Vikipediya:Maʼlumotlar bazasini yuklash
Maʼlumotlar bazasini yuklash Vikipediyani xohlagan foydalanuvchilarga shaxsiy foydalanish uchun zaxira nusxasi va Vikipediyadan offlayn foydalanish uchun barcha Vikipediya sahifalarining erkin va bepul nusxalarini taqdim etadi. Barcha sahifalar bir nechta litsenziyalar ostida: Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 va GNU Free Documentation License. Tasvirlar va boshqa fayllar turli xil shartnomalar asosida foydalanilishi mumkin. Boshqa tafsilotlarni tegishli sahifaning tavsifida topishingiz mumkin. Yuqorida keltirilgan litsenziyalar bilan bogʻliq turli xil takliflar uchun VP:Mualliflik huquqlari sahifasiga qarang.