Vijender Singh
Vijender Singh | |
---|---|
![]() Singh Femina Miss Hindiston 2014-yilda | |
Statistikasi | |
Asl ismi | Vijender Singh Beniwal |
Laqabi | Singh |
Vazni | Super-middleweight |
Millati | Hind |
Tavalludi |
29-oktabr 1985-yil Kaluwas, Bhiwani|Kaluwas, Haryana, Hindiston |
Uslubi | Orthodox |
Vijender Singh Benival (1985-yil 29-oktabrda tugʻilgan) — hind professional bokschisi va siyosatchisi hisoblanadi. Havaskor sifatida u 2008-yil Pekin Olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritib, Olimpiada medalini qoʻlga kiritgan birinchi hindistonlik bokschi boʻldi. Shuningdek, u 2009-yilgi Jahon chempionati va 2010-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida bronza medallarini, shuningdek, 2006 va 2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Mana shu boʻlib oʻtgan barcha chempionat oʻyinlari oʻrta vazn toifasida boʻlib oʻtgan edi[1].
Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vijender Singh 1985-yil 29-oktyabrda Kaluvas qishlogʻidan tugʻilgan. Bhivaning Haryana shahridan 5 km yaʼni 3.1 mi uzoqlikda joylashgan, Jat oilasida[2]dunyoga kelgan. Uning otasi Mahipal Singh Benival Haryana yoʻlida avtobus haydovchisi boʻlib ishlaydi, onasi esa uy bekasi[3]. Otasi qoʻshimcha ish haqi uchun, Vijender va uning akasi Manojning oʻqishi uchun qoʻshimcha soatlarni aftobusni qoʻshimcha ravishda haydab pul miqdorini topishga urinib toʻlovlarni amalga oshirib beradi[4][5][6]. Vijender boshlangʻich maktabni Kaluvasda, oʻrta maktabni Bhiwanida oʻqidi va nihoyat Bhivanidagi Vaish kollejida bakalavr darajasini oladi[7][8]. U 2011-yilda Archana Singhga uylanib, oila qurishgan. Ularning Abir Singh va Amrik Singh degan ikki nafar o‘g‘illari bor[9][10][11].
Havaskor boksdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ishni boshlash[tahrir | manbasini tahrirlash]
U Bhiwani boks klubida mashq qildi, u yerda sobiq milliy darajadagi bokschi va Jagdish Singh uning isteʼdodini tan oldi. Vijender uchun birinchi eʼtirof u shtat darajasidagi musobaqada gʻalaba qozonganida boʻlgan edi. Vijender 1997-yilda oʻzining birinchi kichik oʻrtasidagi oʻyinlarda kumush medalni qoʻlga kiritdi va 2000-yilgi milliy musobaqalarda birinchi bor oltin medalini qoʻlga kiritadi[12]. 2003-yilda u boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida butun Hindiston chempioni boʻlishga erishadi. Biroq, burilish nuqtasi 2003-yilgi Afro-Osiyo oʻyinlarida boʻlib oʻtdi. Yosh bokschi boʻlishiga qaramay, Vijender tanlov sinovlarida qatnashdi va kumush medalni qoʻlga kiritish uchun mardonavor kurashgan bokschi uchrashuvga tanlanib olindi[12]. Singh bokschilar Mike Tyson va Muhammad Ali, boks promouteri Don King va Rokki qahramoni Rokki Balbaoni kabi bokschilarni faoliyatiga juda ham qiziqish bildirib faoliyatini yanada muhammallashtirishga erishishga intiladi, mahshur bokschilar oʻz taʼsirlarini koʻrsata olganligi sabba boksda yacshi natijalarga erishmoqda[13].
2004-2007: Afina Olimpiadasi va Hamdoʻstlik oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vijender 2004-yilgi Afina Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yarim oʻrta vazn toifasida ishtirok etgan, biroq turkiyalik Mustafo Karagolluga 20-25 hisobida yutqazib qoʻygan[14]. 2006-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida u yarim finalda angliyalik Nil Perkinsni magʻlub etgan boʻlsa ham, ammo finalda janubiy afrikalik Bongani Mvelasega yutqazib qoʻyadi va bokschi kumush medal bilan sahnaga chiqadi[14]. U vaznini yanada oshirishga qaror qiladi va Vijender oʻrta vaznda 75 kg vazni bilan 2006-yilda Dohada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida qozogʻistonlik Baxtiyar Artayevga 24-29 hisobida magʻlub boʻlgan yarim final jangida bronza medalini qoʻlga kiritadi. Dastlab Vijender bel jarohati tufayli musobaqalarda qatnashmasligi kerak edi, biroq u turnirda g‘alaba qozonish va 2008-yilgi Pekin Olimpiadasiga yo‘llanma olish uchun o‘z vaqtida tuzalib ketadi[15].
2008-2009: Pekin Olimpiadasi va AIBA reytingi yuqori[tahrir | manbasini tahrirlash]
Germaniyadagi gʻalabalardan soʻng, Vijenderning Olimpiada uchun mashgʻulotlari Patiala shahrida davom etdi, u yerda Olimpiadaga boradigan hindistonlik bokschilar lager oʻtkazdilarManba xatosi: The opening <ref>
tag is malformed or has a bad name. Vijenderga Dinesh Kumar, Axil Kumar, Jitender Kumar va Antharish Lakra bokschilar hamrohlik qilishadi. Hindiston havaskor boks federatsiyasi (IABF) besh nafar hindistonlik bokschining ehtimoliy raqiblari ishtirokidagi janglarni suratga olish uchun videografni yubordi. Murabbiylar guruhi Patialadagi Milliy sport instituti videografi Sambhu tomonidan suratga olingan videotasvirni koʻrib chiqishdi va Vijender va boshqalarni raqibning manevrlari va jang qilish texnikasiga tayyorlash uchun turli mamlakatlar bokschilarining texnikasini batafsil oʻrganib chiqishdi[16].
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida boks — oʻrta vazn;
- 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida boks — erkaklar oʻrtasida oʻrta vazn.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Vijender Singh - BoxRec“. boxrec.com. Qaraldi: 21-noyabr 2019-yil.
- ↑ „'Bhai jaat hu na andh bhakt nhi': Vijender Singh's KO punch to user who asked him to focus on boxing“. The Free Press Journal (7-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 28-avgust 2021-yil. „"... jaat hu ..."“.
- ↑ „Vijender Singh to marry on Tuesday“. Sify news. Qaraldi: 3-mart 2013-yil.
- ↑ Bakshi, Akshuna. „Vijender Singh: From Bhiwani to Beijing“. View Magazine. Dynasty Communication (14-fevral 2009-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2009-yil. „"His struggle from the small town of Bhiwani to Beijing wasn’t a cake walk. His father, a bus driver, did overtime to raise money for Vijender’s training.Vijender himself had to go through the mill in order to sponsor his training at the Bhiwani Boxing Club run by national level boxer and coach Jagdish Singh. He worked sidewise and even tried his hand at modelling to support his coaching."“.
- ↑ „Indian boxer Vijender mobbed after historic medal“. Agence France-Presse (20-avgust 2008-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2009-yil.
- ↑ Jayaram, Rahul. „If I fight again I'll beat him for sure [... I won't make the same mistakes again“]. The Telegraph (Kolkata) (31-avgust 2008-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2009-yil.
- ↑ Bakshi, Akshuna. „Vijender Singh: From Bhiwani to Beijing“. View Magazine. Dynasty Communication (14-fevral 2009-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2009-yil.
- ↑ „Vijender Singh Birthday Special: The Ace Boxer's Story Is Truly Inspiring“. Dailyhunt. Verse Innovation. — „"The boxer took his initial education in his village and then got his Bachelor's degree from Vaish College of Bhiwani. In the initial days, his elder brother Manoj decided to learn boxing, so Vijender decided to join boxing."“. Qaraldi: 6-fevral 2019-yil.
- ↑ „Vijender Singh shares photo with son Abir along with a cute little message“ (en). mid-day (13-fevral 2018-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2019-yil.
- ↑ „It's a boy! Boxer Vijender Singh becomes a dad for the second time“ (en). in.com. 15-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Vijender Singh blessed with a baby boy“. Business Standard India. Press Trust of India (14-may 2019-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2019-yil.
- ↑ 12,0 12,1 Sarangi, Y. B.. „Vijender is a winner“. The Hindu. The Hindu Group (30-avgust 2008-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2009-yil.
- ↑ Roy, Priyanka. „Cricket Mein Bahut Paisa Hain, But Boxing Is A Man's Game“. The Telegraph. Ananda Publishers (7-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2009-yil.
- ↑ 14,0 14,1 Reporter. „Vijender Singh: India's very own Gladiator“. MSN (30-sentabr 2009-yil). 14-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-sentabr 2009-yil.
- ↑ Kotian, Harish. „The world is now scared to face Indian boxers“. Rediff.com (23-iyul 2008-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2009-yil.
- ↑ Reporter, TI. „Indian boxers to study videos of Olympic rivals“. Thaindian News (15-may 2008-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2009-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Boxing record for Vijender Singh from BoxRec (registration required)
- Vijender Singh Twitter sahifasi
- Vijender Singh Facebook sahifasi
- 2008 Beijing Summer Olympics Wayback Machine saytida arxivlandi (2001-04-04).
- Vijender Singh IMDbda