Vikipediya:Asboblar/Qalqib chiquvchi oynalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigation popups enwiki Vector.png

Qalqib chiquvchi oynalar yoki navigatsiya qalqib chiquvchi oynalari kursorni ishoratlar ustiga olib kelganda qalqib chiqadigan oynalar orqali foydalanuvchilarga Vikipediyaning bir necha funksiyalariga tez va oson kirish imkonini taqdim etuvchi gadjetdir. Gadjet JavaScript dasturlash tilida yozilgan. Ushbu gadjetni Reference Tooltips gadjeti bilan adashtirmaslik lozim.

Faollashtirish[manbasini tahrirlash]

„Qalqib chiquvchi oynalar“ gadjetini faollashtirish uchun Vikipediyada hisobingiz boʻlishi lozim.

Gadjetni faollashtirish uchun Maxsus:Preferences sahifasidagi „Gadjetlar“ tugmasini bosing. Shunda, yangi oyna ochiladi. Ochilgan oynada „Koʻrinish“ boʻlimini topib, undagi „Qalqib chiquvchi oynalar“ darchasini belgilang.