Viktor Bunak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Viktor Valerianovich Bunak (1891.22.9, Moskva — 1979) — antropologiya maktabi asoschisi, biol. fanlari d-ri (1935), prof. (1925). Moskva universiteti Antropologiya i.t. institutining direktori (1924—30), biol. fakultetida va Antropologiya institutida odam morfologiyasi boʻlimi boshligʻi (1930— 48). "Rus antropologik jurnali" Bosh muharriri (1923—31). Rossiya FA Etnografiya institutining antropologiya sektorida katta ilmiy xodim (1949). B.ning asosin ishlari odam morfologiyasi, irqchilik, antropogenez, odam genetikasi, nutqning kelib chiqishi masalalariga oid. B. Teshiktosh gʻoridan topilgan bolaning bosh suyagidagi miya boʻshligʻi tuzilishini tekshirib, uning "neandertal" odamlarga oʻxshashligini isbotlagan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil