Vitellogenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vitellogenez (lot. vitellus — sariqlik va ...genez) — sariqlik hosil boʻlishi, ootsitlarning tez oʻsish fazasida ularda sariqlik sintezlanishi va toʻplanishi. Bu jarayonda ootsitning ishtiroki oogenez tipiga bogʻliq. Solitar oogenezda sariklik oqsillari ootsitning granulalashgan endoplazmatik toʻrida (yaʼni endogen) sintezlanadi; Golji kompleksida esa sariqlik granulalari shakllanadi va uglevodlar oqsillarga birikadi. Alimentar oogenezda sariqlik oqsillarining asosiy qismi tuxumdondan tashqarida (yaʼni ekzogen) sintezlanadi va pinotsitoz orqali gemo-limfadan yoki qondan ootsitga oʻtadi; sariqlik granulalari esa vitellogenin oqsilidan pinotsitoz pufakchalarda shakllanadi. Bu pufakchalar birbiri va Golji kompleksi moddalari bilan qoʻshiladi. Bir qancha mollyuskalar va suvda hamda quruqliqda yashovchilarda kristallik tuzilgan sariqlik granulalari mitoxondriyalarda shakllanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil