Vikipediya:Forum/Arxiv/Bosh sahifa/2013

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza mavzusi. Infobox degan inglizcha atamani qanday tarjima qilamiz? Chatda taklif etilgan variantlar ichida axborot qutisi, maʼlumot qutisi bor; kartochka va bilgiquti nomlari esa amalda. Abdulla munozara 11:21, 7 yanvar 2013 (UTC)

  • bilgiquti ga ancha oʻrganib qoldik. axborot qutisi, maʼlumot qutisi kabi soʻz birikmalaridan koʻra bilgiquti maʼqul! kartochka ruschaga yaqin! IMHO MrErgashev (munozara) 13:53, 7 yanvar 2013 (UTC).
Turkchadan oʻzlashgan Bilgi soʻzini sal tushunmayapman-da, xuddi belgi soʻziga oʻxshab ketadi. -gi qoʻshimchasi kulgu, sezgi, sevgi, … kabi soʻzlarda ishtirok etadi, va bilmoq + gi birikmasi faqat bilim maʼnosini berishi mumkin, lekin Info soʻzi oʻzbekchaga maʼlumot deb tarjima qilinadi, bilim emas. — CoderSI munozara 18:00, 7 yanvar 2013 (UTC).

Vikipediyamizdagi matn oʻqilishi siz uchun qulaymi? Boshqa font tadbiq qilish mumkin, bu yerda bir necha misollar berdim. Yoki amaldagi fontni qoldiraveramizmi? Abdulla munozara 09:48, 16 yanvar 2013 (UTC)

Boshqa shriftlarni koʻrib chiqib, amaldagi shrift maʼqul ekan degan fikrga keldim.--Sociologist--munozara-- 06:27, 23 yanvar 2013 (UTC)
Georgia juda ham chiroyli ekan. Nataev munozara 06:32, 23 yanvar 2013 (UTC)

Bizda endi bitta rasmiyatchi bor. Rasmiyatchi tayinli foydalanuvchini administrator etib tayinlashi, biror hisobga bot mavqeʼini berishi, foydalanuvchi ismini oʻzgartirishi mumkin. Bunday talablarni munozaramga yozishingiz mumkin. Abdulla munozara 07:34, 8 fevral 2013 (UTC)

Internet Explorer maqolasi unvonini bekor qilish[manbasini tahrirlash]

80000-maqola muborak! Foydalanuvchi:Amir.Temur boshlagan Armatura sakson minginchi boʻldi. Abdulla munozara 07:23, 14 fevral 2013 (UTC)

Interviki --> Vikidata[manbasini tahrirlash]

Qadrli foydalanuvchilar, bugundan boshlab Wikidata loyihasi Oʻzbek Vikipediyasida ham ishga tushirildi. Vikidataning bir qancha qulayliklari mavjud boʻlib, u kelajakda barcha tillardagi vikipediyalar va boshqa viki-loyihalar oʻrtasida axborotning bir xilligi, zamonga mosligini taʼminlashga yordam beradi. Vikidataning birinchi bosqichi — bu intervikilarni yagona omborda saqlashdir. Ahamiyat bersangiz, "Quyosh" maqolasidan barcha intervikilarni oʻchirib tashladim, ammo, maqolani ochganingizda intervikilar joyida turibdi. Bu degani, bu intervikilar Vikidatagi "Q525 — Quyosh" sahifasidan kelmoqda. Endi botlar har bir tildagi vikipediyaga intervikilarni qoʻshib oʻtirishlari shart emas, intervikilar faqat oʻsha "Q525 — Quyosh" sahifaga qoʻshilsa, u avtomatik tarzda barcha tildagi vikipediyalarda paydo boʻladi. Vikidatadagi har bir nom muayyan tilda emas, balki „Q“ harfi bilan boshlanuvchi kod bilan belgilanadi. Har bir nomning oʻziga tegishli „P“ harfi bilan boshlanuvchi xususiyatlari ham bor. Masalan, unga bogʻlangan "tasvir (P18)" va hokazo. Bunday xossalar keyinchalik, bilgiqutilardagi maʼlumotlarni tuzishda va yangilab turishda as qotadi.

Hozirchalik esa, bizda intervikilarni umumlashtirish, botlar faoliyatini kamaytirish — bu degani serverlarga boʻlgan yukni kamaytirish imkoniyati ochildi. Yana bir foydali tarafi shundaki, baʼzi maqolalarda intervikilarning hajmi asosiy matn hajmidan koʻp boʻlib ketishini oldini olish. Bu maqola tahrirlashda ishni osonlashtirib, ochilgan tahrir oynasini koʻrinishini yaxshilaydi.

Ana shu yuqorida aytib oʻtilgan foydali xususiyatlarni Oʻzbek Vikipediyasida joriy etish uchun, maqolalarimizdan intervikilarni oʻchirib chiqishni va keyinchalik intervikilarni faqat Vikidata sahifalarida qoʻshishni taklif etaman. Yaʼni, deylik, men „Chorvoq (suv ombori)“ haqida maqola yaratdim va intervikilarni faqatgina Vikidatani oʻzida "[[uz:Chorvoq (suv ombori)]]" deya qoʻshaman. Shunda oʻzbek tiliga tegishli interviki havolasi avtomatik ravishda barcha tillardagi shu maqolada paydo boʻladi. Ushbu taklifga javobingizni kutib qolaman. Hurmat bilan, Casual (munozara) 22:55, 6 mart 2013 (UTC).

  • Tushunishim bo'yicha buni yanggi maqola yozganimizda ma'qul. Shunaqami? Yoki eski maqolalani ham tahrirlab chiqish kerakmi?MrErgashev (munozara) 04:35, 7 mart 2013 (UTC).
    • Ha, bu faqat yangi maqolalar uchun taalluqli. Eskilarini bot bilan tuzatib chiqish mumkin. Abdulla munozara 05:53, 7 mart 2013 (UTC)

Central Asia 2013[manbasini tahrirlash]

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi 2013-yil 22—26-aprel kunlarida Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari degan xalqaro konferensiya oʻtkazmoqchi va unga vikipediyachilar ham taklif etiladi. Qatnashmoqchi boʻlganlar oʻsha sahifa ostida berilgan arizani toʻldirib, koʻrsatilgan emaillarga yuborishlari kerak. PS. VP:MAJLIS qilib yuboramiz :-) Abdulla munozara 05:29, 15 mart 2013 (UTC)

Diqqat: 24-aprel kuni soat 12:30 da Toshkentdagi City Palace mehmonxonasida Vikipediya haqida maʼruza oʻqiladi. Abdulla munozara 05:42, 23 Aprel 2013 (UTC)
Maʼruza bekor qilindi, bekor borganim qoldi. Biroq Illinois Universitetidan kelgan ilmiy xodim bilan fikr almashdik, Wikipedia'ni rosa maqtadi, ishida asqotishini, universitetdagilar ham uni tahrirlab turishini aytdi. Abdulla munozara 09:16, 24 Aprel 2013 (UTC)

Mil. av. → EA[manbasini tahrirlash]

Eramizdan avvalgi yil va asrlar hozir mil. av. deb nomlangan. Bu noqulay va diniy konnotatsiyasi bor (milodga bogʻlangan), shuning uchun bu kabi maqola nomlarini EA bilan boshlashni taklif qilaman (masalan, Mil. av. 1000EA 1000). PS. Boshqa tillarda bunday. Abdulla munozara 11:04, 11 mart 2013 (UTC)

  • Mil. av. 1000 variantida bir qarashdayoq nima haqda gap ketayotganini tushundim. EA 1000 esa menga notanish format. Biror joyda ishlatilganmi/ishlatiladimi u? --Sociologist--munozara-- 10:41, 11 mart 2013 (UTC)
Aynan bunday qisqartmani topa olmadim, lekin „eramizdan avvalgi“ iborasi tez-tez ishlatiladi. Abdulla munozara 10:46, 11 mart 2013 (UTC)
  •  Roziman. „Miloddan (Kristmasdan) avval“ neytral emas. „Eramizdan avval“ yoki „e.a.“ ishlatilishi tarafdoriman. Nataev munozara 10:44, 11 mart 2013 (UTC)
  • Demak, hozir bizda bunday variantlar bor:
  1. Mil. av.
     Roziman. Menimcha, har narsani dinga bogʻlayverish shart emas. Sizu bizdan avval oʻzbekcha ensiklopediya yozganlar (masalan, Toshkent haqidagi maqolada - "милод") ham "era" degan ruscha soʻzdan koʻra, oʻzbekcha gapiradigan kishiga yaqinroq "milod" degan soʻzni ishlatishgan. - Muhrim 11:32, 11 mart 2013 (UTC)
    Keltirilgan manbada bir joyda мил. ав., boshqa joyda esa Мил.ав. (boʻshliqsiz) yozilgan. Qaysi biri toʻgʻri? Abdulla munozara 11:35, 11 mart 2013 (UTC)
  2. Mil. avv.
  3. E.a.
  4. EA
  5. Eramizdan avval
  6. Eramizdan avvalgi
     Roziman. Shu variant (uzun boʻlsa ham) yaxshi koʻrinyapti menga. Misol: Eramizdan avvalgi 768 — Sociologist--munozara-- 11:00, 11 mart 2013 (UTC)
    Asos: 1) koʻp ishlatilish borasida 2-chi yoki 3-chi oʻrinda turadi: Miloddan avvalgi (va ehtimol Mil.av.) variantlaridan keyin: MA vs EA), 2) neytral, 3) tushunarli. -- Sociologist--munozara-- 18:11, 11 mart 2013 (UTC)
     Roziman. Casual (munozara) 11:19, 11 mart 2013 (UTC)
  7. Miloddan avval
  8. Miloddan avvalgi

Shulardan bittasiga kelishish zarur. Qolganlari kelishilgan variantga yoʻnaltirish qilinadi. Abdulla munozara 10:53, 11 mart 2013 (UTC)

  • Mil.av. deganimiz maʼqulroq — Amir.Temur (munozara) 11:25, 11 mart 2013 (UTC)
    • Mil.av. deb yozdingiz, boshqa odam mil. av. (boʻshliq bilan) yozadi, yana boshqasi esa mil. avv. deyishi, chalkashlik boʻlishi mumkin. Abdulla munozara 11:31, 11 mart 2013 (UTC)
      • Vikipediya uchun balki standart qilish kerakdir, uzunini, masalan: miloddan avvalgi. - Muhrim 11:41, 11 mart 2013 (UTC)
  • EA ni ko'rganda man EA Games ni tushunaman. Qisqartma shaklda qo'llaniladigan bo'lsa, Mil. av. yoki to'liq Eramizdan avvalgi deb yozilgani ma'qul. IMHO MrErgashev (munozara) 13:45, 11 mart 2013 (UTC).
  1. Er.av. nomzodini kiritaman. Qolgan barcha variantlar (hatto er. av. ham) redirect bo‘lsa juda yaxshu ish bo‘lar edi. CoderSI munozara 16:56, 11 mart 2013 (UTC).
  • Atala boʻlib ketdi. Hozircha bot bilan Miloddan avvalgi va uning variantlaridan (mil.avv., miloddan avval, mil.av.) mavjud versiyaga (mil. av.) yoʻnaltirishlar yasadim, tayinli variantga kelishganimizda koʻchirishni boshlayman. Oʻlganning ustiga tepgandek, miloddan oldingi va eramizdan oldingi ifodalari ham amalda ekan. Abdulla munozara 11:45, 19 mart 2013 (UTC)

Sana va oʻnli kasrlar[manbasini tahrirlash]

Bildiruv: Bugzillaʼda bunday iltimos ochdim. Sanalar MediaWiki tizimida kun oy (msl, 22 mart) emas, balki kun-oy (22-mart) boʻlib koʻrinsin; sonlar esa 12,345.67 emas (msl, statistika sahifasida), balki 12 345,67 boʻlib tasvirlansin, dedim. Abdulla munozara 12:45, 22 mart 2013 (UTC)

Article 100 000[manbasini tahrirlash]

Dear Colleagues! Sorry that I address in English. On behalf of the Hungarian Wikipedia community, I would like to congratulate you on the occasion of achieving your 100 000th article. Wish you many more beautiful articles and joyful work together. --Burumbátor (munozara) 06:17, 23 mart 2013 (UTC)

Thank you! :) --Casual (munozara) 07:05, 23 mart 2013 (UTC).
Köszönöm szépen! Nataev munozara 07:32, 23 mart 2013 (UTC)
Thank you. --Sociologist--munozara-- 08:08, 23 mart 2013 (UTC)
Yay! Many thanks :-) Abdulla munozara 09:55, 23 mart 2013 (UTC)

Телевизион савол-жавоб ўйини[manbasini tahrirlash]

Салом!

Салом Алмата конференцияси қатнашувчи Lyncosка!

Башкирское телевидение (Уфа, Россия) проводит телевизионную викторину «Алтын тирмә» (Золотая юрта). Участвуют две команды, командам предлагается вопрос и четыре ответа.

Для одной передачи вопросы приготовили участники башкирской Википедии.

В планах провести игру, где вопросы будут приготовлены участниками других Википедий. Будем Вам благодарны если примите участие в нашем проекте!

Вопросы должны быть общеизвестные, желательно о вашей стране и культуре. Предложить четыре ответа, один из них должен быть правильный и кратко обоснованный, вопрос или ответ можно сопроводить рисунками. Сообщите ваше имя и пришлите свою фотографию на мой ящик zsaliho@mail.ru

Архив телевикторины

Раҳмат! --176.213.229.198 15:50, 3 Aprel 2013 (UTC) [1]

Tanlangan surat[manbasini tahrirlash]

Menda bir taklif bor edi, taklifim shuki bosh sahifamizga tanlangan surat sifatida milliy qadriyatlarimizni qoʻysak masalan: milliy cholgʻu asboblarimiz, kiyimlarimiz, naqshlarimiz, taomlarimiz v.b. Hurmat bilan — Amir.Temur (munozara) 06:13, 10 Aprel 2013 (UTC)

 Roziman. Vikipediyamiz bosh sahifasini yana bir bor goʻzallashtirgan boʻlar edi. — CoderSI munozara 15:21, 10 Aprel 2013 (UTC).
 Roziman. Yahshi fikr.Akbarskiy (munozara) 16:44, 10 Aprel 2013 (UTC)
 Roziman. Faqat commonsda milliy madaniyatimizga oid sifatli suratlar kamda. Har kuni yangilaydigan boʻlsak koʻpga yetmaydi. — Sociologist--munozara-- 13:41, 11 Aprel 2013 (UTC)
 Roziman. Fikringiz juda yoqdi! Agar bizga oid suratlar tamom boʻlsa, boshqa suratlarni ham qoʻyishga oʻtishimiz mumkin. —Casual (munozara) 07:17, 12 Aprel 2013 (UTC).
Bu yerda tajriba qilib koʻrdim, keng ekranda (1920x1080) oʻng ustun chap ustundan uzunroq boʻlib chiqdi. Darvoqe, faqat milliy suratlarni qoʻyishga qarshiman, Vikipediya kosmopolit loyiha, unda milliy mavzular bilan birgalikda turli-tuman mavzular yoritilishi kerak. Abdulla munozara 11:05, 12 Aprel 2013 (UTC)
Agar Yaxshi maqola matni Tanlangan maqolanikidek hajmda koʻpaytirilsa, tenglashib qoladi, deb oʻylayman. Bu yerdagidek, Tanlangan tasvirni tepaga, Tanlangan maqola yoniga joylashtirsak ham boʻladi. CoderSI munozara 18:13, 15 Aprel 2013 (UTC).
Chap va oʻng ustunlar teng kelishi uchun {{Yaxshi maqola}} va {{Tanlangan maqola}} matnlarini qisqartirib, {{Tanlangan tasvir}}ni pastga olsak-chi (enwikidagidek)? Abdulla munozara 07:15, 16 Aprel 2013 (UTC)
Bo`ladi - --213.230.99.238 10:30, 16 Aprel 2013 (UTC).
Ruscha vikipediyadagidek pastga joylashtirsa ham boʻladi. Oʻng tomonda koʻproq joy ochiladi va bu joydan har xil maqsadlarda foydalanish mumkin boʻladi. CoderSI munozara 16:55, 20 Aprel 2013 (UTC).
 Roziman. Turli mavzularda boʻlsa yahshi chiqadi. Faqat Sharti boʻlishi kerak, foydalanuvchilar oʻzi olgan suratlar shunda mualliflik huquqi degan buzilmiydi. --Mirzoulugʻbek (munozara) 18:29, 20 Aprel 2013 (UTC)

