Vikipediya:OAV uchun/100K

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekcha English
Oʻzbekcha Vikipediya maqolalari soni 100 mingdan oshdi

Oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar soni 2013-yil 20-martida yuz mingtadan oshdi. Yuz minginchi boʻlib Foydalanuvchi:MrErgashev boshlagan Ishchi kuchi maqolasi yozildi.

Oʻzbekcha Vikipediya ayni paytda 131353 ta maqola bilan jami Vikipediyalar orasida 44-chi, turkiy Vikipediyalar orasida esa 3-oʻrinda turadi.

Soʻnggi bir yil ichida Vikipediyaning oʻzbekcha boʻlimi Oʻzbekiston hududida nomaʼlum sabablarga binoan toʻsilganiga qaramay jadallik bilan rivojlana boshladi. 2013-yildan tashriflar soni ham ortib, bu koʻrsatkichning yillik oʻsishi borasida oʻzbekcha Vikipediya birinchi oʻringa chiqdi.[1]

Vikipediya haqida qisqacha[tahrir]

Vikipediya (ingl. Wikipedia) 2001-yili NuPedia loyihasi asosida tashkil etilgan boʻlib, oʻz oldiga butunjahon ochiq universal ensiklopediya yaratishni maqsad qilib qoʻygan.

Vikipediya — noyob loyiha. Unda dunyoning turli burchaklarida yashaydigan koʻngillilar tomonidan yuzlab tillarda qomus yoziladi. Vikipediya hamma uchun ochiq, uni har qanaqa oʻquvchi kirib tahrirlay oladi. Shu bilan birga Vikipediya mexanizmi unga ochiq-oydin safsata kiritishning oldini oladi: maqolani tuzatish bitta tugmani bosish bilan amalga oshirilishi har qanday vandalning hafsalasini pir qiladi.

Vikipediya el uchun ochiq, uning materiallarini har kim bepul ishlatish huquqiga ega (GNU FDL litsenziyasiga amal qilish sharti bilan).

Ilovalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]