Vitgig reaksiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vitgig reaksiyasi - aldegidlar yoki ketonlarga fosfor ilidlari (alkilidenfosforanlar) taʼsir ettirib olefinlar olish. G. Vittig kashf etgan (1954). Bu reaksiya uchun, odatda, yangi tayyorlangan ilidlardan foydalaniladi. Ularni trifenilalkilfosfoniyga litiyorganik birikmalar yoki geksaalkiltriamidoalkilfosfoniyga ishqorlar taʼsir ettirish usuli bilan olinadi. V. r. nozik organik sintezda, mas., boshlangʻich birikmadagidan bir atom uglerodi koʻp boʻlgan aldegidlar, shuningdek, poliyenlar, geterotsiklik birikmalar olishda keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil