Vitaliy Panasyuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vital Panasyuk
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 9-fevral 1980-yil (1980-02-09) (44 yosh)
Tavallud joyi Brest, Belarus, SSSR
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996-1999 RUOR Minsk
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996-1999 RUOR Minsk 71 (0)
2000-2001 BATE Borisov 34 (0)
2002 Dinamo Brest 20 (1)
2003 Belshina Bobruisk 23 (1)
2004 Dinamo Brest 17 (0)
2005 Granit Mikashevichi 28 (1)
2006-2008 Dinamo Brest 50 (1)
2009-2010 Vitebsk 33 (2)
2011 Granit Mikashevichi 18 (1)
2012 Navbahor Namangan 14 (0)
Milliy terma jamoa
2000-2001 Belarus U21 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2015-yil 1-dekabr uchun)

Vitaliy Panasyuk (belaruscha: Віталь Панасюк) — belruslik futbolchi, himoyachi pozitsiyasi toʻp surgan. 2012-yilda Navbahor Namangan futbol klubida oʻynagan[1][2].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vitaliy yoshlik davrida Brestdagi 5-sonli sport maktabida tahsil olgan. Uning birinchi murabbiyi Yevgeniy Trotsyuk. 1996-yilda Vitaliy Minsk shahridagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga koʻchib oʻtdi va toʻrt mavsum davomida maktabning ikkinchi ligadagi asosiy jamoasida oʻtkazdi (1996-yilda jamoa „MPCC-96“ nomi ostida oʻynagan). 2000-yilda Belorusning yetakchi jamoalaridan biri, Borisov shahrining „BATE“ jamoasiga oʻtdi va u yerda ikki mavsum davomida oʻynadi. Uning Premyer-ligadagi debyut uchrashuvini 2000-yilgi mavsumning birinchi turida, 15-aprel kuni „Belshina“ jamoasiga qarsh oʻyinda oʻtkazdi. Bu davr muobaynida Belarus chempionatining kumush (2000) va bronza (2001) medali sovrindori boʻldi. „BATE“ jamoasi birgalikda Yevropa musobaqalarida qatnashgan.

2002-yilda Vitaliy jamoasini Brestning „Dinamo“ jamoasi yoʻnalishida oʻzgartirdi. Dinamo jamoasi tarkibidan muqim oʻrin olmadi va 5 mavsum davomida 2 bor boshqa jamoalar safida ijara asosida, „Belshina“ va birinchi liganing „Granit“ (Mikashevichi) klubida toʻp surdi. 5 mavsumda Brest jamoasida 88 ta oʻyin oʻtkazgan. Dinamo jamoasi bilan 2006/07-yilgi Belarus kubogi gʻolibi aylangan. 2009-yilda Brest jamoasi bilan xayrlashdi va „Vitebsk“ jamoasi safiga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki mavsum Premyer-ligada oʻynadi.

2011-yildan beri u Belarusning birinchi liga klublari safida toʻp surdi. 2012-yilgi mavsumning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Oliy ligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. Chet eldagi faoliyati unchalik muavffaqiyatli boʻlmadi va 2013-yil Belorusga qaytib keldi. Umumiy hisobda u Belarus oliy dvizioni, Premyer-ligada 194 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan. Vitaliy shuningdek Belarus yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2010-yillarning oxirida u Brestdagi mini-futbol chempionati jamoalarida oʻynadi[3][4].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Belarus kubogi gʻolibi : 2006/07
  • Belarus chempionatining kumush medali sovrindori : 2000
  • Belarus chempionatining bronza medali sovrindori : 2001

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]