Vikipediya:Forum/Arxiv/Qoidalar/1

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Olimpiya oʻyinlarini nomlash[manbasini tahrirlash]

Bizda Olimpiya oʻyinlari qanday nomlanadi: “2016 Yozgi (Qishgi) Olimpiya oʻyinlarida Mamlakat”, “2016 yozgi (qishgi) Olimpiya oʻyinlarida Mamlakat”? Va yana “Yozgi (Qishgi) Olimpiya oʻyinlari 2016”, “2016-yil Yozgi (Qishgi) Olimpiya oʻyinlari natijalari”? Misol uchun 2016 Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston --Химик1991 (munozara) 10:55, 27-Oktabr 2015 (UTC)

Sociologist--munozara-- 13:52, 27-Oktabr 2015 (UTC)
bular ham bor ekan --Химик1991 (munozara) 12:19, 28-Oktabr 2015 (UTC)

Muhokama / ovoz berish[manbasini tahrirlash]

Olimpiada oʻyinlari haqidagi maqolalar[manbasini tahrirlash]

«Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008»
  1. Sociologist--munozara-- 19:49, 27-Oktabr 2015 (UTC)
  2. Nataev munozara 10:06, 28-Oktabr 2015 (UTC)
  3. Химик1991 (munozara) 12:19, 28-Oktabr 2015 (UTC)
«2008 Yozgi Olimpiada oʻyinlari»
  1. hech kim ovoz bermadi
«2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari»
  1. hech kim ovoz bermadi

Davlatning Olimpiada oʻyinlaridagi umumiy ishtiroki haqidagi maqolalar[manbasini tahrirlash]

«Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston»
  1. hech kim ovoz bermadi
«Oʻzbekiston Yozgi Olimpiada oʻyinlarida»
  1. Sociologist--munozara-- 19:51, 27-Oktabr 2015 (UTC)
  2. Nataev munozara 10:07, 28-Oktabr 2015 (UTC)
  3. Химик1991 (munozara) 12:19, 28-Oktabr 2015 (UTC)

Davlatning qaysidir yilgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtiroki haqidagi maqolalar[manbasini tahrirlash]

«Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 da Oʻzbekiston»
  1. hech kim ovoz bermadi
«Oʻzbekiston Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 da»
  1. hech kim ovoz bermadi
«2008 Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston»
  1. hech kim ovoz bermadi
«Oʻzbekiston 2008 Yozgi Olimpiada oʻyinlarida»
  1. hech kim ovoz bermadi
«2008-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida Oʻzbekiston»
  1. hech kim ovoz bermadi
«Oʻzbekiston 2008-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida»
  1. Sociologist--munozara-- 19:51, 27-Oktabr 2015 (UTC)
  2. Nataev munozara 10:06, 28-Oktabr 2015 (UTC)
  3. Sportchilarni (@FarhodShaymanov va MrErgashev:) ham soʻrab koʻrish kerak.--Химик1991 (munozara) 12:19, 28-Oktabr 2015 (UTC)

Izohlar[manbasini tahrirlash]

Yuqoridagi muhokamaning muhimligi shundaki, bir nechta andozalar ({{OOʻMamlakat}}, {{Olimpiya oʻyinlarida Mamlakat}} va shu andozalar asosida tuzilgan andozalar) avtomatik ravishda Olimpiada haqidagi maqolalarga link yasaydi (qarang {{OOʻMamlakat}}). Olimpiada haqidagi maqolalarni nomlashni oʻzgartirish andozalarni ham toʻgʻrilab chiqishni talab qiladi. --Химик1991 (munozara) 12:41, 28-Oktabr 2015 (UTC)

  • Albatta, andoza, turkum va boshqa sahifalar nomi asosiy nomga (yaʼni maqola nomiga) moslab oʻzgartiriladi. --Sociologist--munozara-- 19:37, 28-Oktabr 2015 (UTC)

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Bir oy muddat davomida barcha xohlovchilar fikr bildirishlari mumkin edi. Xullas, Olimpiada oʻyinlari haqidagi maqolalarni bunday tartibda nomlashga kelishildi (quyida misollar keltirilgan):

  • Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 va Qishki Olimpiada oʻyinlari 2014
  • Oʻzbekiston Yozgi Olimpiada oʻyinlarida, Meksika Qishki Olimpiada oʻyinlarida va hokazo
  • Oʻzbekiston 2008-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida, Meksika 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida va hokazo

--Sociologist--munozara-- 19:04, 27-Noyabr 2015 (UTC)[javob berish]


Fayl yuklash[manbasini tahrirlash]

Xayrli kun! Oʻzbekcha Vikipediyada ayni damda faqat administrator huquqiga egalar noerkin fayllarni yuklay oladi. Boshida fayllar qoidalarga amal qilinmay yuklanishi hamda turli axlat fayllar yuklanishi oldini olish uchun shunday qilingan edi.

Hozir esa aksar faol foydalanuvchi surat yuklash huquqi barcha foydalanuvchida boʻlishini istaydi. Sababi ayrim davlatlar qonunlari haykallar va jamoat joylari suratlarini erkin litsenziya bilan yuklashni man etadi. Qolaversa, film posterlari va boshqa koʻplab suratlarni Vikiomborga yuklab boʻlmaydi.

Quyida ushbu masala boʻyicha 26-avgustgacha ovoz berishingizni soʻranaman. Nataev munozara 05:07, 19-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]

Muhokama / ovoz berish[manbasini tahrirlash]

Rozilar[manbasini tahrirlash]
  1.  Roziman. Malikxan (munozara) 07:07, 19-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman. Nataeva munozara 09:55, 19-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. Umarxon III (munozara) 12:38, 19-Avgust 2018 (UTC).[javob berish]
  4.  Roziman. PlanespotterA320 (munozara) 13:29, 19-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. Xusinboy Bekchanov (munozara) 05:38, 20-Avgust 2018 (UTC).[javob berish]
  6.  Roziman. Jamshid Nurkulov (munozara) 05:30, 29-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Qarshilar[manbasini tahrirlash]
Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Izohlar[manbasini tahrirlash]

Hurmatli Abdulla, Amir.Temur, Casual, Sociologist, Ximik1991, Xusinboy Bekchanov, siz ham oʻz fikringizni bildiring, iltimos. Nataev munozara 04:14, 20-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Bir hafta muddat davomida barcha xohlovchilar fikr bildirishlari mumkin edi. Xullas, barcha foydalanuvchilar fayl yuklash huquqini berishga qaror qilindi. Qaror amalga oshishi uchun metada yordam soʻrash kerak. Nataev munozara 11:03, 26-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]

Bajarildi. Noerkin faylarni yuklashda qoidalarga amal qilinishi shart. Aks holda yuklangan fayllar oʻchiriladi. Nataev munozara 15:51, 28-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]


Oʻzbekcha logotip[manbasini tahrirlash]

Xayrli kun! Hozirgi kunda, ayrim vikipediyalarning (masalan, rus, yapon va hokazo) mobil versiyasidagi logotipi oʻzlarining tilida. Oʻzbek vikipediyasining mobil versiyasidagi logotipi esa ingliz tilida. Fikrimcha, buni oʻzbekcha qilish lozim deb oʻylayman.

Bu masala boʻyicha 15-oktabrgacha ovoz berishingizni soʻrayman. – Malikxan (munozara) 14:44, 10-Oktabr 2018 (UTC)

Muhokama / ovoz berish[manbasini tahrirlash]

Rozilar[manbasini tahrirlash]
  1.  Roziman. Nataeva munozara 17:11, 25-Oktabr 2018 (UTC)
  2.  Roziman. Umarxon III (munozara) 15:03, 10-Oktabr 2018 (UTC).
  3.  Roziman. Jamshid Nurkulov (munozara) 16:37, 10-Oktabr 2018 (UTC)
  4.  Roziman. Nataev munozara 10:21, 12-Oktabr 2018 (UTC)
Qarshilar[manbasini tahrirlash]
Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Izohlar[manbasini tahrirlash]

Hurmatli @Nataev, PlanespotterA320, Xusinboy Bekchanov, Jamshid Nurkulov, Nataeva, Umarxon III, va Gayrat98: Siz ham ovoz berishda ishtirok eting! – Malikxan (munozara) 14:44, 10-Oktabr 2018 (UTC)

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Hamma rozi. Qarshilar yoʻq. Endi Phabricatorda logoni oʻzgartirishlarini soʻrasak boʻladi. Nataev munozara 06:23, 18-Oktabr 2018 (UTC)

Bajarildi. Logotip oʻzgargan. Nataev munozara 06:26, 6-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]


Maqolalarni nomlash muammosi[manbasini tahrirlash]

Azim, Ismanov, Uzgen,

Abdulla, Casual, Nataev, Amir.Temur, Xusinboy Bekchanov, Umarxon III, Ximik1991, PlanespotterA320,

Mirzoulug'bek, MrErgashev, Doniyorsher Juraev, FarhodShaymanov, Gayrat98, Malikxan, ITPRO.UZ, Jamshid Nurkulov, Mikrry, Olaf Studt, RedaktorWiki, Doniyorsher Juraev, Manzuma, Дилдорбек, Progint

Oʻrtoqlar, bizda maqolalarni nomlash yuzasidan eski mojaro mavjud. Bu mojaro ingliz Vikipediyasidagi qoidalar oʻz vaqtida oʻzbek tiliga tarjima qilinmagani va shuningdek oʻzbekcha manbalar kamligi, ularning sifati pastligi oqibatida kelib chiqqan, deyish mumkin. Chunki boshqa tillardagi yirik Vikipediyalarga eʼtibor berilsa (qarang: Vikipediya munozarasi:Maqolalarni nomlash), ular ingliz Vikipediyasi qoidalarining asosiy prinsiplarini olib, bir oz oʻzlariga moslab olishgan xolos.

Bizda esa tubdan farq qiluvchi holat yuzaga kelgan — ingliz tilini yaxshi biladigan bir necha faol ishtirokchilar chet ellik shaxslar haqidagi maqolalarni ularning original ismi (aksar holatlarda ingliz tilidagi varianti) bilan nomlay boshlashgan. Bu holat eʼtirozlarga sabab boʻlgani tufayli, bir necha marta qaynoq (lekin qisqagina) bahs-munozaralar boʻlib oʻtgan → 001, 002, natijada tayinli kelishuvga erishilmagan, har kim oʻz fikrida qolgan. Shunga qaramay qoida loyihasiga bahsli bandlar kiritilgan (lekin rang bilan ajratib belgilab qoʻyilgan).

Keyinroq munozara sahifasida muhokama ochilgan, lekin asosli fikrlar bildirilmagan.

Oʻzbekcha Vikipediya bugungi kunga kelib yanayam susaygani sababli tugal kelishuvga erishish qiyin boʻladi, lekin xotirjam muhokamani boshlab qoʻyish zarar qilmaydi deb oʻylayman.

Vikipediyamizda chet ellik shaxslar haqidagi maqolalar qaysi hollarda oʻzbekcha nomlanishi kerak (Jak Shirak), qaysi hollarda esa — originalidek (Jacques Chirac)? Biz oʻzbekcha manbalarga tayana olamizmi yoki yoʻqmi (umuman tayanishimiz kerakmi)?

  • Izoh: Hozircha faqat kirill yozuvida chop etilgan Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida kishilarning ismlari ruschasimon tarzda oʻzbekchaga translit qilib yozilgan (Жак Ширак). OʻzME lotin yozuvida chop ettirilmagan hali, lekin rejada bor → kun.uz.

Muammo boʻyicha oʻz fikrlaringiz va argumentlaringizni bildirishingizni soʻrayman. --Sociologist--munozara-- 16:57, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

Izohlar[manbasini tahrirlash]

Malikxan[manbasini tahrirlash]

Fikrimcha, kishi ismlari original holda yozilgani to‘g‘ri. Chunki, biror-bir sahifada, misol uchun, aktyor Chris Evansni keltiraylik. Sizning aytishingiz bo‘yicha Chris Evans Kris Evans bo‘ladi. Lekin, foydalanuvchilar Chris Kris bo‘lishini qayerdan bilishadi? Buni qanday o‘zbekcha manba isbotlaydi? – Malikxan (munozara) 17:27, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

  • Savolingizga toʻliq tushunmadim-u, mayli qarang. 1) Mana, siz Quvnoq oyoqchalar va Ajdarning boʻysundirilishi nomlarini qayerdan oldiz? Huddi shunday, masalan, oʻzbekcha manbalarda Jak Shirak (1, 2, 3, 4 + OʻzME) deyilayotgan boʻlsa biz ham maqolani Jar Shirak deb nomlaymiz. 2) Kris Evans esa qandaydir shubhali saytlarda ishlatilyapti (1, 2), baʼzida Chris Evans ham uchrayapti 3, shu sababli maqola nomi originalidek Chris Evans qoladi. Yaʼni oʻzbekcha manbalarda barqaror yurituvga kirib ulgurmagan atamalardan foydalanmaymiz. Lekin agar barqarorlik kuzatilsa, Jacques Chirac deyishga ne hojat? Huddi shu qoida boʻyicha Paris emas Parij deb yozamiz, lekin Comacchio (Komachchio yoki Komakkio uchun manba yoʻq). --Sociologist--munozara-- 19:01, 3-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
    • Biz hamma maqolani ham inglizcha nomlamaymiz. Quvnoq oyoqchalar ga kelsak, bu nom rasmiy tarjima. Biz hozirda, kishi nomlari bo‘yicha munozara olib bormoqdamiz. Shahar yoki filmlar haqida emas. – Malikxan (munozara) 08:19, 4-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
      • 1) „bu nom rasmiy tarjima“ — rasmiy tarjima ham har xil boʻlishi mumkin, manbaga tayanish kerak baribir. 2) Vikipediya uchun shahar va film nomining kishilar nomidan farqi nimada? 3) „Biz hamma maqolani ham inglizcha nomlamaymiz“ — tushunmadim, qaysi hamma maqolani? --Sociologist--munozara-- 08:40, 4-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

Nataev[manbasini tahrirlash]

Nafaqat kishilar, balki joy nomlari, asarlar nomlarini qanday yozishga kelishib olishimiz kerak. Bu yerdagi munozarada koʻproq odam fikr bildirishi uchun Oʻzbekcha Vikipediya sahifalari ilk marta ochilganda banner chiqadigan qilish mumkin.

  • Ismlarni yozish boʻyicha qoidamiz bor. Umumviki munozara oʻtkazilib, yangi qoida qabul qilingunicha unga amal qilishda davom etamiz. Qoidaga amal qilishimiz uchun asos boʻladigan argumentlarni keltiraman.
  1. Oʻzbekistonda lotin yozuvida xorijiy ismlarni yozish boʻyicha rasmiy qoida qabul qilinmagan. Shunday ekan, oʻz qoidamizga amal qilishga majburmiz.
  2. Yuqorida aytib oʻtganimdek, bu mavzuda yaxshimi, yomonmi, oʻz qoidamiz bor. Unga kamida olti yildan beri amal qilib kelyapmiz.
  3. Mavjud oʻzbekcha manbalarda ismlar ham original shaklida, ham ruschasi translit qilingan holatda yozilyapti. Mana bu maqolada shovvozlar prezident ismini Tramp deb yozgan, ammo uning ismi bilan ataluvchi imoratni esa Trump deb yozgan. Mana senga mantiq!
  4. Oʻzbekcha nufuzli, barcha grammatik qoidalarga rioya qilingan holda yozilgan manba topish mushkul. Aksar manbalarni hatto inglizcha apostrof bilan okinasifat belgi oʻrtasidagi farqni bilmagan shaxslar yozgan. Hozirgi kunda nafaqat kompyuterga, balki smartfonga klaviatura koʻchirib olish mushkul emas. Nima uchun shunaqa chalasavod saytlarga qarab ish tutishimiz kerak?
  5. „Nufuzli“ manba keltirilgan holatlarda Jon deb yozib, manba yoʻq holatlarda John deb yozish katta munozaralarga sabab boʻladi. Masalan, John Adams haqida oʻzbekcha manba topilgani uchun Jon Adams deb yozib, John Wick haqida manba boʻlmagani uchun John Wick deb yozamizmi? Yaʼni, bir ismni ikki xil yozamizmi? Manzur tutasiz, lekin menimcha bu ahmoqlik.
  6. Kishilar ismini aslidek yozib, translit versiyasidan maqolaga yoʻnaltirish qoldirishi izlash bilan bogʻliq har qanday muammoni hal qiladi. Masalan: Jek LondonJack London.
  7. Maqolaning ilk satridayoq oʻquvchi uchun xorijiy ism talaffuzi keltiriladi. Masalan, „Alexandre Dumas (talaffuzi: Aleksandr Dyuma) (24-iyul 1802 — 5-dekabr 1870) — farang yozuvchisi“.
  8. Lotin yozuvidan foydalanadigan boshqa deyarli barcha tillarda, jumladan, turk tilida, ismlar aslidek yoziladi. Masalan, Michael Jackson.
  9. Ayni damda Oʻzbekistonda oʻzbek lotin yozuvini isloh qilish muhokama qilinyapti. Alifbo isloh qilinsa, ismlar, joy nomlarini yozish boʻyicha qoidalar ham belgilanishi mumkin. Ungacha bor qoidani oʻzgartirmay, unga amal qilishda davom etganimiz maʼqul.
  10. Lotin yozuviga oʻtilganidan 25 yildan oshgan boʻlsa-da, haligacha lotin yozuvida mukammal lugʻat chiqarilmagan. Shuning uchun ham 2006–2008-yillarda — lotin yozuviga oʻtilganidan keyin 15 yil oʻtib — chiqarilgan izohli lugʻat kirill yozuvida nashr qilindi.
  11. Ismlarni aslidek yozish oʻquvchiga boshqa tillarni oʻrganishida, oʻz dunyoqarashini kengaytirishda yordam beradi. Qolaversa, ismlarni aslidek yoza olish qidiruv tizimlarida maʼlumot va kerakli media fayllarni topishni osonlashtiradi.
  12. Lotin yozuvida yoziladigan ismni (masalan, Bernard Lewis) avval ruschasini ochib qarab (Бернард Льюис) (har bir ismni oʻzbekcha kirill yozuvidan foydalanadigan manbalarda topib boʻlmaydi), keyin uni lotin harflar bilan translit qilish (Bernard Lyuis), imho, kechirasiz-u, ahmoqlik.
  13. OʻzME kabi manbalar biz uchun asos boʻla olmaydi. Chunki ensiklopediya kirill yozuvida chiqarilgan. Bu yerda maqolalarni lotin yozuvida nomlash haqida soʻz ketyapti. Qolaversa, maqolalarni nomlash boʻyicha yana bir savol tugʻiladi: nega maqolalarni „gʻarbliklarga“ oʻxshab Islom Karimov deb nomlayapmiz? Vaholanki, OʻzMEda, Oʻzbek sovet ensiklopediyasida kishilar ismlari Karimov, Islom Abdugʻaniyevich shaklida yozilgan. Bu, albatta, ruslarga taqlid. Nima uchun translit qilishda ruslarga taqlid qilamiz, ammo ism va familiyalarni yozishda gʻarbliklardan oʻrnak olamiz? Mantiq yoʻq bu yerda.

Endi originali lotin alifbosida yoziladigan ismlarni aslidek yozishning salbiy jihatlariga toʻxtalib oʻtsam.

  1. Oʻzbekcha manbalar (nufuzlimi, boshqami) originali lotin alifbosida yozilgan ismlarni ruschasiga tayangan holda translit qilyapti. Online manbaga misol: „Jorj Bush“. Bosma manbaga misol: „Jyul Vern“; bosma manbalar nufuzli manba boʻladigan boʻlsa, biz ham Jyul Vern deb yozishimiz kerak. Ammo, aytaylik, Alexandre Dumasning asarlari hali lotin yozuvida chop etilmagan boʻlsa, aslidek yozamizmi? Katta chalkashlik kelib chiqadi.
  2. VP:Konverter funksiyasi (uni Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshishda shaxsan oʻzim qatnashganman) translit qilingan lotincha ismlarni kirillda ham toʻgʻri koʻrsatadi. Ammo Ernest Xemingueydan (inglizcha ismning ruschasiga asoslangan lotincha transliteratsiyasi) Эрнест Ҳемингwай (original shaklining Vikipediyamizdagi konverterimiz kirillga oʻgirgani) ming marta yaxshi. Oʻzbekiston lotin yozuviga rasman oʻtgan, bu haqda qonun va farmonlar chiqarilgan. Konverterimiz ismlarni notoʻgʻri koʻrsatayotgani katta muammo emas. Konverter hech qachon yuz foiz toʻgʻri oʻgira olmaydi, chunki lotin yozuvida yangi qoidalar bor (masalan, lotin yozuvida yumshatish belsigi yoʻq; sirk, sex, moʻjiza, rejissor, ammo aktyor kabi soʻzlar imlosi kirilldan farq qiladi va hokazo).

Sociologist[manbasini tahrirlash]

„Lotin yozuvidan foydalanadigan boshqa barcha tillarda, jumladan, turk tilida, ismlar aslidek yoziladi“

--Sociologist--munozara-- 11:02, 4-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

Maykl Cekson — ozarbayjon tili, Maiklos Džeksuons — litov tilining bir dialekti, Maykl Cekson — qrimtatar tili, Maikls Džeksons — latish tili, Džekson Maikl — veps tili. Notice anything, anyone? Barchasi ruslarning sobiq mustamlakalari yoki hozir Rossiya tarkibida yashaydigan xalqlar tillari. Maikel Jakthon esa oʻta zoʻr misol — 83 ta maqolasi bor vikidan. Qaysi tilda ekanligi tushunarsiz. Keltirgan bir necha argumentimning bittasiga qarshi argument keltiribsiz, ammo u ham chala. Endi nima deysiz? Nataev munozara 11:27, 4-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
@Sociologist: Turk vikipediyasini yaxshilab koʻzdan kechiring. Qarang — Michael Jackson. Malikxan (munozara) 13:39, 4-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

 Bajarilmadi. Xulosamizga koʻra, oʻzbekcha Vikipediyada kishi ismlari original holda yoziladi. Malikxan munozara 15:20, 21-May 2020 (UTC)[javob berish]


Administratorlikka nomzod qoʻyishda ovoz berish tartibini o‘zgartirish[manbasini tahrirlash]

Joriy talablarga koʻra administrator bo‘lish uchun kamida 10 foydalanuvchi ovoz berishi kerak. Ammo bizda faol foydalanuvchilar juda oz. Bu talabni oʻzgartirishni talab qilaman. Masalan, beshta ovoz ham administrator bo‘lish uchun kifoya bo‘lsin. Foydalanuvchilar o‘z fikrlaringizni bildirishingizni so‘rayman. Malikxan munozara 13:20, 15-Avgust 2019 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Izohlar[manbasini tahrirlash]

Nataev, PlanespotterA320, Nataeva, Changez36, Vikichizar, Xusinboy Bekchanov, Jamshid Nurkulov, Umarxon III, Gayrat98: Siz ham fikr bildiring. Malikxan munozara 13:20, 15-Avgust 2019 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Bir hafta davomida ovoz berish jarayoni o‘tkazildi. Hamma rozi. Endilikda, administrator bo‘lish uchun 5 ta foydalanuvchi ovoz berishi kerak. Malikxan munozara 16:09, 23-Avgust 2019 (UTC)[javob berish]

Hamma rozi. Qoidani oʻzgartiramiz. Nataev munozara 05:26, 26-Avgust 2019 (UTC)[javob berish]

Olimpiya oʻyinlarini nomlash2[manbasini tahrirlash]

Olimpiya oʻyinlarini nomlash boʻyicha qoidaga oʻzgartirish kiritishni taklif qilaman. Bunga hozirda foydalanilayotgan nom oʻzbek tili qonun-qoidalariga toʻgʻri kelmasligi sabab boʻlayapti. Asadbek Botirqulov (munozara) 12:02, 22-May 2020 (UTC)[javob berish]

Muhokama / ovoz berish[manbasini tahrirlash]

Olimpiada oʻyinlari haqidagi maqolalar[manbasini tahrirlash]

„Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008“
  1. hech kim ovoz bermadi
„2008 Yozgi Olimpiada oʻyinlari“
  1. hech kim ovoz bermadi
„2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari“
  1.  RozimanAsadbek Botirqulov (munozara) 12:11, 22-May 2020 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman - Xusinboy Bekchanov (munozara) 13:45, 22-May 2020 (UTC).[javob berish]
  3.  Roziman. Malikxan munozara 16:09, 22-May 2020 (UTC)[javob berish]

Davlatning Olimpiada oʻyinlaridagi umumiy ishtiroki haqidagi maqolalar[manbasini tahrirlash]

„Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston“
  1. hech kim ovoz bermadi
„Oʻzbekiston Yozgi Olimpiada oʻyinlarida“
  1.  RozimanAsadbek Botirqulov (munozara) 12:11, 22-May 2020 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman - Xusinboy Bekchanov (munozara) 13:46, 22-May 2020 (UTC).[javob berish]
  3.  Roziman. Malikxan munozara 16:10, 22-May 2020 (UTC)[javob berish]

Davlatning qaysidir yilgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtiroki haqidagi maqolalar[manbasini tahrirlash]

„Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 da Oʻzbekiston“
  1. hech kim ovoz bermadi
„Oʻzbekiston Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 da“
  1. hech kim ovoz bermadi
„2008 Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston“
  1. hech kim ovoz bermadi
„Oʻzbekiston 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida“
  1.  Roziman--Asadbek Botirqulov (munozara) 13:48, 22-May 2020 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman - Xusinboy Bekchanov (munozara) 13:47, 22-May 2020 (UTC).[javob berish]
  3.  Roziman. Malikxan munozara 16:10, 22-May 2020 (UTC)[javob berish]
„2008-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida Oʻzbekiston“
  1. hech kim ovoz bermadi
„Oʻzbekiston 2008-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida“
  1. hech kim ovoz bermadi

Izohlar[manbasini tahrirlash]

Hurmatli @Nataev, PlanespotterA320, Xusinboy Bekchanov, Jamshid Nurkulov, Nataeva, Umarxon III, Gayrat98, Malikxan, Bakhtiyor Sheraliev, Химик1991, va Sociologist: Siz ham ovoz berishda ishtirok eting!--Asadbek Botirqulov (munozara) 12:11, 22-May 2020 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

15 kun davomida xohlagan foydalanuvchi oʻz fikrini bildirib, ovoz berishi mumkin edi. Bugun ovozlarga koʻra, yakuniy xulosa shuki, endilikda Olimpiada oʻyinlari haqidagi maqolalarni quyidagi tartibda nomlaymiz:

  • 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari va 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari
  • Oʻzbekiston Yozgi Olimpiada oʻyinlarida, Amerika Qoʻshma Shtatlari Qishki Olimpiada oʻyinlarida va hokazo.
  • Oʻzbekiston 2008-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida, Amerika Qoʻshma Shtatlari 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida va hokazo.

Malikxan munozara 10:19, 6-Iyun 2020 (UTC)[javob berish]

Yoʻnaltiruvchi sahifalar[manbasini tahrirlash]

Salom! Oʻzbekcha Vikipediyada DastyorBot tomonidan koʻplab yoʻnaltiruvchi sahifalar yaratilgan. Soʻnggi vaqtlarda esa, koʻplab yoʻnaltiruvchi sahifalar tezda oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatilgan. Hozirda ushbu turkumda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatilgan 2 738 ta sahifa mavjud. Ushbu sahifalarning aksariyati, ‘, ' va ` belgilari bilan yoki katta-kichik harflar bilan farqlangan. Biz bu turkumdagi sahifalarni qoldirishimiz yoki yoʻqotishimiz kerak. Fikrimcha, bu kabi yoʻnaltiruvchi sahifalarni qoldirganimiz yaxshi. Misol uchun, El bayrogʻi maqolasini olaylik. Bu maqolaga yoʻnaltiruvchi sahifalar boʻlgan "El bayrog‘i", "El bayrog'i", El bayrog`i" kabi sahifalar boʻlgani yaxshi. Bu maqolalarni topishda qulaylikni oshiradi. Bu borada fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrab qolaman! Malikxan munozara 11:20, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]

‘, ' va ` belgilari bilan farqlangan[manbasini tahrirlash]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman--Vikichizar💬 14:38, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman — Yoʻnaltiruvchi sahifalarni oʻchirmagan ma'qul. Haqiqatdan ham maqolalarni topishda katta qulaylik beradi. Muxriddin Azimov (munozara) 21:00, 26-Yanvar 2020 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman - Xusinboy Bekchanov (munozara) 04:04, 27-Yanvar 2021 (UTC).[javob berish]
  4.  Roziman - Jamshid Nurqul (munozara) 15:31, 27-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman - Asadbek Botirqulov (munozara!) 13:42, 28-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman - FoydaSanjar (munozara) 11:27, 30-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

  1. Yuqorida, aynan hozir oʻqilishi mumkin boʻlgan taklifga asosan:  Roziman (Birranga tog`lari, Birranga tog'lari, Birranga tog‘lari) ‘, ' va ` belgilari bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalar boʻyicha. Maqolalarni qidirib topishda katta qulaylik yaratiladi; hechqachon oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatilmagan;  Qarshiman (G'afur g'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Birranga Tog`lari, Birranga Tog'lari, Birranga Tog‘lari, Hisori Qoʻy Zoti) katta-kichik harflar bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalar boʻyicha. Maqolalarni qidirib topishda qulaylik yaratilishiga umuman aloqasi yoʻq (Muhammad yusuf nomli oʻchirilgan sahifa nomini vikipediyada qidirish tugmasiga yozsa, Muhammad Yusuf sahifasi chiqib keladi); Shu sababdan, ular vikimezonlariga asosan NMda koʻrsatilgandek nomlanishi shart! Qoʻy Zotiku maylida, har kim oʻz ismi va familiyasini bosh harfda koʻrsatilishini xohlasa kerak?  Qarshiman ("El bayrog'i", "El bayrog`i", "El bayrogʻi", "El bayrog‘i") maqolaning asosiy nomini "..." belgilari ichiga olinishi bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalar boʻyicha. Maqolalarni qidirib topishda qulaylik yaratilishiga umuman aloqasi yoʻq, qaytaga, noqulaylik yaratilishi yaqqol koʻrinib turibdi; Shu sababdan, ular vikimezonlariga asosan NMda koʻrsatilgandek nomlanishi shart! Hech bir NMda "..." belgilari ichiga olingan tarzda koʻrsatilmagan! Vikipediyani axlatxonaga aylantirmaslik va yuqoridagi, Olimpiya oʻyinlarini nomlash2dagi kabi soʻrov oʻtkazilish tarafdoriman! — Kagansky (munozara) 22:24, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Izohlar[manbasini tahrirlash]

Hurmatli Abdulla, Asadbek Botirqulov, Amir Temur, Casual, Jamshid Nurqul, Muxriddin Azimov, Umarxon III, Xusinboy Bekchanov, iltimos, fikringizni bildiring! Malikxan munozara 17:14, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]

Munozara[manbasini tahrirlash]

Salom, @Malikxan:. Yuqorida ‘, ', ` va "..." belgilari bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalarni oʻchirmaslik kerak degan maxsus qoidani ishlab chiqish taklif qilinyaptimi (taklif forumning qoidalar boʻlimida berilyapti)? Shunaqa boʻlsa, men ham shu fikr tarafdorlari safiga qoʻshilardim.

Yoki, yuqoridagi belgilar bilan farqlangan va bugungi kunda tezda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatilgan yoʻnaltiruvchi sahifalarni oʻchirmaslik taklif qilinyaptimi? «Hozirda ushbu turkumda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatilgan 2 738 ta sahifa mavjud. Ushbu sahifalarning aksariyati ‘, ' va ` belgilari bilan farqlangan.» deyilgan ekan. Taʼkidlab oʻtmoqchiman, bugungi kunda bu turkumdagi sahifalarning aksariyati (koʻpchilik qismi, koʻp qismi, koʻpi) ushbu belgilar bilan emas, balkim katta-kichik harf bilan farqlangan yo‘naltiruvchi sahifalardir. — Kagansky (munozara) 13:06, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]

@Kagansky: ‘, ' va ` belgilari bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalarni hamda yuqorida aytib oʻtilgan turkumdagi sahifalarni oʻchirmaslikni taklif qilyapman. Malikxan munozara 13:37, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Demak, taklifingiz hozirda tezda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatilgan katta-kichik harf bilan farqlanadigan yo‘naltiruvchi sahifalarga aloqasi yoʻq, lekin "..." belgilari bilan farqlanadiganlarigagina taʼsiri boʻladi, shundaymi? — Kagansky (munozara) 14:09, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Katta-kichik harf bilan farqlanadigan yoʻnaltiruvchi sahifalarni ham qoldirsak boʻlaveradi. Malikxan munozara 14:35, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Balkim, boʻlishi mumkin. Lekin katta-kichik harf bilan farqlanadigan yoʻnaltiruvchi sahifalar uchun alohida soʻrov oʻtkazish zarur. Chunki, bu masalada ilgarigi forum xulosasi mavjud va sizning yuqoridagi taklifingizga koʻra umuman boshqa masala koʻrib chiqilyapti. — Kagansky (munozara) 15:07, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Ikkalasiga ham shu soʻrovni qilaversak ham boʻlaveradi. Hamma fikrini bildirib, ovoz berishi mumkin. Malikxan munozara 15:10, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Juda qiziq. Bu turishda Oʻzbekcha Vikipediyada «mumkin», «boʻlaveradi» terminlarini asossiz qoʻllash odat tusiga kirib qoladi chamasi. — Kagansky (munozara) 16:46, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Ikkalasini ham bir soʻrovda oʻtkazsak hech narsa "asossiz" boʻlmaydi. Agar birinchisiga rozi boʻlib, ikkinchi fikrni qoʻllab-quvvatlamasangiz, yozib oʻting. Malikxan munozara 17:07, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Mana bu fikrizga qoʻshilaman. Unda, keling yuqorida yozilgan mulohazalardan kelib chiqib birgalikda yangi soʻrov tashkil qilaylik. Vikipediya:Yoʻnaltirish yoki Vikipediya:Yoʻnaltirishlar sahifasi hali yaratilmaganligi sababli, Vikipediya:Tezda oʻchirish mezonlaridagi Yoʻnaltirishlar boʻlimidagi Nomda xatosi bor yoʻnaltirishga qoʻshimcha izoh kiritishni taklif qilaylik. Unda uchta istisno holatni kiritishga rozilar va qarshilarni kamida 2 hafta ichida aniqlaylik. 1 — ‘, ' va ` belgilari bilan farqlangan; 2 — maqolaning asosiy nomini "..." belgilari ichiga olinishi bilan farqlangan; 3 — katta-kichik harf bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalarning har biriga misol keltirib, ularni toʻgʻri nomlangan deb baholashda hamjamiyat fikrini soʻraylik va oʻzimizning fikrimizni ham bildiraylik. — Kagansky (munozara) 19:02, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
@Malikxan:, soʻrovni xolis tarzda tashkil etish tarafdorimizis? Yoki, yuqoridagi taklifingiz matniga yoʻl-yoʻlakay oʻzgartirish kiritib, shuncha munozaradan soʻng foydalanuvchilarga Ping yuborish bilan kifoyalanasizmi? — Kagansky (munozara) 21:00, 26-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]

Men katta-kichik harflar bilan notoʻgʻri nomlangan maqolalarni oʻchirish taradoriman - Xusinboy Bekchanov (munozara) 03:10, 27-Yanvar 2021 (UTC).[javob berish]

@Kagansky: Bu kabi mavzularni turkum munozara sahifasida emas, balki forumda yozgan maʼqul. Malikxan munozara 03:37, 27-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
@Malikxan:, VP:TOʻMda Ushbu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. — deb yozilgan. — --Kagansky (munozara) 05:45, 27-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Forumdagi mana bu yopiq munozara bilan tanishib chiqsangiz ham foydadan holi boʻlmaydi. — Kagansky (munozara) 18:50, 27-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]

Katta-kichik harf bilan farqlangan yoʻnaltirish[manbasini tahrirlash]

Oʻzbekcha Vikipediyada katta-kichik harf bilan farqlangan koʻplab yoʻnaltiruvchi sahifalar mavjuddir va ularning ayrimlari tezda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatilgan. Men bu kabi yoʻnaltiruvchi sahifalarni (masalan, Birranga Tog‘lari, Birranga Tog'lari, Birranga Tog`lari va hk.) qoldirishni taklif qilaman. Aytish joizki, Inglizcha Vikipediyada Taylor swift sahifasi en:Taylor Swiftga yoki Mountain Thrush sahifasi en:Mountain thrushga yoʻnaltirilgan. Malikxan munozara 03:30, 27-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman --Vikichizar💬 04:32, 20-Mart 2021 (UTC)[javob berish]
Salom, @Vikichizar:! Aynan nimaga roziligingizni bilsak boʻladimi? Ushbu boʻlimdagi mavzuga doir barcha munozaralar bilan toʻliq tanishib chiqdingizmi? — Kagansky (munozara) 13:56, 20-Mart 2021 (UTC)[javob berish]
Balkim, taklif egasidan farqli ravishda, Birranga Tog‘/'/`larini qoldirishdan qulaylikning "highly likely" ortishining boshqa sablarini bilarsiz? — Kagansky (munozara) 20:48, 9-Aprel 2021 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

 Qarshiman. Bu ish Oʻzbekcha Vikipediyadagi VP:NOMLASHning Maxsus qoidalariga zid! Qolaversa, https://t.me/uzwikichat da shu mavzuga doir Zamonaviy oʻzbek tili rus tili qoidalariga asoslangan, shuning uchun bemalol ruwikiga qarab ish tutsangiz boʻladi. Rule of thumb: rus tilida va oʻzbek tilida odatda faqat birinchi soʻz katta harf bilan yoziladi. Inglizlar, turklar hammasini (predloglardan boshqa) katta harf bilan yozadi. — deyilgan "подсказка" бор. — Kagansky (munozara) 04:05, 27-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]

Shu siz ham maqolalarni nomlashda siz aytib oʻtganlaringizga amal qilamiz-ku. Inglizlarda ham kishi ismlari katta harf bilan yoziladi. Shunday boʻlsa ham, yuqorida yozganimdek, Taylor swift yoʻnaltiruvchi sahifasi mavjud. Bu kabi yoʻnaltiruvchi sahifalarning boʻlgani zarar qilmaydi. Malikxan munozara 04:52, 27-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Kechirib qoʻyasiz, vikipediyada mezonlarga asoslanadi (siz aytib oʻtganlaringizga — deb mavzudan chetlashmang!). Siz taklif kiritganingizda zarar qilmaydi deb emas, Bu maqolalarni topishda qulaylikni oshiradi — degansiz! Muhammad yusuf nomli oʻchirilgan sahifa nomini vikipediyada qidirish tugmasiga yozsa, Muhammad Yusuf sahifasi chiqib keladi. Bundan yaqqol koʻrinib turibdiki, hech qanday qulaylik oshmayapti! — Kagansky (munozara) 05:14, 27-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
... siz aytib oʻtganlaringizga deb mavzudan chetlashyabman? Manzur tutasiz, bu yerda hech qanday mavzudan chetlashishni kuzatmayabman. Bilmadim, sizning nazaringizda qulaylik qanday, Muhammad yusuf yoʻnaltiruvchi sahifasi mavjudligi, maqolani topishda qulaylikni oshiradi. Keyin, Vikipediyada mezonlarga asoslanishini keltirib oʻtibsiz. Aynan qaysi mezon joriy etayotgan taklifimga zid? Malikxan munozara 13:23, 27-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
@Malikxan:, katta-kichik harf bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalar VP:TOʻMga va Forumdagi yopiq munozaraga asosan Nomda xatosi bor yoʻnaltirish sifatida, maxsus {{db-redirtypo}} andozasini qoʻshish orqali tezda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatilgan. Sahifa nomida xatosi bor yoki yoʻqligini esa, Oʻzbekcha Vikipediyada Vikipediya:Yoʻnaltirish yoki Vikipediya:Yoʻnaltirishlar sahifasi hali mavjud emasligi sababli, Oʻzbek tilining imlo lugʻatidagi Bosh harflar imlosi hal qilib beradi. Lugʻatda yozilgan qoidalarga faqatgina nufuzli manbalar istisno holat boʻlib xizmat qilishi mumkin. Lugʻatga koʻra Birranga togʻlari deb yoziladi, endi siz Birranga Togʻlarini vikimaqola kloni boʻlmagan o‘zbekcha NMdan topib bering, bu nomda xato yoʻqligini isbotlab bering. — Kagansky (munozara) 17:45, 27-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
"... Asosan Nomda xatosi bor yoʻnaltirish sifatida" — asosan? Kechirasiz-u, katta-kichik harf bilan farqlangan sahifalarni oʻchirish kerakligi VP:TOʻMda keltirilib oʻtilmagan. Birranga togʻlariga kelsak, shu siz ham maqola nomi Birranga togʻlari. Men bunda "t" harfini "T" ga koʻchirishni taklif qilmayabman. Shunchaki, Birranga Togʻlari yoʻnaltiruvchi sahifalarini qoldirishni taklif qilyabman. Yuqorida aytib oʻtganimdek, bu maqolalarni topishda qulaylik tugʻdiradi. "... Inglizcha Vikipediyada Taylor swift sahifasi en:Taylor Swiftga yoki Mountain Thrush sahifasi en:Mountain thrushga yoʻnaltirilgan" — shu gapga qayta koʻz yugurtirib chiqsangiz, foydadan holi boʻlmaydi. Malikxan munozara 08:41, 28-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Soʻnggi marta tushuntiraman. 1) Asosan (VP:TOʻM va Forumdagi yopiq munozaraga asosan … tezda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatilgan) soʻzining izohini Oʻzbek tilining izohli lugʻatidan oʻqib bilib olasiz. Unda Qonunga asosan. Buyruqqa asosan bajarmoq degan misollar keltirilgan. 2) Sizningcha tezda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatilgan katta-kichik harf bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalar oʻchirilmasligi kerak. Ulardan Birranga Tog‘lari, Birranga Tog'lari, Birranga Tog`lari nomli yoʻnaltiruvchi sahifalarni misol tariqasida keltirgansiz. 3) Bu va shunga oʻxshash yoʻnaltiruvchi sahifalarni nomida xato borligi uchun men tezda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatyapman. 4) Bu harakatimni Oʻzbek tilining imlo lugʻatidagi Bosh harflar imlosi boʻlimi, VP:TOʻMdagi (yaʼni, Vikipediya:Tezda oʻchirish mezonlaridagi) Yoʻnaltirishlar (yaʼni, Yoʻnaltiruvchi sahifalar) boʻlimi va Forumdagi nomida xatosi bor yoʻnaltiruvchi sahifalar muhokama qilingan yopiq munozaraga asosan bajaryapman. 5) Oʻzbek tilining imlo lugʻatiga asosan Birranga tog‘lari, Birranga tog'lari, Birranga tog`lari deb yoziladi. Birranga Tog‘lari, Birranga Tog'lari, Birranga Tog`lari esa xato hisoblanadi. 6) VP:TOʻM va Forumdagi yuqorida aytib oʻtilgan yopiq munozaraga asosan Nomida xatosi bor yoʻnaltiruvchi sahifalar tepasiga {{Db-redirtypo}} (yoki {{delete}}) andozasini joylashtirish talab etiladi.7) Endi siz Inglizcha emas, Oʻzbekcha Vikipediyada joriy etayotgan taklifingizga asosan Birranga Tog‘lari, Birranga Tog'lari, Birranga Tog`lari nomida xatolik yoʻqligini isbotlab bering. — Kagansky (munozara) 16:26, 28-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Muhammad yusuf yoʻnaltiruvchi sahifasi mavjud emasligi sizga qanday noqulayliklarni tugʻdiryapti? — Kagansky (munozara) 16:46, 28-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Yuqorida yozgan uzundan-uzun gaplaringizga qaraganda, hali ham tushunmagansiz. Biz maqolalarni Birranga Togʻlari kabi nomlamaymiz, balki bunda Birranga togʻlari' toʻgʻri variantdir (shu sababdan, ha deb, Birranga Togʻlariga manba soʻrayvermang). Oʻzbekcha Vikipediyada katta-kichik harf bilan farqlangan koʻplab yoʻnaltiruvchi sahifalar ancha yillar ilgari yaratilgan. Bu kabi sahifalar maqolalarni topishda qulaylik tugʻdiradi. Shu sababdan, ularni oʻchirmaslikni taklif qilyabman. Inglizcha Vikipediyadan misol keltirganim esa, ularda ham kishi ismlari katta harf bilan yoziladi, biroq shu kabi yoʻnaltiruvchi sahifalar mavjud. Bu kabi yoʻnaltiruvchi sahifalarga {{R from miscapitalisation}} tegini qoʻshib chiqishimiz kerak. Malikxan munozara 18:07, 29-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
{{R from miscapitalisation}}ni bugun yaratganizga koʻzim tushgandi. Andozani qulaylik tomoni nimada? Birranga Togʻlarida sinab koʻraylikchi. — Kagansky (munozara) 20:08, 29-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Tushunishimcha, bu andoza, katta-kichik harf bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalarning nomini xatoligini tan olib, sahifalarni yoʻnaltirishligicha qoldirib, bitta turkum ostida yigʻadi. Shunaqami? — Kagansky (munozara) 20:33, 29-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Aha, va nihoyat, tushundingiz. Men Birranga Togʻlari variantini toʻgʻri deyayotganim yoʻq, shunchaki maqolalarni topishda qulaylikni oshirish maqsadida oʻchirishga hojat yoʻq demoqchiman. Andozaga kelsak, katta/kichik harf bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalarni yoʻnaltiruvchi sahifaligicha qoldirib, bitta turkum ostida yigʻadi. Malikxan munozara 08:35, 30-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Yoʻq, adashasiz, sizni hali ham tushunmadim. Toʻgʻrirogʻi, yuqorida sizga bergan savolimga hali toʻliq javob ololganim yoʻq. Siz yaratgan yangi teg orqali katta-kichik harf bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalarning nomida xato borligini tan olganingizni (tegda «katta/kichik harf qoʻllanilishi bilan bogʻliq xato» deb yozgansiz), shunday sahifalarni men koʻrsatib chiqayatgan {{db-redirtypo}} tegi ham, siz yaratgan {{R from miscapitalisation}} teg ham bir turkum ostiga yigʻishini tushundim (birinchi holatda sahifa oʻchiriladi, ikkinchisida — oʻchirilmaydi). Sahifa oʻchirilsa, maqolalarni topishda qulaylik kamaymasligi menga maʼlum (muhammad yusuf, muhammad Yusuf, Muhammad yusuf nomlarini Vikipediyadan qidirganda, avtomatik tarzda Muhammad Yusuf maqolasiga o‘tiladi). Sahifa oʻchirilmasa, maqolalarni topishda qulaylikni ortishini qayta-qayta taʼkidlayapsiz. Qulaylikni qanday ortishini sizdan bilsak boʻladimi? Misol keltirolasizmi? — Kagansky (munozara) 11:28, 30-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Misol uchun, qidiruvda. Yoki biror yoʻnaltiruvchi sahifa katta-kichik harf bilan farqlangan tarzda biror-bir maqolada ishlatilgan boʻlishi mumkin. Bu holatda, biz yoʻnaltiruvchi sahifani oʻchirsak, ishlatilgan maqoladagi bu sahifa qizil (yaʼni, yaratilinmagan sahifa) boʻlib qoladi. Shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida. Bu kabi yoʻnaltiruvchi sahifalar oʻzbekcha Vikipediyada juda koʻp va zararsizdir. Shuningdek, mana bu sahifa bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Malikxan munozara 15:36, 30-Yanvar 2021 (UTC)[javob berish]
Demak, nomida xatosi bor yoʻnaltiruvchi sahifalarni tezda oʻchirishga nomzod qilishda (qoldirmaslikka) hech qanday toʻsiq yoʻq. Faqat, yuqorida aytib oʻtilgan holat kuzatilsagina, qizil (yaʼni, yaratilmagan sahifa) boʻlib qolmasligi uchun, ularning nomlari koʻrsatilgan maqolalarda toʻgʻri nomlanganiga tuzatilsa kifoya boʻladi. Tuzatadigan foydalanuvchi topilmasa esa, qoldirish kerak boʻladi. Shundaymi? (Men tezda oʻchirishga nomzod, {{db-redirtypo}} tegli sahifalar ichidan 30 tasidagina (2700dan 1%) yuqorida aytib oʻtilgan holatni aniqlab, maqolalardagi sahifa nomlarini toʻgʻri nomlanganiga tuzatib qoʻydim. Birranga Tog‘/'/`larida va Muhammad yusufda bunday holatni kuzatmadim). — Kagansky (munozara) 03:06, 1-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]
Qani endi bittagina Muhammad yusuf kabi maqolalar shunday boʻlsa. Siz faqat 2 700 tacha sahifaga {{db-redirtypo}} tegini qoʻshgansiz, biroq bu kabi sahifalar son mingta. ... 30 tasidagina (2700dan 1%) yuqorida aytib oʻtilgan holatni aniqlab, ... — 2 700 sahifani tekshirib chiqdingizmi? Manzur tutasiz, siz bergan koʻrsatgichga ishonib, 2 700 ta sahifan 30 tadan tashqarisida bu kabi muammolar yoʻq, shu sababdan oʻchirish kerak deya ayta olmaymiz. TOʻM turkumidagi yoʻnaltiruvchi sahifalardagi {{db-redirtypo}} ni {{R from miscapitalisation}} bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir. Malikxan munozara 06:34, 1-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]
«Biz bu turkumdagi sahifalarni qoldirishimiz yoki yoʻqotishimiz kerak. Fikrimcha, bu kabi yoʻnaltiruvchi sahifalarni qoldirganimiz yaxshi. … Bu maqolalarni topishda qulaylikni oshiradi.» — deb, siz yozganmisiz? Undan tashqari, bu yerda, oʻzingiz yaqindagina yaratgan andozada taʼkidlaganingizdek, «katta/kichik harf qoʻllanilishi bilan bogʻliq xato»ni muhokama qilyapmiz shekilli? Menga, Malikxanning nomidan bir kishi emas, koʻpchilik yozayatgandek tuyulyapti. Men 2 700 ga yaqin (2 692 ta), {{db-redirtypo}} tegi toʻgʻri koʻrsatilgan sahifalar ichidan nomida «katta/kichik harf qoʻllanilishi bilan bogʻliq xato»si borlarining har birini tekshirib chiqib, ulardan faqatgina 30 tasidagina, siz yuqorida taʼkidlagan, qulaylikni kamaytiruvchi omillarni aniqlab, ularni yoʻqotdim. Mayli, bugun nomida xatosi bor deb, {{db-redirtypo}} tegi koʻrsatilgan barcha 2 692 ta sahifaning har birini qayta koʻrib chiqib, sizga eng soʻnggi, qatʼiy aniqlangan, oxirgi soʻzimni aytaman. Hozircha esa, mana bu sahifa bilan tanishib chiqishingiz mumkin. — Kagansky (munozara) 17:20, 1-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]
Men hali hamon bu yoʻnaltiruvchi sahifalarni qoldirish tarafdoriman, yuqorida aytayotganim, sizning tekshirib chiqdim degan gapingiz asos boʻlmasligini aytayabman. Yuqoridagi uzundan-uzun tushunarsiz gaplaringizga javob berib oʻtirmayman. TL;DR. Boshqa foydalanuvchilar ham fikrini bildirishini kuting, forum toʻlib ketdi. Ha aytgancha, tavsiya etgan maqolangizni oʻzingiz ham bir qayta oʻqing. Malikxan munozara 08:14, 2-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]
Xullaskalom, (ВП:РЕДИР) xatoligi yuz foiz aniq boʻlgan redirectlarning oʻchirilishi; nomi nufuzli manbalarda qoʻllanilgan, yaʼni koʻpchilik toʻgʻri deb oʻylashi mumkin boʻlgan, xato redirectlarning (Yozuvchilar Uyushmasi → Yozuvchilar uyushmasi; Hayol → Xayol) qoldirilishi toʻgʻri boʻladi. Boshqa foydalanuvchilar ham fikrini bildirishini kutib qolamiz. — Kagansky (munozara) 10:49, 2-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]
@Malikxan:, men oʻzimni test tahririmni qaytardim. Sizdan esa, xulosa chiqarilguniga qadar bunga oʻxshash tahrirlarni qilmasligingizni soʻrab qolaman. Undan tashqari, ushbu boʻlim bilan bogʻliq mavzuga, xolis yondashadigan foydalanuvchi xulosa chiqarishini talab qilaman. — Kagansky (munozara) 16:43, 3-Fevral 2021 (UTC)[javob berish]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Yakuniy xulosa: ʻ, ' va ʼ belgilari bilan farqlangan yoʻnaltiruvchi sahifalar oʻchirilmaydi. Katta-kichik harf bilan farqlangan (masalan, Birranga Togʻlari, Muhammad yusuf va hkz.) yoʻnaltiruvchi sahifalar oʻchiriladi (Nufuzli manbalarda koʻrsatilgan nom bundan mustasno). Malikxan munozara 12:06, 23-Iyun 2021 (UTC)[javob berish]