Konstantinopol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vizantiidan yoʻnaltirildi)

Konstantinopol, Vizantii — Vizantiya imperiyasi poytaxti. 324— 330 yillarda Konstantin I asos solgan va imperator sharafiga "Konstantinopol" — "Konstantin shahri" deb nom qoʻyilgan. 330 yilda Konstantin I Rim imperiyasi poytaxtini sharqqa K.ga koʻchiradi. Davlat muassasalari va senatning Rimdan koʻchirib kelinishi K.ning rivojlanishiga olib keldi. Yirik savdo yoʻllarining kesishgan joyida joylashgan shahar, Sharq va Gʻarb oʻrtasida iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarni bogʻlovchi markazga aylandi. 4-salib yurishi davri (1202—04)da salibchilar tomonidan talandi. 1204—61 yillarda Lotin imperiyasi poytaxti. 1261-yil vizantiyaliklar genuyaliklar bilan ittifok, tuzib, shaharni qaytarib oldilar. 1453-yil 29-mayda uni usmonli turklar Sulton Mehmet egallab, nomini Istambul deb oʻzgartirganlar. K. keyinchalik, Istanbul nomi bilan 1923-yilgacha Turkiya poytaxti boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil