Viktoriya (Seyshel Orollari)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ViktoriyaSeyshel Orollari davlatining poytaxti (1976 y.dan), Mae o.da. Aholisi 30 ming kishi chamasida. Xalqaro aeroport bor. Hind okeani sohilidagi port. V. orqali chetga kopra (kokos yongʻogʻining magʻzi), dolchin va vanil chiqariladi. V. Afrika bilan Hindiston orasida qatnaydigan kemalarni yoqilgʻi bilan taʼminlaydigan baza. Oziq-ovqat, mebel, radioelektronika, tamaki sanoati, baliq mahsulotlari qayta ishlanadigan korxonalar bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Turizm’ markazi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil