Kontent qismiga oʻtish

Vivienne Westwood

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vivienne Westwood

Westwood 2008-yilda
Tavalludi
Vivienne Isabel Swire

8-aprel 1941-yil
Hollingworth, Cheshire, Angliya
Vafoti 29-dekabr 2022-yil(2022-12-29)
(81 yoshda)
Clapham, London, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik[1]
Kasbi
  • boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi[2][3]
  • fashion designer
  • businesswoman
  • activist
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari 2, ulardan birir Joseph Corré
Mukofotlari Yilning eng yaxshi moda dizayneri (1990, 1991, 2006)

Dame Vivienne Isabel Westwood (qizlik familyasi: Swire; 1941-yil 8-aprelda tugʻilgan – 2022-yil 29-dekabrda vafot etgan) – ingliz moda dizayneri va tadbirkor, zamonaviy pank va yangi toʻlqin uslublarini ommaviy modaga olib kirgan asosiy shaxslardan biri[7]. 2022-yilda Sky Arts kanali uni Britaniyadagi soʻnggi 50 yildagi eng nufuzli rassomlar roʻyxatida 4-oʻrinda qayd etgan[8].

Westwood va Malcolm McLaren Londonning Kingʻs Road koʻchasida butik ochgan va liboslar yarata boshlagan. Aynan shu davrdan boshlab ular mashhurlikka erishgan. Ushbu butik keyinchalik „Sex“ nomi bilan tanilgan. Ularning kiyim va musiqani uygʻunlashtirish qobiliyati 1970-yillardagi Buyuk Britaniya pank madaniyatining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Bu harakat tarkibiga Malcolm McLaren boshchiligidagi „Sex Pistols“ guruhi ham kirgan.

Westwood Londonda 4 ta doʻkon ochgan, keyinchalik butun Buyuk Britaniya hamda dunyo boʻylab oʻz faoliyatlarini kengaytirgan. Uning doʻkonlarida turli xil mahsulotlar sotilgan boʻlib, ularning ayrimlari Westwoodning siyosiy qarashlarini targʻib qilgan. Masalan, yadro qurollarini yoʻq qilish kampaniyasi, iqlim oʻzgarishiga qarshi harakatlar va fuqaroviy va siyosiy huquqlarni himoya qiluvchi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlagan[9][10].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Mini-Crini", 1985–1987

Westwoodning ikki farzandi boʻlgan. Birinchi eri Derek Westwooddan tugʻilgan oʻgʻli Ben Westwood (1963-yilda tugʻilgan) erotik janrdagi suratlar bilan shugʻullanuvchi fotograf. Ikkinchi eri Malcolm McLarendan tugʻilgan oʻgʻli Joseph Corré (1967-yilda tugʻilgan) esa mashhur ichki kiyim brendi Agent Provocateur asoschisi hisoblanadi[11]. Uning nevarasi Cora Corré ham modellik bilan shugʻullanadi[12].

Westwood 1992-yilda moda boʻyicha shogirdi Andreas Kronthalerga turmushga chiqqan[13].

  1. (unspecified title)
  2. Andre Rhoden-Paul, Adam Durbin. „Vivienne Westwood: Tributes for 'Queen of British Fashion' after her death“. BBC News (2022-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  3. Dudbridge, Saxony „Vivienne Westwood“. catwalkyourself.com. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  4. McDuffee, Allen „Inside Vivienne Westwood And Malcolm McLaren's Abusive Relationship“. grunge.com (2022-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 31-dekabr.
  5. Gorman, Paul „Vivienne Westwood and Malcolm McLaren: The rebellious duo that inspired a generation of punks“. telegraph.co.uk (2022-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 31-dekabr.
  6. Cooper, Geoff K. „Andreas Kronthaler talks marriage to Vivienne Westwood, Brexit and climate change“. standard.co.uk (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 31-dekabr.
  7. Bell-Price. „Vivienne Westwood (born 1941) and the Postmodern Legacy of Punk Style Source: Vivienne Westwood (born 1941) and the Postmodern Legacy of Punk Style“. Metmuseum.org (2004-yil oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 30-oktyabr.
  8. Graye. „50 most influential artists in Britain revealed: David Bowie, Steve McQueen and Russell T Davies among top spots“. The Independent (2022-yil 11-avgust). Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
  9. „Our Approach“. viviennewestwood.com. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
  10. Kristen. „Vivienne Westwood Is the Original Riot Grrrl“. L'Officiel (2018-yil 8-mart). Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
  11. „Vivienne Westwood's son Ben Breaks into Men's Fashion“. zimbio.com. 2009-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 26-iyul.
  12. „Meet Cora: Vivienne Westwood's granddaughter and the new Cara Delevingne“. The Standard (2013-yil 23-iyul). Qaraldi: 2025-yil 22-yanvar.
  13. Croft, Claudia. „The marvellous Mr Westwood“. The Times (2017-yil 8-yanvar). 2021-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.