Vikipediya:Forum (barchasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sahifa keshini tozalash uchun bu yerni bosing!

Forum boʻlimlari


Qoidalar
mavzu qoʻshish, kuzatish, qidirish
Mavjud va taklif etilajak qoidalar muhokamalari


Texnik savollar
mavzu qoʻshish, kuzatish, qidirish
Vikipediyaga oid texnik savollar muhokamalari


Takliflar
mavzu qoʻshish, kuzatish, qidirish
Qoidalarga oid boʻlmagan takliflar muhokamalari


Yangiliklar
mavzu qoʻshish, kuzatish, qidirish
Vikimedia loyihalariga oid yangiliklar va eʼlonlar


Yordam
mavzu qoʻshish, kuzatish, qidirish
Yangi foydalanuvchilar tomonidan berilgan savollar

Forum boʻlimlarining barchasini bir sahifada kuzatish


Qoidalar

Qoidalarga oʻzgartirish kiritish

Oʻzbekcha vikipediya rivojlanib borgani sayin yangi qoidalar qabul qilishga ham ehtiyoj sezilmoqda. Jumladan, statuslar olish masalasida ham yangi qoida kiritish kerak deb oʼylayman. Yaʼni, Administratorlikka nomzod boʻlib, qoniqarsiz natijaga erishgan va adminlikdan mahrum boʻlgan foydalanuvchilar istalgan statusni olishi uchun 1 yildan keyin, administratorlik statusini olish uchun esa 2 yildan keyin qayta nomzod koʻrsatishi kerakligi haqidagi qoidani mustahkamlab qoʻysak. Shuningdek, administratorlikka nomzod boʻlish uchun mezonlarni ham qayta koʻrib chiqish kerak deb oʻylayman. Fikrlaringizni quyida Fikrlar boʻlimida bildirishingiz mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:11, 16-May 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar

Avval boshqa vikilar tajribasi bilan tanishib chiqish kerak. Keyin muhokama qilsak arziydi. Nataev munozara 08:23, 16-May 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum, Nataev. Shu kabi qoida ruscha vikipediyada mavjud ekan va ularda muddat 3 oy bilan chegaralangan. Oʻzbekcha Vikipediyada muddatlarni biroz qatʼiylashtirib, Jamshid Nurqul aytganlaridek, 6 oy qilib belgilasal maʼqul boʻlar deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:47, 23-May 2023 (UTC)[javob berish]
Administratorlikdan boshqa istalgan statusni olish muddatini bir yil emas, 6 oy qilsak menimcha maqsadga muvofiq boʻladi. Jamshid Nurqul (munozara) 15:21, 16-May 2023 (UTC)[javob berish]
Fikrimcha istalgan status uchun 1 yil va administratorlik uchun 2 yil juda katta muddat. Muddatlarni 1-yildan 6 oyga va 2 yildan 18 yoki 15 oyga qisqartirsak yaxshi boʻlardi. Muxriddin Azimov (munozara) 18:28, 23-May 2023 (UTC)[javob berish]
Administratorlik uchun 2 yil juda katta muddat. Muxriddin Azimov'ning fikrlariga qoʻshilaman. Salazarov (suhbat) 09:58, 24-May 2023 (UTC)[javob berish]
Adminlikka nomzodini qoʻyishga 1 yil va boshqa kichik statuslariga oʻz nomzodini qoʻyish uchun 6-oy muddat yetarli boʻladi. Agar sobiq admin mana shu sinov muddatida qoidalarni buzib oʻzboshimchalikka yoʻl qoʻysa saylov vaqtida fikrlar bildiriladi va qayta saylanmaydi. MirzoUlug'Bek 14:10, 28-May 2023 (UTC)[javob berish]
Bu fikrni ham dastlaklayman! Salazarov (suhbat) 14:18, 28-May 2023 (UTC)[javob berish]
Modomiki, masala suiisteʼmol qilingan ishonch borasida borar ekan, ayni status uchun 2 yil kam muddat emas. Ammo qolgan statuslar uchun 6 oy yetarli, menimcha. Kamol Azzam (munozara) 16:39, 2-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Ruscha Vikipediyadagi kabi 3 oy etib belgilanishi tarafdoriman. Umarjon Rahimov (munozara) 20:31, 3-Iyun 2023 (UTC).[javob berish]

Rozilar

Qarshilar

Betaraflar

Xulosa

Hammaga salom! Ushbu munozarada imlo va grammatika boʻyicha qoidalarimizga oʻzgartirish masalasini koʻtarmoqchiman. Hozirda koʻplab nashrlar, xususan, Kun.uz, Prezident.uz, va baʼzi adabiyotlarda belgilaridan foydalanishmayapti. Shu boisdan ushbu belgilarni belgilariga almashtirishni taklif etaman. Iltimos, quyida oʻz fikr va takliflaringiz bilan oʻrtoqlashsangiz! Salazarov 10:08, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar

Bosma nashrlarda shunchaki "..." emas, koʻproq “...” yozilar ekan. Ikkinchisini ishlatsak, ish koʻpayadi. Shunchaki "..." yozaversak boʻladi, menimcha. Yoki vikifikator "..." ni “...” ga oladigan qilamizmi? Nataev munozara 10:12, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Yaxshi taklif. Boshqalardan ham fikrlarni kutib qolamiz. Salazarov 10:15, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
FYI: https://oriftolib.uz/3601 Nataev munozara 10:40, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Vikifikator bosganda, " ", « » va „ “ larni “ ” ga oʻzgartiradigan qilish kerak, menimcha.

„ → “

“ → ”

„soʻz“ → “soʻz”. Muzaffar Murodovichmunozara 11:39, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Yangi "Oʻzbek tilining izohli lugʻati"da ham "..." ishlatilgan. Qachondir biz ham shu variantga oʻtishga majbur boʻlamiz. Ammo yana biron yil kutishni taklif qilgan boʻlardim. Sababi alifbo isloh qilinishi mumkin bu orada. Yochi hech boʻlmasa oʻzgarmasligi uzil-kesil hal qilinsa, yaxshi boʻlardi. Nataev munozara 22:14, 2-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar

Qarshilar

Betaraflar

Xulosa

Tirik insonlar biografiyalari

Inglizcha vikipediyaning en:WP:BIO siyosati avvalroq rasmiyatchi administratorimiz Nataev tomonidan oʻzbekcha vikipediyaga VP:TIB tarzida joriy etilgan edi. Uzoq davom etgan jarayonlardan soʻng, hozirda mazkur qoida toʻliqligicha oʻzbek tiliga oʻgirildi. Sahifaning qoralama variantini oʻqib, gʻalizliklar boʻlsa tuzatib, yoki fikrlaringizni aytib, tarjimani yanada takomillashtirishga baholi qudrat hissa qoʻshishingizni soʻrab qolaman. Mazkur munozara jarayoni yakunlangach, adminlar hamda rasmiyatchilardan qoidani amalga kiritishda amaliy yordamlarini ayamasliklarini soʻrayman. Rahmat. Laziz Baxtiyorov (munozara) 03:36, 17-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Baraka toping, juda katta ish qilgansiz. Boshqa foydalanuvchilardan fikr-mulohaza yoki taklif kelib tushmasa, xulosa chiqarsak ham boʻladi. Nataev munozara 22:11, 2-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

Texnik savollar

Takliflar

Statusli maqola talablariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

Oxirgi paytlarda statusga nomzod maqolalar muhokamasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Masalan, 2023-yil 24-iyun 10:58da Saparmurot Niyozov maqolasi foydalanuvchi tomonidan yaxshi maqolaga nomzod qilinadi. Oʻtgan 14 kun davomida 3ta rozi va 2ta qarshi ovoz beriladi. Administratorlar tomonidan maqoladagi kamchiliklarni tuzatish yuzasidan fikrlar bildiriladi: [1], [2]. Muallif berilgan takliflar yuzasidan maqolaga tuzatishlar kiritib talablarga mos holga keltiradi. Shu kuniyoq, muddatni uzaytirish taklifiga qaramay, munozara „Maqola oʻtgan muddat davomida yetarli darajada ovoz toʻplay olmadi. Aytib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgach, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin“ degan iddao bilan yopib qoʻyiladi. Yana bir holatda, aynan yuqoridagi foydalanuvchi bergan yana bir nomzodga 14 kun davomida birorta ovoz berilmaydi va munozara sahifasi aynan shu administrator tomonidan „yetarlicha ovoz toʻplay olmagani uchun“ yopib qoʻyiladi. Nomzod bergan foydalanuvchi esa, Yaxshi maqola talablariga „Maqola 14 kun muddatga nomzodlikka qoʻyiladi. Agar shu muddat davomida ovoz berilmasa, bu muddat yana uzaytirilishi kerak“ punktini boshqalar bilan maslahat qilmay, yozib qoʻyadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytib oʻtilgan 14 kunlik qatʼiy belgilangan muddat qoidasidan voz kechish va „Maqola 14 kun muddatga nomzodlikka qoʻyiladi. Agar shu muddat davomida yagona kelishuvga erishilmasa, bu muddat yana uzaytirilishi kerak. Shuningdek, agar nomzod maqola oʻquvchida yorqin taassurot qoldira oladigan va ushbu statusga toʻlaqonli mosligi tufayli koʻpchilikning rozilgini olgan boʻlsa, 14 kundan avvalroq muddatda administrator yoki xulosa chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanishi mumkin“ punktini kiritishni taklif qilaman. Undan tashqari, har qanday xulosaga eʼtiroz bildirish uchun „Xulosalarga eʼtiroz bildirish“ sahifasi ham yaratildi. Unda administrator yoki xulosa chiqaruvchi tomonidan berilgan xulosa muhokama qilinishi mumkin. Shu takliflarni tanlangan roʻyxat, tanlangan maqola, yaxshi maqola va xushsifat maqola talablariga kiritishni ham taklif qilaman. Umarjon Rahimov (munozara) 10:43, 22-Iyul 2023 (UTC).[javob berish]

 Bajarilmadi. Hech qanday munosabat bildirilmadi. Nataev munozara 17:38, 14-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]


AT uskunasini yopish va AT uskunasida yaratilgan axlat maqolalarni yoppasiga oʻchirish

Assalamu aleykum! Hurmatli oʻzbekcha vikipediyaning administratorlari va faol ishtirokchilari. Oʻzbekcha vikipediyadagi maqolalarni sifatini yaxshilash va teranligimizni muvozanatga keltirish uchun avtomat tarjima uskunasini oʻchirishni, avval yaratilgan va hozirda yangi foydalanuvchilar tomonidan tuzatib boʻlmas darajada yaratilayotgan maqolalarni oʻchirishni taklif qilaman. Agar bu uskunani oʻchirmasak oʻzbekcha vikipediyada sifatsiz va tushunarsiz axlat maqolar koʻpayib boraveradi. Bu esa bizni kuzatayotgan ziyoli qatlamni ham tanqidiga sabab boʻlishi mumkin. Hurmatli vikipediyani adminlari mana shu taklifimga oʻz fikringizni bildirishingizni va tez orada xulosa chiqarishingizni soʻrayman. Eʼtiboringiz uchun tashakkur!   Mirzoulugʻbek |@  19:17, 8-Sentabr 2023 (UTC)

Fikrlar

2023-yil 30-oktyabr holatiga koʻra ushbu taklifga 9 kishi rozi, 1 kishi betaraf ekanini bildirgan. Hozircha ovoz berishda ishtirok etmagan rasmiyatchilar – Abdulla va Malikxan ovozlar, munozaralar natijasiga koʻra xulosa chiqarishda ishtirok etsangiz yaxshi boʻlar edi. Jamshid Nurqul (munozara) 21:05, 30-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qoʻshilaman. 13-dekabr holatiga koʻra qoʻllab ovoz berganlar soni 11 taga yetdi, rasman qarshilar esa umuman yoʻq. Men toʻliq qarshi emasman, shuning uchun quyida „betaraflar“ boʻlimi ostida „Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq“, deb yozgandim. Lekin muhokama foydali boʻldi. Hech boʻlmasa „WikiStipendiya“ tugagunicha asbobni oʻchirib qoʻyish oʻrinli boʻladi, menimcha. Nataev munozara 15:19, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Faqat tajribali foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanish huquqini berishni taklif etaman. Masalan, kamida 1 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki kamida 500 ta tahrir qilgan foydalanuvchilarga.
Malikxan munozara 21:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Agar kimgadir ruxsat berish kerak boʻlsa kamida 6 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki 3000 dan ortiq tahrir qilgan, tahrirlarining kamida 30 foizi foydali/qaytarilmagan/oʻchirilmagan yoki yangi maqola yaratish bilan bogʻliq boʻlgan foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanishga ruxsat berish kerak deb oʻylayman. Chunki Vikipediyada foydali tahrir qilmasdan, bitta nuqtani oʻchirib, qayta qoʻyib ham tahrir sonini oshiradiganlar topiladida. VikiOromgohlar vositasida tahriri soni 5 000 dan oshgan lekin Vikipediyada avtomat tarjimasiz maqola yarata olmaydigan va vizual tahrirchisiz (manba kodini tahrirlash orqali) ishlay olmaydigan, sovrinli tanlov boʻlmasa Vikipediyani eslamaydiganlar armiyasini tarbiyalab qoʻydik. Ularga albatta AT uskunasi yordamida tezda maqola yaratib qaysidir saralashda yoki tanlovda qatnashish qulay, shularning yoʻlini biroz toʻssak maqsadga muvofiq boʻlardi. Agar ATchilar Google yo Yandex translatega oʻtib ketishsa, ularni ham bemalol topib ogohlantira olamiz deb oʻylayman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:29, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjima uskunasidan chop etish huquqi berilgan. Uzwikida faqat patrullovchi, eski holiga qaytaruvchi, xulosa chiqaruvchi, administrator va rasmiyatchilarda ushbu gadjet qoldirilishi tarafdoriman. Umarxon III (munozara) 16:27, 18-Yanvar 2024 (UTC).[javob berish]

Rozilar

  1.  Roziman – Avtomat tarjima unsurlari mavjud maqolalarni yoppasiga oʻchirib yuborish va AT uskunasini oʻchirish juda ajoyib taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 19:22, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman – Alpasli (munozara) 19:35, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  3.  Roziman – Humoyun Qodirov (munozara) 19:41, 8-Sentabr 2023 (UTC).
  4.  Roziman. Muzaffar Murodovichmusohaba 19:59, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  5.  Roziman. – Kagansky munozara 20:20, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  6.  Roziman. – Oxirgi vaqtlarda aynan ushbu uskuna sabab koʻplab avtomat tarjimadan iborat maqolalar yaratilmoqda. Bu esa tabiiyki, UzWikida axlat maqolalar soni oshishiga ijobiy hissa boʻlmoqda. Ushbu uskunaning oʻchirilishi yangi foydalanuvchilar sifatli tarjima borasida fikrlarini oʻzgartirishlari uchun kuchli motivatsiya boʻla oladi deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:02, 12-Sentabr 2023 (UTC)
  7.  Roziman. – Ibrohimjon 11:40, 12-Sentabr 2023 (UTC)
  8.  Roziman. Kundan kunga turli hil loyihalar va yaxshi ishlanayotgan PR ortidan oʻzbekcha Vikipediyada tahrirchilar soni ortib borishi bilan bir qatorda, ularning katta qismi toʻrtta tugmani bosib maqola yaratayotganlardan iborat ekanligi achinarli holat, albatta. Shunday foydalanuvchilar va AT maqolalarni sonini kamaytirish maqsadida, albatta, oʻchirilishi kerak deb oʻylayman. ANJANIY!!#suhbat 21:22, 20-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  9.  Roziman – 100%. Hilola Jurakulova (munozara) 13:13, 21-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  10.  Roziman  – ITPRO.UZ (munozara) 14:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  11.  Roziman  – Yaxshi yozilgan bir-ikkita OʻzME maqolalari AT maqola boʻlib ketibdi - Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:09, 13-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]
    Oʻchirishdan oldin OʻzME maqolasi boʻlsa, oʻsha variantini tiklab qoʻysak yaxshi boʻladi - Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:12, 13-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]
  12.  Roziman – Biroq yuqorida aytilganiday, yaxshi yozilgan AT maqolalarni qayta tiklab chiqishimiz kerak boʻladi. Zarifboyev (munozara) 15:25, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  13.  Roziman – Programmer (munozara) 15:28, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  14.  RozimanAxadjon1 (munozara) 15:33, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  15.  RozimanMirishkorlik (munozara) 15:48, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  16.  RozimanMiss Kamola (munozara) 16:00, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar

Betaraflar

Bu yerda masalaning yana bir jihati bor: AT asbobini oʻchirib qoʻysak, shovvozlar matnni Google Tarjimonda tarjima qilib, soʻngra Vikipediyaga olib oʻtishlari mumkin. Bu yanada mushkul vaziyat keltirib chiqaradi, chunki yaratilgan maqolalar shunchaki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan emas, balki umuman rasmiylashtirilmagan boʻladi. Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq. Nataev munozara 21:52, 20-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]

AT uskunasini yopib qoʻysak Google Tarjimon yordamida mashina tarjimasini vikiga olib kiruvchilarni keskin ogohlantirish va chetlatishga maʼnan haqqimiz boʻladi, hozir foydalanuvchilarga AT imkoniyatini berib, mashina tarjimasini taqiqlashimiz biroz tushunarsiz tuyuladi yangi kelganlarga. AT uskunasining oʻchirilishi uzwiki teranligiga va maqolalar sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishiga ishonaman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:01, 20-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Tarjima asbobi aynan asbob. Undan toʻgʻri yoki notoʻgʻri foydalanish mumkin. Pichoq bilan qotillik sodir etish mumkin boʻlgani uchun uni oshxonadan yoʻq qilmaymiz-ku. „WikiStipendiya“ marafonining ilk mavsumida ragʻbatalantirilgan barcha foydalanuvchilar asbodan ozmi-koʻpmi foydanlangan. Demak, niyati xolis odam ushbu asbobdan toʻgʻri foydalansa boʻladi. Nataev munozara 16:58, 23-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. Boʻlmasa uskunani oʻchirishni noyabrdan keyin amalga oshirish kerak. Chunki bu paytga kelib, „WikiStipendiya“ marafoni oʻz nihoyasiga yetadi va oʻzbekcha Vikipediyada kimlar yana tahrirlashni davom ettirish yoki ettirmasligi maʼlum boʻladi. Sababi maʼlum bir oylik marafoni doirasida ancha faol boʻlgan foydalanuvchilarning koʻp qismi hozirda deyarli tahrir qilmay qoʻygan. Humoyun Qodirov (munozara) 17:48, 23-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Bu yerda pichoqni misol qilmagan boʻlardim, hozircha oshxonada pichoqning oʻrnini bosa oladigan boshqa asbob yoʻq ammo AT asbobisiz bemalol maqolalar yozish mumkin. Bu asbobni oʻchirish bilan koʻp narsa yoʻqotmaymiz. Jamshid Nurqul (munozara) 22:40, 23-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Pichoq bajaradigan ishlarni peeler, bolta, elektrik pichoq va hokazolar bosa oladi. Yuqorida Humoyun bildirgan fikr ham oʻrinli, chunki hozirgi maynavozchilik vaqtincha davom etadi. Nataev munozara 14:12, 29-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Dastlabki xulosa

Content Translation asbobini butunlay oʻchirib qoʻyishni koʻpchilik qoʻlladi, ammo hamma bir ovozdan emas. Asbobni butunlay oʻchirish radikal yechim va undan toʻgʻri foydalanayotganlar (oz boʻlsa-da) mavjud. Boshqa foydalanuvchilar koʻtargan bir necha mavzuni (xususan, VP:Forum#„Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ bandiga mos keladigan eski maqolalarni oʻchirish yuzasidan soʻrovnoma hamda VP:Administratorlar forumi#WeekieHogwarts oromgohi) hisobga olgan holda, kompromis yechimni taklif qilaman:

  1. Content Translation asbobini butunlay oʻchirmaymiz, ammo
  2. „WikiStipendiya“ marafonida boshlanganidan keyin, yaʼni 2022-yilning may oyidan bugunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida yaratilgan va asosan avtomat tarjimadan iborat maqolalarni muhokamasiz oʻchirish yoʻlini tutamiz. Ikkinchi band muhim, shuning uchun batafsil toʻxtalib oʻtsam. Tarjima maqola quyidagi mezonlarning ikki yoki undan oshigʻiga mos kelsa, tezda oʻchirish yoki oʻchirish jarayonlarini chetlab oʻtgan holda „Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ izohi bilan oʻchiramiz (va oʻchirayotganda ushbu muhokamaga link qoldiramiz). Mezonlar:
    1. maqola 2022-yilning may oyidan bugungacha boʻlgan muddat orasida yaratilgan boʻlsa
    2. maqolani yaratilgan izohda „… tilidan tarjima qilib yaratdi“ yozuvi boʻlsa
    3. maqola Pages with unreviewed translations va/yoki Vikipediya:Avtomat tarjimalar turkumida boʻlsa
    4. maqola mashina tarjimasi ekanini koʻrsatuvchi ikkidan oshiq holat boʻlsa (masalan, koʻp maʼnoli soʻzning notoʻgʻri maʼnosi qoʻllanilgan boʻlsa, gap mazmunsiz boʻlsa, oʻzbek tilida mavjud boʻlmagan atamalar ishlatilgan boʻlsa va h).

WikiStipendiya oʻz yakuniga yetganidan keyin ushbu vaqtincha chorani toʻxtatsak boʻladi. Marafondan oldin yaratilgan maqolalarni esa odatdagidek oʻchirish jarayoni orqali koʻrib chiqamiz. Nima deysizlar? Nataev munozara 16:21, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

  1.  Qoʻshilaman, birinchidan Mana shu turkumdagi maqolalarni ham ro'yxatga kiritishni, ikkinchidan Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjimadan foydalanish huquqi qoldirilgan edi. Bizda ham patrullovchi va undan yuqori statusni olgan foydalanuvchilarda ushbu gadjet qoldirilishi kerakligini takllif qilaman. Umarxon III (munozara) 16:43, 20-Yanvar 2024 (UTC).[javob berish]
Siz koʻrsatgan turkumni ham qoʻshib qoʻydim. Taklifingizga kelsak, menga maʼqul, ammo bu borada alohida muhokama oʻtkazish kerak boʻladi, menimcha. Nataev munozara 17:05, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Xulosa

Nofaol administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish

Oʻzbekcha Vikipediyada tahrir qilmay qoʻygan administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish siyosati hanuzgacha yoʻq va shuning uchun global qoidalarga amal qilib kelamiz. Oʻz qoidalarimizni ishlab chiqadigan vaqt keldi. Xususan, enwikida qabul qilingan qoidalar asosida quyidagi qoidani joriy qilishni taklif qilaman:

  • Bir yildan oshiq vaqt mobaynida umuman tahrir qilmagan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi;
  • Soʻnggi besh yil ichida 100 tadan oz tahrir qilgan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi.

Mezonlar

  • Administratorlar
    • 1-mezon: bir yil davomida hech qanday tahrir (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi) yoki administrator amaliyotini a bomalga oshirmagan boʻlsa
      • bir oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
      • bir necha kun oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
    • 2-mezon: 5 yil davomida 100 tadan oz tahrir qilgan boʻlsa (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi)
      • 3 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
      • 1 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
    • statusdan mahrum qilish protsessual jarayon ekanligi tushuntiriladi
  • Rasmiyatchilar
    • yuqoridagi siyosat rasmiyatchilarga ham tatbiq qilinadi
    • foydalanuvchiga huquqlari bekor qilingani haqida xabar beriladi.

Nima deysizlar? Nataev munozara 14:40, 29-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar

  1.  Roziman.   Mirzoulugʻbek |@  01:38, 3-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman — yaxshi taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 18:56, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. Malikxan munozara 22:02, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. Mirishkorlik (munozara) 02:55, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. — Kagansky munozara 17:51, 17-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman. — Ibrohimjon 18:37, 19-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar

Betaraflar

Izohlar

Yuqoridagi mezonlarning hammasiga „maqola nomfazosida“ soʻzlarini qoʻshishni taklif qilaman. Umarxon III (munozara) 02:55, 16-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]

Boshqa vikilarda qanday? Shartmikin? Nataev munozara 17:40, 17-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Xulosa

Tamom, kelishdik. Qoidalarga oʻzgartirish kiritildi. Nataev munozara 16:30, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Oʻzbekcha Vikipediyaning asosiy logosi

Hormanglar! Ayni damda qoʻllanilayotgan logomizda imloviy xato bor. Oʻzbek tilining qoidalari boʻyicha „ensiklopediya“ soʻzi kichik harf bilan yozilishi kerak. Qarang: https://lex.uz/docs/1625271#1626120. Xususan, „Вазирликлар ва идоралар, корхоналар ва ташкилотлар номи таркибидаги биринчи сўз бош ҳарф билан бошланади: Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti каби“. (Sovet davrida ishlab chiqilgan qoidalar rus tilidan olingan boʻlib, ruscha, qozoqcha va qirgʻizcha Vikipediyalardagi logolarda bu soʻz kichik harf bilan yozilgan).

Shuningdek, „ochiq“ emas, „erkin“ deb yozish taklif qilinadi. Shunda shiorimiz „Erkin ensiklopediya“ boʻladi. Quyida bu taklif boʻyicha ovoz berishingizni va fikr bildirishingizni soʻrayman. — Bu xabarni Nataev (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Rozilar

  1.  Roziman — Mirishkorlik (munozara) 15:26, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman — Axadjon1 (munozara) 15:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3. Ikkala taklifga ham  Roziman. Jamshid Nurqul (munozara) 15:38, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman — yaxshiki, Vikipediya bilan kurashib yurgan ayrim shaxslar koʻrmagan bu kabi kamchiliklarni) Alpasli (munozara) 15:41, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. Bosh sahifa mukammal boʻlishi kerak. Umarxon III (munozara) 15:54, 24-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]
  6.  Roziman — Ibrohimjon 16:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman — qoʻllab-quvvatlayman. Salazarov(gaplashuvuza?) 06:30, 8-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar

Betaraflar

Imzo qoʻyganda avtomatik paydo boʻluvchi sana formatini oʻzgartirish

Hammaga salom, baʼzi andozalardagi sana formatini oʻzgartirishimiz kerak, menimcha buni faqat interfeys administratorlari qila oladi, munozaralarda imzo qoʻyganda avtomatik paydo boʻladigan sananing formati hozirda „22-yanvar 2024“ (KK-oy YYYY) koʻrinishida, shuni „2024-yil 22-yanvar“ (YYYY-yil KK-oy) koʻrinishidagi formatga oʻtkazsak oʻzbekcha boʻlardi. Bu borada kim qanday fikrda?
Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 00:04, 23-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Fikrlar

  1. Oʻzbekchalashtirish siyosatimizga mos. Imkoni boʻlsa, men qarshi emasman. Salazarov 03:51, 23-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
  2. bu borada Vikipediya tashqarisida ham ayrim tanqidlarni eshitgandim. tuzatilsa maqbul boʻlardi deb oʻylayman. Alpasli (munozara) 07:55, 23-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
  3. Juda ajoyib ish boʻlardi. Anchayin tushunarli va oʻzbekcha. Mirishkorlik (munozara) 14:07, 27-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. Nataev munozara 17:29, 14-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. — Kagansky munozara 17:42, 14-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman. — Muxriddin Azimov (munozara) 18:47, 14-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  7.  Roziman. Ibrohimjon 02:51, 15-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]
  8.  Roziman.   Mirzoulugʻbek |@  22:00, 2-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Xulosa

Yangiliklar

The Signpost: 10 January 2024

News, reports and features from the English Wikipedia's newspaper

Vote on the Charter for the Universal Code of Conduct Coordinating Committee

You can find this message translated into additional languages on Meta-wiki. Please help translate to your language

Hello all,

I am reaching out to you today to announce that the voting period for the Universal Code of Conduct Coordinating Committee (U4C) Charter is now open. Community members may cast their vote and provide comments about the charter via SecurePoll now through 2 February 2024. Those of you who voiced your opinions during the development of the UCoC Enforcement Guidelines will find this process familiar.

The current version of the U4C Charter is on Meta-wiki with translations available.

Read the charter, go vote and share this note with others in your community. I can confidently say the U4C Building Committee looks forward to your participation.

On behalf of the UCoC Project team,

RamzyM (WMF) 18:08, 19-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

The Signpost: 31 January 2024

News, reports and features from the English Wikipedia's newspaper

Last days to vote on the Charter for the Universal Code of Conduct Coordinating Committee

You can find this message translated into additional languages on Meta-wiki. Please help translate to your language

Hello all,

I am reaching out to you today to remind you that the voting period for the Universal Code of Conduct Coordinating Committee (U4C) charter will close on 2 February 2024. Community members may cast their vote and provide comments about the charter via SecurePoll. Those of you who voiced your opinions during the development of the UCoC Enforcement Guidelines will find this process familiar.

The current version of the U4C charter is on Meta-wiki with translations available.

Read the charter, go vote and share this note with others in your community. I can confidently say the U4C Building Committee looks forward to your participation.

On behalf of the UCoC Project team,

RamzyM (WMF) 17:00, 31-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Request for global bot flag for CommonsDelinker

Hello!

This is a notification to let you know that a new request for the global bot flag for CommonsDelinker has been started.

Please note that the request will remain open for 14 days starting today. You can leave a comment or opinion on the relevant page!

Best regards --Superpes15 (talk)

Announcing the results of the UCoC Coordinating Committee Charter ratification vote

You can find this message translated into additional languages on Meta-wiki. Please help translate to your language

Dear all,

Thank you everyone for following the progress of the Universal Code of Conduct. I am writing to you today to announce the outcome of the ratification vote on the Universal Code of Conduct Coordinating Committee Charter. 1746 contributors voted in this ratification vote with 1249 voters supporting the Charter and 420 voters not. The ratification vote process allowed for voters to provide comments about the Charter.

A report of voting statistics and a summary of voter comments will be published on Meta-wiki in the coming weeks.

Please look forward to hearing about the next steps soon.

On behalf of the UCoC Project team,

RamzyM (WMF) 18:24, 12-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]

The Signpost: 13 February 2024

News, reports and features from the English Wikipedia's newspaper

The Signpost: 2 March 2024

News, reports and features from the English Wikipedia's newspaper

Robocontest javoblari

Robocontest saytidagi savollarga javobni

https://mking2009001.wixsite.com/robocontest-javoblar

sayti orqali olishingiz mumkin.. Maqsudbeksila1 (munozara) 09:17, 4-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

Report of the U4C Charter ratification and U4C Call for Candidates now available

You can find this message translated into additional languages on Meta-wiki. Please help translate to your language

Hello all,

I am writing to you today with two important pieces of information. First, the report of the comments from the Universal Code of Conduct Coordinating Committee (U4C) Charter ratification is now available. Secondly, the call for candidates for the U4C is open now through April 1, 2024.

The Universal Code of Conduct Coordinating Committee (U4C) is a global group dedicated to providing an equitable and consistent implementation of the UCoC. Community members are invited to submit their applications for the U4C. For more information and the responsibilities of the U4C, please review the U4C Charter.

Per the charter, there are 16 seats on the U4C: eight community-at-large seats and eight regional seats to ensure the U4C represents the diversity of the movement.

Read more and submit your application on Meta-wiki.

On behalf of the UCoC project team,

RamzyM (WMF) 16:25, 5-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

Wikimedia Foundation Board of Trustees 2024 Selection

You can find this message translated into additional languages on Meta-wiki.

Dear all,

This year, the term of 4 (four) Community- and Affiliate-selected Trustees on the Wikimedia Foundation Board of Trustees will come to an end [1]. The Board invites the whole movement to participate in this year’s selection process and vote to fill those seats.

The Elections Committee will oversee this process with support from Foundation staff [2]. The Board Governance Committee created a Board Selection Working Group from Trustees who cannot be candidates in the 2024 community- and affiliate-selected trustee selection process composed of Dariusz Jemielniak, Nataliia Tymkiv, Esra'a Al Shafei, Kathy Collins, and Shani Evenstein Sigalov [3]. The group is tasked with providing Board oversight for the 2024 trustee selection process, and for keeping the Board informed. More details on the roles of the Elections Committee, Board, and staff are here [4].

Here are the key planned dates:

  • May 2024: Call for candidates and call for questions
  • June 2024: Affiliates vote to shortlist 12 candidates (no shortlisting if 15 or less candidates apply) [5]
  • June-August 2024: Campaign period
  • End of August / beginning of September 2024: Two-week community voting period
  • October–November 2024: Background check of selected candidates
  • Board's Meeting in December 2024: New trustees seated

Learn more about the 2024 selection process - including the detailed timeline, the candidacy process, the campaign rules, and the voter eligibility criteria - on this Meta-wiki page, and make your plan.

Election Volunteers

Another way to be involved with the 2024 selection process is to be an Election Volunteer. Election Volunteers are a bridge between the Elections Committee and their respective community. They help ensure their community is represented and mobilize them to vote. Learn more about the program and how to join on this Meta-wiki page.

Best regards,

Dariusz Jemielniak (Governance Committee Chair, Board Selection Working Group)

[1] https://meta.wikimedia.org/wiki/Special:MyLanguage/Wikimedia_Foundation_elections/2021/Results#Elected

[2] https://foundation.wikimedia.org/wiki/Committee:Elections_Committee_Charter

[3] https://foundation.wikimedia.org/wiki/Minutes:2023-08-15#Governance_Committee

[4] https://meta.wikimedia.org/wiki/Wikimedia_Foundation_elections_committee/Roles

[5] Even though the ideal number is 12 candidates for 4 open seats, the shortlisting process will be triggered if there are more than 15 candidates because the 1-3 candidates that are removed might feel ostracized and it would be a lot of work for affiliates to carry out the shortlisting process to only eliminate 1-3 candidates from the candidate list.

MPossoupe_(WMF)19:57, 12-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

Global ban proposal for Slowking4

Hello. This is to notify the community that there is an ongoing global ban proposal for User:Slowking4 who has been active on this wiki. You are invited to participate at m:Requests for comment/Global ban for Slowking4 (2). Thank you. Seawolf35 (munozara) 04:49, 15-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

The Signpost: 29 March 2024

News, reports and features from the English Wikipedia's newspaper

Yordam

Charos / Чарос

Салом ruwiki дан,

Мен ўзбек тилида ёк, лекин рус ва инглиз тилида (ва атакель биль араби калиль джидн).
Агар Чарос узум бепул расмини борми? Мен бизнинг мақолада уни киритиш истайман. --Neolexx (munozara) 17:33, 25-Avgust 2015 (UTC)[javob berish]

Salom, Neolexx! Собственно, коллега Carpodacus уже загрузил. Очень приятно слышать узбекскую речь от Вас :-). Но если что-то срочное, можете писать на русском — тут почти все знают его. --Sociologist--munozara-- 08:58, 5-Sentabr 2015 (UTC)


Приглашаю дополнить статью а также создать узбекскую версию.--Kaiyr (munozara) 13:43, 4-Sentabr 2016 (UTC)

Checking a draft

Hello, I wrote the draft https://uz.wikipedia.org/wiki/Foydalanuvchi:BarbaraLuciano13 of an article, concerning a well-known Italian artist https://en.wikipedia.org/wiki/Andrea_Benetti_(artist) Now I need someone to controll the text. Can you help me? I hope I did not write you wrong, otherwise I apologize. Thank you so much for your help, --BarbaraLuciano13 (munozara) 08:46, 12-Iyul 2021 (UTC)[javob berish]

Xayrli kun azizim!

Vikipediya qoidalariga toʻliq mos keladigan qozoq petitsiya sayti haqidagi maqolani tasodifan oʻchirib tashlaganga oʻxshaysiz. Men bilishimcha, boshqa tillarga tarjima qilish spam emas. Sizdan maqolani qayta ko'rib chiqishingizni va qayta tiklashingizni so'rayman, chunki u avval tajribali ishtirokchilar tomonidan tekshirilgan, yakunlangan va Vikipediyada qoldirilgan. 37.99.45.6 17:02, 26-Mart 2024 (UTC)[javob berish]