Vikipediya:Ustozlik
Ustozlik – tajribali foydalanuvchi, yaʼni ustoz boshqa foydalanuvchiga, yaʼni shogirdga yordam beradigan kelishuv. Ustoz-shogird qanday kelishishiga qarab, tajribali foydalanuvchi yangi foydalanuvchiga yanada samarali tahrirlash boʻyicha maslahat berishi va shogirdga nizolarni hal qilishda yordam berishi mumkin. Ustozlik qilishdan maqsad shogird foydalanuvchi Vikipediyani yuritish shartlari va uning qoida-koʻrsatmalariga moslashishga yordam berishdir.
Agar munosabat samarasiz boʻlsa, ustoz hamkorlikni toʻxtatishi va (favqulodda holatlarda) nizoni hal qilish choralari yoki sobiq shogirdga nisbatan boshqa jarayonlarni taklif qilishi mumkin. Shunday boʻlsa-da, shogirdlar ham munosabat yuzasidan eʼtiroz bildirishlari mumkin.
Ustozlik nizolarni hal qilish bilan ham bogʻliq boʻlsa, ustoz shogird bilan nizolarni hal qilish strategiyalarini ishlab chiqishi mumkin; bunday holatlarda boshqa vikipediyachilar potensial yechimlarni ishlab chiqish yoʻlida ustoz bilan maslahatlashsa, toʻgʻri boʻladi. Nizolarni hal qilish jarayoni natijasida ustoz-shogird munosabati yuzaga kelsa, ustoz muayyan muddatga shogirdi ustidan rasmiy nazorat vakolatlarini olishi mumkin. Ammo oʻzaro hurmat asosida tuzilgan ustoz-shogird munosabati eng samaralidir.