Vikipediya:WikiTaʼlim/Oʻquvchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vikipediya Taʼlim dasturida ishtirok etish[manbasini tahrirlash]

  1. Vikipediyada hisob yarating: Vikipediyada allaqachon hisobingiz boʻlmasa, Hisob yaratish Qiziqarli foydalanuvchi nomini tanlashga harakat qiling — hech boʻlmaganda, esingizda qoladigan boʻlsin. Roʻyxatdan oʻtayotib, elektron pochta manzilingizni koʻrsatishni tavsiya qilamiz. Elektron pochtangiz hech qachon boshqalarga koʻrsatilmaydi, ammo parolingizni unutsangiz, tiklash imkonini beradi. Qolaversa, ayrim foydalanuvchilar boshqa foydalanuvchilar bilan elektron pochta orqali muloqot qilishni afzal koʻradi.
  2. Vikipediya bilan tanishing: Yangi maqola yaratmoqchi yoki mavjud maqolalarni takomillashtirishga bel boʻlganingizdan qatʼi nazar, siz anʼanaviy uy vazifalarini bajarishda oʻrganlaringizni, masalan, yozish va tadqiqot oʻtkazish boʻyicha bilganlaringizni ishga solasiz. Viki-topshiriqlarni bajarishning farqi shundaki, siz yangi auditoriya uchun yozyapsiz! Xususan, Vikipediyada maqolalar o‘ziga xos ensiklopedik va betaraf ohangda yozilishi kerak. Shuningdek, siz vazifani yangi platformada bajaryapsiz. Boshida tahrirlash asoslarini oʻrganish qiyin boʻlib tuyulishi mumkin, ammo buni tezda oʻzlashtirib olishingizga ishonchimiz komil!
  3. Kurs sahifasiga qoʻshiling: Oʻqituvchingiz sizga Outreachdashboard saytida yaratilgan kurs sahifasiga eltuvchi linkni yuborgan boʻlishi kerak. Link yordamida kursga yoziling.
  4. Resurslardan foydalaning: Oʻquvchilar uchun toʻplangan resurslardan foydalaning.

Yordam kerak boʻlsa[manbasini tahrirlash]

  • Umumiy yordam: Agar sizda har qanday savol tugʻilsa, Taʼlim dasturi eʼlonlar taxtasida savol bering va boshqa koʻngillilar sizga javob beradi. Shuningdek, savollaringizni oʻzbekcha Vikipediyaning Telegram guruhida ham soʻrashingiz mumkin.
  • FAQ: Agar siz Vikipediya Taʼlim dasturi haqida umumiy maʼlumot izlayotgan boʻlsangiz yoki siz taklif qilayotgan topshiriq Vikipediyaga mos kelishi haqida bilib olmoqchi boʻlsangiz, tez-tez soʻraladigan savollar sahifasi bilan tanishib chiqing.

Topshiriqni bajarish[manbasini tahrirlash]

Berilgan vazifani oʻz vaqtida bajaring! Tabiiyki, sizga berilgan topshiriq uni tayinlagan oʻqituvchi, kurs mavzusi hamda sinfingizga bogʻliq boʻladi.