Videooʻyin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Video o'yindan yoʻnaltirildi)

Videooʻyin kompyuter yordamida oʻynaladigan koʻngilochar oʻyindir. Oʻyin maydoni kompyuter orqali boshqariladi yoki displey va televizor ekranida namoyon boʻladi. Turli oʻyinlar (masalan, avtomobilni boshqarish, tennis, futbol oʻynash va boshqalar) ning kechishi va vaziyatlari modellari (dasturlari) tuzilib, videooʻyinlar shular asosida tashkil qilinadi. Modelda oʻyinga jalb qilingan obyektlar va ular orasida boʻlishi mumkin boʻlgan munosabatlar aks etadi. Masalan, bir oddiyroq oʻyin saviyasidan yuqoriroq oʻyin saviyasiga oʻtish shartlarini oʻz ichiga olgan oʻyin qoidalari ishlab chiqiladi. Videooʻyinlar „jonli“ ravishda rivojlanib va murakkablashib borishi, yaqqolligi va vaziyatlarning son-sanoqsizligi bilan boshqa oʻyinlardan ajralib turadi. Oʻyinchoqlarning mahorati va koʻnikmalari oshgan sari videooʻyinlar qiziqarli va mazmunliroq boʻlib boradi[1]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil