Viloyati faqih

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Viloyati faqih (arab.fors.-fa-qihning hukmronligi) — islom huquqshunosligi asosida boshqariladigan davlat tuzumi. Ilk islomda bundam tushuncha oxir zamon yakinlashganda amalga oshadigan eng adolatli ijtimoiy tuzumni anglatgan. Shialik bu tushuncha "yashiringan imom maxdiy"-ning kelishi va adolat oʻrnatishi haqidagi gʻoyaga bogʻlangan. 1979 y.dagi Eron islom inqilobi natijasida bu gʻoyani amalga oshirish, amalda imom zimmasiga yuklash mumkinligi haqidagi aqidalar vujudga keldi. Eron Islom Respublikasiga 1989 y.gacha rahbarlik qilgan oyatulloh aluzmo Ruhulloh Xumayniy ana shunday V. f. rahbari vazifasini bajardi, yaʼni u davlatning biror lavozimida boʻlmasa ham, amalda butun Eron ijtimoiy hayotiga rahbarlik qildi. Hoz. kunda ham Eronda saylab qoʻyilgan prezident turmushning barcha sohalarida diniy rahbar bilan bamaslahat faoliyat koʻrsatadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil