Vidal reaksiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vidal reaksiyasi - ich terlama (qorin tifi) va paratiflarni aniqlash uchun qoʻllaniladigan immunobiologik reaksiya. Fransuz vrachi F. Vidal taklif etgan (1896). Reaksiya agglyutinatsiya hodisasiga asoslangan. Bemorning qon zardobi kamida 1:200 nisbatda suyultirilganda agglyutinatsiya hodisasi roʻy bersa, V.r. musbat boʻladi. Bu esa diagnostik titr hisoblanadi. Serodiagnostikata asoslanib hafta oralatib V.r. qoʻyilganida reaksiya titri ortib boradi (1:400; 1:800 va h.k.).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil