Vermishel
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Vermishel (ital. vermicelli — chuvalchanglar) — bugʻdoy unidan qorilgan hamirdan tayyorlanadigan uzun ipsimon oziq-ovqat mahsuloti. V. uchun xom kleykovina miqdori 75% dan kam boʻlmagan oliy navli un ishlatiladi. Ayrim V. hamiriga tuxum qoʻshiladi. Qorilgan hamir vintli, gidravlik, shnekli yoki joʻvali presslarda 5—7 Mn/m2 (50—70 kgk/sm2) bosimda dumaloq teshikchalari boʻlgan panjara orqali oʻtkazilib, choʻziladi. Choʻzilgan hamir muayyan uzunlikda kesiladi va 80° gacha qizdirilgan quritish apparatlarida havo bilan quritiladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |