Viktor Gyökeres
|
Gyokeres 2018-yil Brighton & Hove Albion jamoasi libosida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Viktor Einar Gyökeres[1] | ||
| Tavallud sanasi | 4-iyun 1998-yil[2] | ||
| Tavallud joyi | Stokgolm, Shvetsiya | ||
| Boʻyi | 1.89m[3] | ||
| Ampluasi | Strayker | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Arsenal | ||
| Raqami | 14 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2004—2013 | IFK Aspudden-Tellus | ||
| 2013—2015 | IF Brommapojkarna | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2015—2017 | IF Brommapojkarna | 56 | (20) |
| 2018—2021 | Brighton & Hove Albion | 0 | (0) |
| 2019—2020 | → St. Pauli | 26 | (7) |
| 2020–2021 | → Swansea City | 11 | (0) |
| 2021 | → Coventry City | 19 | (3) |
| 2021—2023 | Coventry City | 91 | (38) |
| 2023—2025 | Sporting CP | 66 | (68) |
| 2025— | Arsenal | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2015—2018 | Shvetsiya U19 | 18 | (10) |
| 2019—2020 | Shvetsiya U21 | 8 | (4) |
| 2019— | Shvetsiya | 26 | (15) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 10-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 19-noyabr uchun) | |||
Viktor Einar Gyökeres (shvedcha: Viktor Einar Gyökeres; 1998-yil 4-iyunda tugʻilgan) – shved professional futbolchisi boʻlib, Angliya Premyer-ligasi vakili Arsenal va Shvetsiya milliy terma jamoasida hujumchi ampulasida oʻynaydi.
Gyökeres 2015-yilda Shvetsiyaning Brommapojkarna jamoasida professional faoliyatini boshlagan va uch yil davomida ellikdan ortiq oʻyin oʻtkazgach, Brighton & Hove Albion jamoasiga oʻtgan. Keyinchalik u St. Pauli, Swansea City va Coventry City kabi turli klublarga ijaraga berilgan boʻlib, 2021-yilda Coventry City jamoasiga doimiy asosda oʻtgan. Sporting CP uni 2023-yilda klub rekordini yangilagan 20 million yevrolik transfer evaziga oʻz safiga qoʻshib oldi. Birinchi mavsumidayoq u jamoasiga liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam berdi. Shuningdek, u Primeira Ligada 33 ta oʻyinda 29 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurar sifatida Bola de Prata sovrinini hamda yilning eng yaxshi futbolchisi unvonini qoʻlga kiritdi.
Gyökeres Shvetsiya terma jamoasining turli yosh toifalarida oʻynagan va 2017-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida eng yaxshi toʻpurarlardan biri boʻlgan. U 2019-yilda Shvetsiya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gruziyada oʻtkazilgan yoshlar Yevropa chempionatida qatnashdi. Musobaqada u Portugaliya[4], Chexiya[5] va Gruziya[6] jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Har uchala uchrashuvda Viktor bittadan gol urdi va turnirning eng samarali hujumchisi boʻldi.
2019-yil 8-yanvarda Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Shvetsiya milliy terma jamoasi safida debyut qildi[7]. 11-yanvarda esa Islandiyaga qarshi oʻyinda milliy jamoa uchun ilk golini kiritdi[8].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gyokeres otasining otasi orqali vengriyalik kelib chiqishiga ega boʻlib[9], u Shvetsiyaga koʻchib kelgan[10]. Gyokeres Vengriya va Shvetsiya fuqaroligiga ega. Uning otasi Stefan Gyokeres 1980 va 1990-yillarda IFK Oʻstersund va Stugun jamoalarida futbol oʻynagan[11].
CMTV teleradiokompaniyasi 2024-yil yanvar oyida Gyokeresning portugaliyalik aktrisa Inês Aguiar bilan munosabatda ekanligini xabar qildi[12][13]. U ilgari oʻrta maktabda tanishgan professional futbolchi Amanda Nildén bilan munosabatda boʻlgan[14]. Amanda Nildén Gyokeres 2018-yilda klubga oʻtganda Brighton ayollar jamoasiga qoʻshilgan edi[15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Premier League clubs publish retained lists“. Premier League (2019-yil 7-iyun). Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
- ↑ Viktor Gyökeres Soccerway saytida. Qaralgan sana: 23 February 2024.
- ↑ „Viktor Einar Gyökeres“. Sporting Clube De Portugal (2023-yil 21-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-oktyabr.
- ↑ „Португалия (до 19) VS. Швеция (до 19) 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 8-iyul). 2017-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-mart.
- ↑ „Швеция (до 19) VS. Чехия (до 19) 1:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 2-iyul). 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-mart.
- ↑ „Грузия (до 19) VS. Швеция (до 19) 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-iyul). 2018-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-mart.
- ↑ „Швеция VS. Финляндия 0:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 8-yanvar). 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-mart.
- ↑ „Швеция VS. Финляндия 2:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 11-yanvar). 2019-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-mart.
- ↑ Simon Bank. „"Klart det lockar med PL – får se när det är dags"“. Sportbladet (2024-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 20-dekabr.
- ↑ TT. „Valde Sverige – drabbad av hat i sociala medier“. Norra Skåne (2022-yil 31-may). Qaraldi: 2024-yil 20-dekabr.
- ↑ Johan Åkesson. „Allt om Viktor Gyökeres: Pappa, klubbar och exflickvän“. Nyheter24 (2024-yil 13-fevral). Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
- ↑ Ferreira, Diogo „Viktor Gyökeres do Sporting "rouba" o coração da atriz portuguesa Inês Aguiar“ (pt-PT). Dioguinho (2024-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
- ↑ „Viktor Gyokeres e Ivo Lucas, namorados das gémeas Aguiar, já são amigos“ (pt-PT). www.cmjornal.pt. 2024-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Superparet gör succé – hinner inte träffas: "Tuffaste perioden"“ (sv). www.aftonbladet.se (2021-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-oktyabr.
- ↑ Kurt, Nemrud „Gyökeres till Premier League – flickvännen kan gå till samma klubb“ [Gyökeres to the Premier League – girlfriend can go to the same club]. SVT Sport (2018-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 7-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Viktor Gyökeres haqida turkum mavjud |
- 4-iyunda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- Stokgolmda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Shvetsiyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- FC St. Pauli futbolchilari
- IFK Aspudden-Tellus futbolchilari
- IF Brommapojkarna futbolchilari
- Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari
- Swansea City A.F.C. futbolchilari
- Coventry City F.C. futbolchilari
- Sporting CP futbolchilari
- Arsenal F.C. futbolchilari
- Superettan futbolchilari
- Angliya futbol ligasi futbolchilari
- 2. Bundesliga futbolchilari
- Primeira Liga futbolchilari
- Shvetsiyalik muhojir erkak futbolchilar
- Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Uelsdagi muhojir erkak futbolchilar