 Bajarildi, Bosh Sahifaga tegishli boʻlim qoʻshildi. Abdulla munozara 07:14, 29 Aprel 2013 (UTC)

(Please consider translating this message for the benefit of your fellow Wikimedians. Please also consider translating the proposal.)

Read this message in English / Lleer esti mensaxe n'asturianu / বাংলায় এই বার্তাটি পড়ুন / Llegiu aquest missatge en català / Læs denne besked på dansk / Lies diese Nachricht auf Deutsch / Leś cal mesag' chè in Emiliàn / Leer este mensaje en español / Lue tämä viesti suomeksi / Lire ce message en français / Ler esta mensaxe en galego / हिन्दी / Pročitajte ovu poruku na hrvatskom / Baca pesan ini dalam Bahasa Indonesia / Leggi questo messaggio in italiano / ಈ ಸಂದೇಶವನ್ನು ಕನ್ನಡದಲ್ಲಿ ಓದಿ / Aqra dan il-messaġġ bil-Malti / norsk (bokmål) / Lees dit bericht in het Nederlands / Przeczytaj tę wiadomość po polsku / Citiți acest mesaj în română / Прочитать это сообщение на русском / Farriintaan ku aqri Af-Soomaali / Pročitaj ovu poruku na srpskom (Прочитај ову поруку на српском) / อ่านข้อความนี้ในภาษาไทย / Прочитати це повідомлення українською мовою / Đọc thông báo bằng tiếng Việt / 使用中文阅读本信息。

Hello!

There is a new request for comment on Meta-Wiki concerning the removal of administrative rights from long-term inactive Wikimedians. Generally, this proposal from stewards would apply to wikis without an administrators' review process.

We are also compiling a list of projects with procedures for removing inactive administrators on the talk page of the request for comment. Feel free to add your project(s) to the list if you have a policy on administrator inactivity.

All input is appreciated. The discussion may close as soon as 21 May 2013 (2013-05-21), but this will be extended if needed.

Thanks, Billinghurst (thanks to all the translators!) 05:27, 24 Aprel 2013 (UTC)

Distributed via Global message delivery (Wrong page? You can fix it.)

Qarashlar statistikasi[manbasini tahrirlash]

2013-yil aprelda eng koʻp qaralgan maqolalar roʻyxati tayyorlandi: Vikipediya:Ommabop sahifalar. Abdulla munozara 06:33, 3 iyun 2013 (UTC)

Avgust oyida VikiMajlis uyushtirilmoqda, istagan foydalanuvchilar qoʻshilishlari mumkin. Batafsil bu yerda. Abdulla munozara 10:48, 7 iyun 2013 (UTC)