Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Viki filmni sevadi 2026

Vikipediya, erkin ensiklopediya
ASOSIY QOIDALAR ISHTIROK ETISH MAQOLALAR NATIJA

„Viki filmni sevadi“ oylik loyihasiga xush kelibsiz!

Viki filmni sevadi — bu kinematografiya, kino olami hamda turli sohalarda faoliyat yuritadigan kinoijodkorlarga bag‘ishlangan Markaziy Yevropa tanlovi. Loyihaning maqsadi filmlar, kino madaniyati, tarixi va amaliyotiga oid mavjud maqolalarni boyitish hamda yangilash, yangi maqolalar yaratish, shuningdek, mavzuga doir foto va videomateriallarni yuklashdan iborat. Ilk bor 2024-yilda Chexiyada boshlangan ushbu tashabbus bugungi kunda Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasi bo‘ylab, jumladan, Polsha, Slovakiya, Xorvatiya, Ruminiya, Shimoliy Makedoniya va Armaniston kabi mamlakatlarni qamrab olgan. Tanlovning 2026-yilgi mavsumi 1-iyuldan 30-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi. Oʻzbekcha Vikipediyada esa 1-avgust sanasidan 30-sentyabr sanasiga qadar davom etadi. Tanlovda Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan har qanday ishtirokchi qatnashishi mumkin. Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan maxsus vaucherlar bilan taqdirlanadi.

Tashkilotchilar

[manbasini tahrirlash]

Mahalliy hakamlar

[manbasini tahrirlash]
  1. Miss Kamola
  2. Panpanchik
  • Ishtirokchilar vaucher tizimi orqali pul ko‘rinishida bo‘lmagan (moddiy) mukofotlar bilan taqdirlanadilar. Bunda dastlabki 3 nafar foydalanuvchi tanlanadi.
  • Har bir mamlakat mahalliy hamkorlari bilan kelishilgan holda yoki ichki mezonlarga asoslanib maxsus mukofot taklif qilishi mumkin.
  • Maxsus hakamlar hayʼati WikiRank vositasi yordamida eng yaxshi 5 ta global sahifani taqdirlaydi (bunda faqat yangi yaratilgan maqolalar hisobga olinadi).
  • Mahalliy darajada fotosuratlar tanlovlari tashkil etilishi va shunga muvofiq taqdirlanishi mumkin.
  • Mahalliy tashkilotchilar o‘z qoidalariga binoan, saralangan maqolalar uchun milliy miqyosdagi maxsus tanlov yoki mukofotlarni joriy etish huquqiga egadir.

Yana qarang

[manbasini tahrirlash]

Loyiha haqida toʻliqroq maʼlumot olish uchun Viki Filmni Sevadi xalqaro loyihasining meta sahifasi bilan tanishib chiqing.