Victoriano Santos Iriarte

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futbol
Santos Iriarte
Victoriano Santos Iriarte
Victoriano Santos Iriarte
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ism-sharifi Victoriano Santos Iriarte
Laqabi Canario
Tugʻilgan sana va joyi 1902-yil 2-noyabr
Urugvay, Montevideo
Oʻlimi 1968-yil 10-noyabr (66 yosh)
Urugvay, Montevideo
Fuqaroligi Flag Urugvaya Urugvay
Boʻyi 170 sm
Ampulasi yarimhimoyachi
Klubdagi faoliyati[* 1]
1922—1932 Flag Urugvaya Rasing Montevideo 423 (34)
1932-1934 Flag Urugvaya Penyarol 156 (30)
Terma jamoada[* 2]
1924—1931 Flag Urugvaya Urugvay 5 (2)
Xalqaro medallari
Jahon chempionati
Oltin Urugvay 1930
  1. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
  2. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade

Victoriano Santos Iriarte (ispancha: Victoriano Santos Iriarte) — urugvaylik futbolchi, chap qanot yarim himoyachisi.1902-yil 2-noyabrda Urugvay poytaxti Montevideoda tavallud topgan.1930-yil jahon chempioni.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi marta Iriarte 1924-yilda Parijda boʻlib Yozgi Olimpiada oʻyinlarining futbol musobaqalarida ishtirok etish uchun Urugvay milliy terma jamoasiga jalb qilingan.Biroq u Parijga kelganidan soʻng Paskual Somma bilan sogʻinch tufayli terma jamoa joylashgan joyni tark etib,Montevideoga qaytib ketdi.Shundan soʻng Santos Iriarte 1930-yilgi birinchi jahon chempionatigacha terma jamoadagi oʻyinlarda ishtirok etmadi.

Santos Iriarte 1930-yil ilk marta tashkil etilgan Urugvaydagi Jahon chempionatida jamoasining barcha oʻyinlarini oʻtkazdi.Terma jamoa safida ilk marta 1930-yil 18-iyulda Peru milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan.Shu jumladan Argentinaga milliy terma jamoasiga qarshi final oʻyinida ham maydonga tushib ikki gol urdi.Natijada bu gollar Urugvay terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi.Uning gollari bilan hisob 3:2 boʻldi va Urugvay oʻyinda 4:2 hisobida gʻalaba qozondi.Santos Iriarte yarim finalda Yugoslaviya milliy terma jamoasi darvozasiga ham gol urdi.Terma jamoa tarkibida umumiy besh bor maydonga tushgan va ikki bor raqib darvozasini ishgʻol qilgan.

Klub darajasida Santos Iriarte katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi, chunki u oʻz faoliyatining koʻp qismini Montevideoning kamtarona „Rasing“ jamoasida oʻtkazdi.U „Rasing“ jamoasi tarixida hozirgacha barcha davrlarning eng buyuk futbolchisidir[1]."Rasing" jamoasida 1922-yildan 1932-yilgacha faoliyat yuritib 423 ta oʻyinda 34 ta gol urgan.Biroq faoliyatining oxirida u bir mavsumni „Penyarol“ jamoasida oʻtkazdi va unda Urugvay chempioniga aylandi[2]."Penyarol" jamoasi tarkibida esa 156 ta oʻyinda 30 gol urgan.Umumiy hisoblaganda klublar miqyosida 579 ta oʻyinda 64 ta gol urgan,1968-yil 10-noyabrda 66 yoshida Montevideoda vafot etdi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Racingning norasmiy veb-saytida futbolchining tarjimai holi (Montevideo)

2.1930-yil yulduzlari

3.https://www.footballdatabase.eu/en/player/details/107786-victoriano_santos-iriarte

4.https://www.national-football-teams.com/player/51626/Santos_Iriarte.html

  1. Iz istorii „Rasinga“[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  2. Kolichestvo provedyonnix matchey v tom sezone neobxodimo utochnit.