasi"), Knyaz Igor (A. Borodin, "Knyaz Igor"), Rigoletto, Jermon (J. Verdi, "Rigoletto", "Traviata"), Tonio (R. Leonkavallo, "Masharabozlar"), Eskamilo (J. Vize, "Karmen") va b. partiyalarni ijro etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Devlet Vladimir Pavlovich" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil