Viktor Sivets
Viktor Nikolayevich Sivets | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
4-may 1919-yil Qorakо‘l, Semirechens viloyati, Тurkiston АSSR, RSFSR |
Vafoti |
9-dekabr 1984-yil (65 yosh) Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
|
Viktor Nikolaevich Sivets (1919-1984) — Sovet sanoat arbobi, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi direktori, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971).
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1919-yil 4-mayda Prjevalsk shahrida (hozirgi Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyati) tugʻilgan. 1943-yilda Qozon aviatsiya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston SSRdagi Toshkent aviatsiya zavodida 1943-yilda usta, 1944-yildan yig‘ish sexida katta usta sifatida boshlagan. 1945-yil boshida Viktor Nikolayevich ,,Zavodning eng yaxshi ustasi" deb tan olingan.
1947-1963-yillarda sex boshlig‘i, ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i, bosh muhandis o‘rinbosari, 1963-1969-yillarda 84-sonli zavod bosh muhandisi, 1969-1973-yillarda SSSR Aviatsiya sanoati vazirligi tasarrufidagi V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1969-yilda Viktor Nikolayevich Sivets rahbarligi ostida zavodda An-22 ,,Antey" og‘ir harbiy transport samolyotlarini seriyali ishlab chiqarish boshlagan.
1971-yil 26-aprelda Sivets Viktor Nikolayevich SSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan ,,Sotsialistik Mehnat Qahramoni" unvoni, ,,Lenin" ordeni va ,,O‘roq va Bolg‘a" oltin medali bilan taqdirlangan.
1973-yildan SSSR Aviatsiya sanoati vazirligi tasarrufidagi V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya birlashmasi bosh direktori.
1973-yildan boshlab uyushma IL-76 o‘rta harbiy transport samolyotlarini va uning modifikatsiyalarini ishlab chiqara boshlagan.
Sivets Viktor Nikolayevich 1984-yil 9-dekabrda vafot etgan. Toshkentdagi Chig‘atoy memorial qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan muhandis (1969)
- Lenin mukofoti laureati (1978)
- SSSR Davlat mukofoti laureati (1973)
- A. Beruniy nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti laureati. (1974).
- Faxriy samolyot quruvchisi
- Sotsialistik Mehnat Qahramoni (26.04.1971)
- Lenin ordeni (03.02.1962)
- Lenin ordeni (22.07.1966)
- Lenin ordeni (26.04.1971)
- Lenin ordeni (25.03.1974)
- Lenin ordeni (23.12.1976)
- Oktabr inqilobi ordeni (02.10.1981)
- ,,Mehnat jasorati uchun" medali (16.01.1950)
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent koʻchalaridan biri va TAPOiCH Madaniyat va texnika saroyiga V.N.Sivets nomi berilgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- [1] (Wayback Machine saytida 2017-11-13 sanasida arxivlangan)