Vikipediya:Qortoʻpi bandi
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
„Qortoʻpi bandi“ tahrirchilarni sogʻlom fikr yuritishga va qoʻpol byurokratik xatti-harakatlardan qochishga chorlash usullaridan biridir. Qortoʻpi bandida shunday deyilgan:
“ | Agar muayyan protsedurada masalaning tirik qolish imkoniyati qortoʻpining jahannamga tushishi ehtimoli bilan teng boʻlsa, unda buni rad etish uchun butun protseduradan oʻtishga zarurat yoʻqdir. | ” |
Qortoʻpi bandi tahrirchilar allaqachon qaror qilingan narsalar toʻgʻrisida uzoq, aqlga sigʻmaydigan byurokratik munozaralarga aralashib qolishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun moʻljallangan. Masalan, agar maqola notoʻgʻri sabab bilan tezda oʻchirilgan boʻlsa (sababi tezda oʻchirish mezonlariga kiritilmagan boʻlsa), biroq maqolani normal oʻchirish jarayonida saqlab qolish imkoniyati yoʻq boʻlsa, maqolani qayta tiklash maʼnosiz boʻladi.