Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Viki Ramazonni sevadi 2026

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Viki Ramazonni sevadi — Ramazon oyi davomida amal qilinadigan xilma-xil urf-odat va an’analarni hujjatlashtirish hamda ommalashtirishga qaratilgan global tanlov. Tanlovdan koʻzlangan maqsad — boy madaniy amaliyotlar, islomiy meros va muhim islomiy arboblar tarjimai hollarini yoritishdir. Hissalar Vikipediya, Vikiombor, Vikiiqtibos, Vikikitob va Vikigid kabi platformalarda 26 dan ortiq tillarda joylashtiriladi. Onlayn tadbirlar va oʻquv mashgʻulotlari orqali WLR 2026 turli hamjamiyatlarni jalb etish, bilim almashish va madaniy merosga hurmatni rivojlantirishni maqsad qiladi.

Tanlov 2026-yil 16-fevraldan 28-martgacha davom etadi. Asosiy maqsad Wikimedia loyihalarida Ramazon anʼanalari hamda islomiy merosga oid maqolalar sonini koʻpaytirish va ularni boyitishdan iborat.

Yaratilgan maqolalarni quyidagi Maqola qoʻshish tugmasi yordamida roʻyxatga qoʻshishingiz mumkin.

Qoidalar

  • Tanlovda roʻyxatdan oʻtgan barcha ishtirokchilar qatnasha oladi (roʻyxatdan oʻtish vaqti muhim emas).
  • Quyidagi mezonlarga javob beradigan maqolalar tanlovda koʻrib chiqiladi:
    • Maqola siz tomoningizdan 2026-yilning 16-fevraldan 28-martga qadar (Toshkent vaqti bilan) oʻzbek tilida yozilgan yoki sezilarli darajada toʻldirilgan boʻlishi kerak.
    • Maqolaning mavzusi quyida keltirilgan roʻyxatdan olinishi tavsiya etiladi.
    • Yangi maqola hajmi kamida 3 500 bayt boʻlishi kerak.
    • Maqola mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi, maqolada nufuzli manbalar boʻlishi kerak.
    • Maqola mashina tarjimasidan iborat boʻlmasligi kerak.
    • Maqolada kamchiliklardan darak beruvchi andozalar (masalan, {{Mustad}}, {{Betaraflik}}, {{Manbasiz}} va boshqalar) boʻlmasligi kerak.

Eslatma

  • Yangi maqola yaratish oʻrniga, mavjud maqolalardan biriga maʼlumot va manbalar qoʻshib, ularni yaxshi holatga keltirish orqali ham tanlovda ishtirok etish mumkin. Ammo matndagi xatolarni tahrirlash, bilgiquti va andozalarni qoʻshish kabi hissa bilan kifoyalangan holatlarga ball berilmaydi. Sanab oʻtilgan hissalar bilan bir qatorda, 300 tadan ortiq soʻz qoʻshilgan maqolalargina baholanadi. Yaxshilangan maqolalar quyida alohida jadval qoʻshib boriladi.

Baholash tartibi

  • Hakamlar tomonidan faqatgina Fountain kiritilgan maqolalar baholanadi.
  • Qabul qilingan har bir maqola 1 ball, rad etilgan maqola uchun esa 0 ball beriladi.
  • Chala va mashina tarjimasidan iborat maqolalar koʻrib chiqilmaydi.

Ishtirokchilar

[manbasini tahrirlash]

Yaratilgan maqolani fountainga, yaxshilangan maqolani esa quyidagi jadvalga kiritishingiz zarur (tanlov ishtirokchilari buni mustaqil ravishda bajaradilar). Tanlovda faqat jadvalga kiritilgan maqolalar koʻrib chiqiladi. Maqolalarni baholashda xatolikka yoʻl qoʻyilmasligi uchun tugallanmagan maqolalarni jadvalga kiritmang. Yaratgan maqolangizning munozara sahifasida esa {{Viki Ramazon 2026}} andozasini qoʻshishni unutmang.

Ishtirokchi Maqola Maqola soni Ball
[[Foydalanuvchi:]]
[[Foydalanuvchi:]]
[[Foydalanuvchi:]]

Tavsiya etilgan maqolalar roʻyxati

[manbasini tahrirlash]

Tashkilotchilar

[manbasini tahrirlash]

Ishtirokchilar

[manbasini tahrirlash]
  1. Ibrohimjon 05:22, 2026-yil 16-fevral (UTC)[javob berish]
  2. Ahror Akramovich (munozara) 06:53, 2026-yil 16-fevral (UTC)[javob berish]
  3. PanPanChik #yozish 10:09, 2026-yil 16-fevral (UTC)[javob berish]
  4. AnvarxonM (munozara) 11:21, 2026-yil 16-fevral (UTC)[javob berish]
  5. Asliddin Almardonov (munozara) 12:35, 2026-yil 17-fevral (UTC)[javob berish]
  6. MrKrasav4ik (munozara) 17:33, 2026-yil 24-fevral (UTC)[javob berish]
  7. Omonovas (munozara) 18:22, 2026-yil 24-fevral (UTC)[javob berish]
  8. Abdulatif Botirsherov (munozara) 05:46, 2026-yil 25-fevral (UTC)[javob berish]
  9. Mupapap (munozara) 17:50, 2026-yil 25-fevral (UTC)[javob berish]
  10. Odiljonova Mubina(munozara) 10:27, 2026-yil 26-fevral (UTC)[javob berish]
  11. ZOKIDIN (munozara) 18:16, 2026-yil 26-fevral (UTC)[javob berish]
  12. Mirishkorlik (munozara) 16:10, 2026-yil 3-mart (UTC)[javob berish]
  13. Sitora Oblakulova (munozara) 09:46, 2026-yil 4-mart (UTC)[javob berish]
  14. Asliddin 22:38, 2026-yil 4-mart (UTC)[javob berish]
  15. Quwanishbaev Berdiyar (munozara) 10:43, 2026-yil 9-mart (UTC)[javob berish]

Foydali havolalar

[manbasini tahrirlash]