Vilyuy
Qiyofa
| Vilyuy | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 2 650 |
| Maydoni | 454 000 km² |
| Suv sarfi | m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Rossiya |
| Vilyuy | |
Vilyuy (saxa.: Бүлүү) — Sharqiy Sibirning gʻarbidagi daryo, Lenaning chap irmogʻi. Oʻrta Sibir yassitogʻligidan boshlanib Yakutsk shimoldan 300 km oʻtgach, Lena daryosiga quyiladi. Uzunligi - 2650 km, havzasining maydoni - 454 ming km2. Yuqori va quyi oqimlari keng vodiydan osoyishta oqadi. Vilyuy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1480 m3/sek. Oktyabrning oʻrtalaridan mayning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Vilyuyda quyilish yeridan 1371 km masofada kema qatnaydi. Chernishevskiy posyolkasida GES va suv ombori qurilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil