Vilnyus ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vilniyus Ittifoqi — 1561-yil 28-noyabrda tuzilgan shartnoma. Vilnada Litva Buyuk Gertsogi va Polsha qiroli Sigismund II va Livoniyadagi Tevton ordeni landmasteri Gotxard Ketler oʻrtasida tuzilgan birlashma. U bilan Livoniya konfederatsiyasi parchalandi va uning bir qismi Polsha hukmronligiga oʻtdi.[1]

Ushbu hujjatga muvofiq, Livoniya ordeni yerlarining bir qismida dunyoviy davlat tuzildi. Gotxard Ketler gertsog sifatida rahbarlik qilgan davlat Kurlandiya va Semigal gersogligi deb ataldi. U oʻzini Buyuk Litva Gertsogligining vassali deb tan oldi. Hududning qolgan katta qismi Buyuk Litva Gertsogligi tarkibiga oʻtdi.[1]

Shunday qilib, 1237-yilda tashkil etilgan Livoniya ordeni Vilnyus shartnomasiga koʻra, oʻz faoliyatini tugatdi. XIII-XV asrlarda ushbu orden Buyuk Litva Gertsogligi uchun jiddiy xavf soldi. Ordenning tugatilishi Buyuk Litva knyazligi nufuzini oshirdi.[1]

Tarixiy ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1561-yilgacha „Livoniya“ tushunchasi quyidagi hududlarni anglatardi: Livoniya Konfederatsiyasining butun hududidan to Dvina shimolidagi Livoniya viloyati va Kurland gersogligi, shuningdek, Shvetsiya Livoniyasi dominioni hisoblangan Estoniya knyazligiga qadar toraygan hududlar. Ezel oroli esa 1645-yilgacha Daniya hukmronligi ostida edi[1].

Bu mintaqa bilan tarixan nafaqat Polsha, balki Buyuk Litva Gertsogligi oʻzaro aloqada boʻlgan. Aynan Litva pozitsiyasi Livoniya va Polsha-Litva davlati oʻrtasidagi munosabatlarga eng koʻp taʼsir koʻrsatgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]