Viktoriya Volchkova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktoriya Volchkova
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Viktoriya Volchkova
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Sankt-Peterburg, SSSR
Yashash joyi Moskva, Rossiya
Boʻyi 168
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 154,16
Qisqa dastur 57,08
Erkin dastur 101,02

Viktoriya Yevgeniyevna Volchkova (ruscha: Виктория Евгеньевна Волчкова; 1982-yil 30-iyul, Leningrad) — yakka holda konkida ushish boʻyicha musobqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Yevropa chempionatining toʻrt karra bronza medali sovrindori (1999, 2002), Gran-pri finalining bronza medali sovrindori (2002, 2003), Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori (2001, 2006), Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (2002). Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktoriya oʻn uch yoshiga qadar Sankt-Peterburgda Aleksey Mishi guruhida mashq qilgan. Viktoriya 1995-yilda Moskvaga Viktor Kudryavtsev murabbiyligida mashq qilishga koʻchib oʻtgan. Uning rahbarligi ostida Volchkova ketma-ket toʻrt marta Yevropa chempionatining bronza medalini, uch marta bronza va Rossiya chempionatining bir marta kumush medalini qoʻlga kiritgan hamda ikki marta oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Vollchkova 2002-yilda Salt Lake Citydagi Olimpiadada qatnashgan va u yerda 9-oʻrinni egallagan.

Viktoriya Volchkova 2006-yilgi Yevropa chempionatida

2002-yil iyun oyida Volchkova Chikagoga (AQSh) Oleg Vasilev[1] murabbiyligida mashgʻulot oʻtkazish uchun joʻnab ketdi. Vasilev boshchiligida Viktoriya Moskva Gran-pri bosqichida gʻolib chiqdi va buning uchun Sasha Cohen va Irina Slutskayanini[2] hayratlanarli tarzda magʻlub etdi. Seriya sinalida uchunchi oʻrinni egalladi.

Viktoriya mavsumni yangi murabbiy Yelena Chaykovskaya bilan yahshi boshlay olmadi va Rossiya chempionatida atigi 6-oʻrinni egalladi. Bundan tashqari, jarohatlar va kasalliklar sportchini beovta qila boshladi va u Chaykovskaya bilan kelisha olmadi[3]. 2004-yil yanvar oyida Volchkova yana Kudryavtsev guruhiga qaytdi[4].

2006-yilgi Rossiya chempionatidagi ikkinchi oʻrin tufayli u Turindagi Olimpiada uchun Rossiya olimpiya terma jamoasiga kiritildi, ammo musobaqaga uchishdan oldin u jiddiy jarohati tufayli musobaqada ishtirok etishni toʻxtatishga majbur boʻldi[5]. Ushbu jarohatti tufayli operatsiyani boshdan kechirgan Volchkova tuzalib, sportga qaytishga harakat qilgan[6], ammo 2007-yilgi Rossiya chempionatida 5-oʻrinni egallab, faoliyatini yakunlashga qaror qilgan[7].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Volchkova rossiyalik xokkeychi Yuriy Butsayevga turmushga chiqqan. Ularning 2012-yil 10-martda dunyoga kelgan oʻgʻli bor[8].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa 97/98 98/99 99/00 00/01 01/02 02/03 03/04 04/05 05/06 06/07
Xalqaro
Olimpiya oʻyinlari 9
Jahon chempionati 10 6 6 7 5 15
Yevropa chempionati 3 3 3 3 8 9
Gran-pri finali 6 3
Xitoy Gran-prisi 7 2
Kanada Gran-prisi 3
AQSh Gran-prisi 4 3 6 6
Rossiya Gran-prisi 5 2 1 8
Fransiya Gran-prisi 2 2 4
Yaponiya Gran-prisi 2 5
Schaefer xotirasi 1
Zlatna pirueta Zagreba 1
Yaxshi niyat oʻyinlari 3 7
Finlandiya kubogi 2 3
Xalqaro oʻsmirlar
Jahon chempionati 3 3
Gran-pri finali 1
Ukraina Gran-prisi 1 1
Slovakiya Gran-prisi 1 1
Milliy
Rossiya chempionati 7 5 3 3 2 3 6 2 5

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]