Vishakxapatnam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vishakxapatnam — Hindistondagi shahar, Bengaliya qoʻltigʻi sohilida, Andhra-Pradesh shtatida. Aholisi 750 mingdan ziyod kishi (1990y.lar oʻrtalari). Mamlakatning muhim portlaridan biri (yuk tushirish va ortish yiliga 10 mln. t). Chetga neft mahsulotlari, temir va marganes rudalari chiqaradi; chetdan kimyo oʻgʻitlari uchun xom ashyo keltiriladi. Sudoverf, neftni qayta ishlash, stanoksozlik, fosfor oʻgʻitlari, qoʻrgʻoshin i. ch. korxonalari bor. Yirik metallurgiya kombinati qurilgan. Baliq ovlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil