Nina Vishkvarseva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vishkvarseva Nina Rafailovnadan yoʻnaltirildi)

Nina Rafailovna Vishkvarseva (1941.19.2, Andijon shahri) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1965). 1965-yildan Shayxontohur tumanidagi 19-maktabda boshlangʻich siif oʻqituvchisi. Vishkvarsevaning darsi koʻrgazmali materiallar, turli oʻyinlar bilan yuqori saviyada tashkil etilib, rasm, musiqa va raqs bilan mujassamlashtiriladi. Uning taʼlim tizimiga olib kirgan yangi pedagogik texnologiyalari bolalarning aqliy, mantiqiy rivojlanishida katta samara beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil