Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiTaʼlim/Oʻqituvchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Vikipediya Taʼlim dasturida ishtirok etish[manbasini tahrirlash]

  1. Vikipediya bilan tanishing: Vikipediya va unga qardosh loyihalarni tahrir qilish boʻyicha oʻzbek tilida videoqoʻllanma mavjud. Shuningdek, maqola ustaxonasida Vikipediyada maqola yaratish qadamma-qadam tushuntirib berilgan.
  2. Dastur sahifasini yarating: Outreachdashboard saytida kurs sahifasini yarating.
  3. Talabalarni dastur sahifasida roʻyxatdan oʻtishga chorlang: Dars sahifasi yaratilganidan keyin, unga boʻlgan linkni talabalar bilan ulashing. Talabalar har bir yaratilgan maqolani dastur sahifasiga kiritib borishi kerak.
  4. Resurslardan foydalaning: Oʻqituvchilar uchun toʻplangan resurslardan foydalaning.

Yordam kerak boʻlsa[manbasini tahrirlash]

  • Umumiy yordam: Agar sizda har qanday savol tugʻilsa, Taʼlim dasturi eʼlonlar taxtasida savol bering va boshqa koʻngillilar sizga javob beradi. Shuningdek, savollaringizni oʻzbekcha Vikipediyaning Telegram guruhida ham soʻrashingiz mumkin.
  • FAQ: Agar siz Vikipediya Taʼlim dasturi haqida umumiy maʼlumot izlayotgan boʻlsangiz yoki siz taklif qilayotgan topshiriq Vikipediyaga mos kelishi haqida bilib olmoqchi boʻlsangiz, tez-tez soʻraladigan savollar sahifasi bilan tanishib chiqing.

Topshiriq tayyorlash[manbasini tahrirlash]

Oʻquvchilar uchun topshiriq ham ularga yangi maʼlumot olishga koʻmaklashishi, ham Vikipediyaga ijobiy hissa qoʻshishi kerak. Markaziy Osiyo mamlakatlarda hali biror taʼlim muassasasida viki topshiriqlar rasman qoʻllanilgani yoʻq. Shuning uchun oʻzbek tilida material deyarli yoʻq. Shunday boʻlsa-da, ingliz tilida juda koʻp material mavjud.