Vikipediya:Feminizm va folklor/2026
Marafonning maqsadi „Feminizm va folklor“ mavzularini yoritishdan iborat. An’anaviy xalq madaniyati va ayollar mavzulari bilan bog‘liq hodisalar haqida yangi maqolalar yaratish va mavjudlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Barcha ishtiyoqmandlar taklif etiladi. Ishtirokchilar yoshi, jinsi, Vikimedia loyihalarida ishtirok etish tajribasi, yashaydigan mamlakati yoki mintaqasidan qat’i nazar qatnashishlari mumkin.
Muayyan mavzu bo‘yicha maqolani topish yoki yaratishni boshlash uchun quyidagi oynaga kerakli soʻzni kiriting va tugmani bosing.
Qoidalar
[manbasini tahrirlash]- Tanlovda roʻyxatdan oʻtgan barcha ishtirokchilar qatnasha oladi (roʻyxatdan oʻtish vaqti muhim emas).
- Quyidagi mezonlarga javob beradigan maqolalar tanlovda koʻrib chiqiladi:
- Maqola siz tomoningizdan 2026-yilning 17-fevralidan 31-martiga qadar (Toshkent vaqti bilan) oʻzbek tilida yozilgan yoki sezilarli darajada toʻldirilgan boʻlishi kerak.
- Maqolaning mavzusi quyida keltirilgan roʻyxatlardan olinishi shart.
- Yangi maqola kamida 300 soʻzdan iborat boʻlishi, hajmi esa kamida 3 000 bayt boʻlishi kerak.
- Maqola mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi, maqolada nufuzli manbalar boʻlishi kerak.
- Maqola mashina tarjimasidan iborat boʻlmasligi kerak.
- Maqolada kamchiliklardan darak beruvchi andozalar (masalan, {{Mustad}}, {{Betaraflik}}, {{Manbasiz}} va boshqalar) boʻlmasligi kerak.
- Yuqoridagi mezonlarga javob beradigan har bir maqola 1 ballda 3 ballgacha olishi mumkin (qoʻshimcha har 100 soʻz uchun 1 ball beriladi).
Eslatma
[manbasini tahrirlash]- Yangi maqola yaratish oʻrniga, mavjud maqolalardan biriga maʼlumot va manbalar qoʻshib, ularni yaxshi holatga keltirish orqali ham tanlovda ishtirok etish mumkin. Ammo matndagi xatolarni tahrirlash, bilgiquti va andozalarni qoʻshish kabi hissa bilan kifoyalangan holatlarga ball berilmaydi. Sanab oʻtilgan hissalar bilan bir qatorda, 300 tadan ortiq soʻz qoʻshilgan maqolalargina baholanadi.
Nima yozaman?
[manbasini tahrirlash]Oʻzbekcha Vikipediyada mavjud boʻlmagan, folklor va feminizmga oid maqolalar kiritish mumkin.
Ishtirokchilar
[manbasini tahrirlash]Imzo qoʻyish orqali ishtirokchi ekanligizni qayd etishingzidan mamnun boʻlamiz!!
- Sitora Oblakulova (munozara) 09:45, 2026-yil 4-mart (UTC)
- Mirishkorlik (munozara) 10:07, 2026-yil 10-mart (UTC)
- NeoJadid (munozara) 14:46, 2026-yil 14-mart (UTC)
- Mupapap (munozara) 16:03, 2026-yil 15-mart (UTC)
- MrKrasav4ik (munozara) 18:14, 2026-yil 15-mart (UTC)
Sovgʻalar
[manbasini tahrirlash]Xalqaro bosqich
[manbasini tahrirlash]Ishtirokchilar xalqaro bosqichda quyidagicha taqdirlanadi (eng ko‘p maqola yozgan ishtirokchilar). Mahalliy miqyosda yaratilgan maqolalar avtomatik tarzda xalqaro bosqichda hisobga olinadi:
- 1-oʻrin: 300 AQSH dollari
- 2-oʻrin: 200 AQSH dollari
- 3-oʻrin: 100 AQSH dollari
- Kuchli 10 talik: 50 AQSH dollari
Mahalliy bosqich
[manbasini tahrirlash]- 1-oʻrin: 25 AQSH dollari
- 2-oʻrin: 20 AQSH dollari
- Hakamlar tanlagan maqola: 15 AQSH dollari
Shuningdek, har bir ishtirokchi Vikipediyaning 25 yillik bayrami uchun chiqarilgan elektron postcard bilan taqdirlanadi.