Vikipediya munozarasi:2021-yilgi Markaziy Osiyo oyligi

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grant miqdori[manbasini tahrirlash]

Xayrli kun! Metada grant soʻrash uchun sahifa yaratdim. Qancha grant soʻraymiz? Metaada mana bu savolga javob berishimiz kerak: What resources do you need? For your funding request, list bullet points for each expense and include a total amount. 1-, 2-, 3- oʻringa sovgʻa beramiz-a? Amazon card beramizmi? Yoki Oʻzbekistondagi biror texnika magazini sovgʻa kartasini topshiramizmi? Yana qanday xarjatlarimiz boʻladi? Nataev munozara 03:41, 15-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]

Oldinlari Wikiforumlar bo'lardi. Shuni ham unutmang! 83.221.164.83 12:00, 18-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]
Xurmatli anonim, buni Vikiforumga qanday aloqasi bor? — Kagansky (munozara) 14:17, 18-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]
Hayrli kun! Men aniq bilaman-ki, O'zbekistonda Amazon kartasi umuman befoyda ekan. Amazondan buyurtma qilish juda katta qiyinchiliklarni tug'diradi. Asadbek Botirqulov (munozara) 13:16, 18-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]
Nodir aka, shu yerdagidek 1-, 2-, 3- oʻringa $300, $200, $100 soʻralsa qanday boʻladi? Amazon card varianti ham yomon emas menimcha. — Kagansky (munozara) 14:17, 18-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]
Mana bu yerda Facebook/Twitter advertising, Certificate printing and Custom shirts for judges/winners uchun ham mablagʻ soʻralgan ekan. Biz ham shunday qilsak yomon boʻlmasdi. Oʻzbekistonda Amazon kartasidan buyurtma qilish muammo boʻlsa, 1-, 2- va 3-oʻrin egalariga pul mukofoti bergan yaxshi variant. Malikxan munozara 14:56, 18-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]

Hurmatli, foydalanuvchilar!

Bilasiz-ki, 2020-yilning dekabrida Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi rasman ochildi. Guruh oʻzbekcha Vikipediyani rivojlantirish hamda faol foydalanuvchilar sonini oshirish maqsadida qator tanlovlar uyushtirishni boshladi! Biz aprel oyida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan va Markaziy Osiyo mavzusi bilan bogʻliq maqolalar yaratiladigan vikimarafon sanalmish Markaziy Osiyo oyligida qatnashadigan foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, grant soʻradik (bu haqda batafsil bu yerda oʻqing: Grants:Project/Rapid/WUL UG/Wikipedia Central Asian Month). Yaʼni, vikimarafonda faol ishtirok etib, 1-, 2- va 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritadigan foydalanuvchilarni pul mukofotlari bilan taqdirlamoqchimiz. Yana faol qatnashgan foydalanuvchilarga sertifikatlar, hakamlarga T-shirts beriladi. Shu sababdan, ushbu loyiha haqida fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrab qolaman.

Quyidagi loyihani qoʻllashingiz yoki, aksincha, qoʻllamasligingizni keltirib oʻtishingizni iltimos qilib qolardim. :) Malikxan munozara 16:19, 14-Mart 2021 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

  • Yoʻq.

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

  • Yoʻq.

Natija[manbasini tahrirlash]

 Bajarildi. Ovoz berganlarga rahmat! Metada ariza yozdik. Nataev munozara 03:57, 16-Mart 2021 (UTC)[javob berish]

Baholanmaydigan maqolalar[manbasini tahrirlash]

Hakamlar @ITPRO.UZ: va @Malikxan:, men tomonimdan Fountainga qoʻshilayatgan maqolalar baholash uchun emas. Loyiha oxirida ularni baholamasliklaringizni soʻrayman. — Kagansky (munozara) 15:32, 13-Aprel 2021 (UTC)[javob berish]

 Bajariladi. Hakamlar tomonidan qoʻshilgan maqolalar baholanmaydi. Malikxan munozara 13:53, 18-Aprel 2021 (UTC)[javob berish]